3
KIRISH
Mamlakatimizda
bozor
munosabatlarini
chuqurlashtirish,
iqtisodiyotni
erkinlashtirish va globallashuv yo‟lidan borayotgan jarayonda yangicha faoliyat olib
borish va yangicha fikrlash usullarini talab etmoqda. Bozor istisodiyoti hayotimizda
tobora kеngroq ko‟lam olayotgan sharoitda tadbirkorlik sohasida ta'lim olayotgan
mutaxassislar ko‟p qirrali bilimga ega, chuqur mulohaza va mushohada asosida faoliyat
olib borishga qodir, o‟z ishini puxta egallagan mutaxassis bo‟lishi shart. Ayniqsa,
biznеs va tadbirkorlik kabi juda murakkab va nozik sohada band bo‟lgan
amaliyotchilarga juda yuqori talablar qo‟yiladi. Nеgaki mavjud xolatlardan maqbul
darajada foydalanish, hamda mamlakatning iqtisodiy o‟sishiga, biznеs faoliyati bilan
shug‟ullanuvchi korxona va tashkilotlarning moliyaviy mablag‟larini ko‟payshtirish
hamda ularni mablag‟lar bilan ta'minlashda o‟ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilishi,
iqtisodiy jixatdan turli xulosalar chiqarish ularning to‟g‟ri va asosli ekanligini isbotlab
bеra olishi kеrak.
Mamlakatimizda chuqur o„zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik
yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur‟atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo„lida belgilab olingan va izchil
ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
“Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish chora –
tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o„sishning barqaror sur‟atlari
ta‟minlanmoqda. Ko„rilayotgan qat‟iy tadbir va choralar, amalga oshirilayotgan
isloxotlar natijalari mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o„sib borayotganligida o„z
ifodasini topmoqda.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o„sdi, sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo„jaligi – 6,8 foizga, chakana
savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko„rsatkichidan past
bo„ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
O„tgan yil yakunlariga ko„ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan
17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy
4
investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama
puxta o„ylab yondashish natijasidir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ro‟li va o„rni tobora mustahkamlanib
borayotganining o„zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo„layotgan ijobiy o„zgarishlardan
dalolat beradi. Faqatgina o„tgan yilning o„zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik
biznes sub‟ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko„rsatayotgan korxonalarning
umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi”.
1
Ko„rinib turibdiki, amalga oshirilgan islohotlarning asosi va tub maqsadi –
mamlakatda yalpi ichki mahsulotni yanada ko„paytirish, aholi ehtiyojlarini to„la
qondirish, xalqimiz va milliy bozorlarimizni sifatli, arzon, raqobatbardosh mahsulotlar
bilan ta‟minlash, korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini
rivojlantirish, ularning foyda miqdorini oshirish orqali yuqori rentabellikka erishish,
aholini zarur ish joylari bilan ta‟minlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish, ularning real
daromadlarini ko„paytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishish, pirovardida,
mamlakatimizning milliy mustaqilligini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta‟kidlaganlaridek, “... aholining
ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste‟mol bozorida
narxlar indeksining asossiz tarzda o„sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham
izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish,
aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko„zda tutadigan eng muhim ustuvor
maqsadlarimizga to„la mos keladi”.
2
Xozirgi sharoitda korxona mehnatga haq to„lash shakllari, tizimlari miqdorini,
shuningdek boshqa qo„shimcha va ustama haklarini respublika konun xujjatlari asosida
mustaqil ravishda belgilaydi
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkib topayotgan erkin, demokratik
jamiyatning milliy asoslarini takomillashtirish hamda jahon hamjamiyatida "O„zbek
1
O‟zb. Res. Prezidenti I. Karimovning mamlakatimizda 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-
yilga mo‟ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan vazirlar maxkamasining
majlisidagi maruzasidan.
2
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari
I.A.Karimov. – T: O„zbekiston, 2009. – 8 b.
5
modeli" deb tan olingan iqtisodiy jarayonlarning ijobiy natijalari rivojlangan
mamlakatlar tomonidan e‟tirof etilmoqda. Bunda xalqaro tajribalar va milliy rivojlanish
xususiyatlarini tahlil qilish, ularni o„zaro umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etib boriladi. Jahon tajribasiga ko„ra,
mulkchilikning xilma-xil shakllariga asoslangan bozor munosabatlari tizimida
xodimlarga ish haqi to„lash tizimi va uni takomillashtirish ishchilar bilan ish beruvchilar
o„rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga, ish natijalarini yaxshilashga,
xodimlarni ishidan qoniqish hosil qilishlari va provard natijada ish unumdorligini ortib
borishiga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodni boshqarish tizimini qayta qurish
mamlakatimizda o`tkazilgan islohotlar dasturining asosiy yo`nalishlaridandir. U
muammo korxona darajasida muhim ahamiyatga ega. Korxona strategiyasini
rejalashtirish bir tomondan strategik boshqarishning kichik sistemasi hisoblansa, boshqa
tomondan strategik rejalashtirish jarayonining asosiy negizini tashkil qiladi.
Hozirgi vaziyatda erkin bozor iqtisodiyotiga o‟tish munosabati bilan
iqtisodiyotning sir-asrorlarini, qonun-qoidalarini yaxshi bilish muxim iqtisodiy
axamiyat kasb etmokda. Iqtisodiy qonun kategoriyalarini iqtisodiy strategiya o‟rgatadi.
Nazariyani bilish nafakat amaliy faoliyat uchun, balki iqtisodiy ish bilan
shug‟ullanmaydigan kishilar uchun xam kerak, chunki ular xech bo‟lmaganda
iste„molchi bo‟lib maydonga chiqadilar va iqtisodiy munosabatlarni xech kim cheklab
o‟ta olmaydi.
Hozirgi vaqtda korxona va tashkilotni strategik kontseptsiyasi asosini
o‟zgartirish, uning asosiy yo‟l-yo‟riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi korxona va
tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‟naltira ola bilishni tashkil etadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |