4
KIRISh
Mavzuning
dolzarbligi.
Mamlakatimiz
rivojlanishidagi
dolzarb
masalalardan biri jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvdir. Shu bois,
rivojlanayotgan mamlakat nuqtai nazaridan, samarali iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirish maqsadida Yevropa Ittifoqining (YI) integratsiyalashuv strategiyasini
o‗rganish, uni atroflicha tahlil qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident
Islom Karimov O‗zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‗rin olishida
hamkorlikning mohiyati va uning zarurligini ta‘kidlab: ―Jahonning eng taraqqiy
topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o‗rnatish, yetakchi xalqaro iqtisodiy,
moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish
davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonining ajralmas
qismidir. Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarga, shuningdek, izchil
siyosiy muloqotlarga keng imkoniyatlar ochib beradigan Yevropa Ittifoqi bilan
sheriklik va hamkorlik haqidagi Bitimning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat
beramiz‖
1
, - deydi. Ushbu sohada ijobiy natijalarga erishish, YIning tuzilishini,
uning o‗ziga xos iqtisodiy manfaat va xususiyatlarini chuqur o‗rganish hamda
respublikamiz uchun uning rivojlanish tendensiyalarini atroflicha tahlil qilish
muhimdir.
O‘tish iqtisodiyoti davridagi
mamlakatlarning
jahon xo‘jaligiga
integratsiyalashuvi tashqi bozorga chiqish zaruriyati, ilg‘or texnologiya va xorijiy
sarmoyalarga ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Respublikaning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin iqtisodiyotni barpo qilish va
islohatlarni chuqurlashtirish jarayonida amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyatiga
iqtisodiy integratsiyalashuvning mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega
ekanligiga e‘tibor qaratib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov
shunday deydi: ‖Mamlakatning jahon xo‘jaligi aloqalarida, xalqaro mehnat
taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo
1
Prezident I.A.Karimovning 2011-yil 24-yanvarda Yevropa Ittifoqi poytaxti Bryusselga amalga oshirgan rasmiy
tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqidan. / ―Xalq So‘zi‖ .2011. 10 –son.
5
etishning asosidir. Biz iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish,ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor
iqtisodiyotini
shakllantirish
tadbirlarini
izchillik
bilan
amalga
oshirmoqdamiz. Bunda bozor iqtisodiyoti – erkin iqtisodiyot ekanligi, u ochiq
tusda bo‘lib, yakkalanish va biqiqlik unga yot ekanligidan iborat haqiqatga
asoslanib ish tutmoqdamiz. Shu bois, iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon
xo‘jaligiga qo‘shilishiga bog‘liqdir‖
2
.
Shulardan kelib chiqqan holda, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga
integratsiyalashuv asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bu jarayonning
rivojlanish tendensiyalarining tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning
uchun respublikaning xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va jahon
xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashuvini mustahkamlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan tadbirlar milliy manfaatlardan kelib chiqishi va shu vazifaga xizmat
qilishi zarur.
Yevropadagi iqtisodiy integratsiya jarayonining asoslari va natijalari, uning
umumiy strategiyasini, ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlil qilishga intilish, mazkur
jarayonning dunyo iqtisodiy hamjamiyatidagi o‗rni, uning ta‘siri va xususan,
O‗zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari ko‗lami va uni rivojlantirish bo‗yicha
chuqur izlanishlar olib borilishi juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: