HAYO – shaxsning axloqiy o‗zini-o‗zi anglashi ko‗rinishlaridan biri; hayo
tuyg‗usida insonning o‗z hatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi
tushuniladi. Inson o‗z hatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda
yoki bo‗lmasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab yetishi mumkin. Hayo
vijdon bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‗lmaydi. Shu bilan
birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‗proq tashqi
240
muhit bilan bog‗liq bo‗ladi. Hayo tuyg‗usi insonning o‗z hatti-harakatlarini boshqalar
nuqati nazaridan baholashi bilan bog‗liq bo‗ladi. Hayo tuyg‗usi ma‘naviyatli va
ma‘naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.