191
xunuk ko‗rinadi. Shisha yoki grafinni olganda, avval yon tarafda o‗tirganga taklif
qilinadi.
Laganda turgan taomning eng yaxshi bo‗laklarini olib yeyish nojoizdir. Hadisi
sharifda ham:
“Baraka taomning o„rtasidadir. Bas, taomning o„rtasidan emas, bir
chetidan englar”
42
, -
deb keltirilgan.
Mehmonda suvli ovqatga non botirib yeyishdan qaytaramiz. Etiket bo‗yicha
hech qachon idishni «yaltillatib» non bilan tozalab qo‗yish to‗g‗ri kelmaydi. Lekin
o‗zbek odati bo‗yicha idishni tozalab qo‗yish savob sanaladi.(Ba‘zi viloyatlarda
idishni ichiga ozgina choy quyib, aylantirib ichib yuborishadi savob uchun). Ammo
buni dabdabali tarzda amalga oshirish o‗ta ketgan madaniyatsizlikdir.
Dasturxonga sigaret bilan o‗tirib bo‗lmaydi, uy sharoitidagi qabullarda esa
taomlar tortishning o‗rtasida chekib bo‗lmaydi. Chekishni faqat taomdan so‗ng,
paytda o‗ziga ravo ko‗rishingiz mumkin. Hech bo‗lmagan taqdirda, oxirgi taom va
desert o‗rtasida – bunday paytda odatda, idishlarni yangilab olish uchun qisqacha
tanaffus bo‗ladi. Ammo baribir to mezbonlar taklif qilmagunlariga qadar o‗zni tiygan
ma‘qul. Stol atrofida to‗g‗ri o‗tirgan yaxshi, ammo oshirib yubormang,
«xodaga
o„xshab»
o‗tirish xunuk ko‗rinish kasb etadi.
Tirsakni, ayniqsa, agar qo‗lda yemak jihozlari bo‗lsa stolga qo‗ymagan ma‘qul.
Tanovul qilayotganda bir oz egilib yeyiladi, biron narsa ichilayotganda ham xuddi
shu alfozda qaddini tutish lozim. Sho‗rva ichilayotgan qoshiqni o‗ng qo‗lda
ushlanadi
va bir oz qiyshaytirilib ichiladi. Ba‘zi kosalarda tarqatilgan sho‗rvalar disert qoshiqda
tanovul qilinadi. Ikkinchi taomlar pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. Yemak
jihozlari ushlagichni o‗rtasidan emas, uchidan ushlagan ma‘qul. Pichoqni faqat
taomni kesish uchun ishlatish lozim, ammo zinhor uni og‗izga olib borishni maslahat
bermaymiz. Ba‘zi kesish shart bo‗lmagan taomlar, masalan, omlet, qovurilgan tuxum,
faqat sanchqida yeyiladi. Uni o‗ng qo‗lda ushlab, tanovvul qilish vaqtida chap
qo‗ldagi non bo‗lagi yordamchi tarzda qo‗llanadi.
Ovqatlanib bo‗lgandan so‗ng boshqa yemasligingizni bildirish maqsadida
sanchqi hamda pichoqni kosaga bir
biriga parallel ravishda qo‗yiladi. Agar siz hali
tanovul tugallamagan bo‗lsangiz, unda sanchqi va pichoqni chalishtirgan holda,
pichoqni o‗ngga, sanchqini chapga qarab yo‗naltirgan holda qo‗ysangiz bo‗ladi.
Dasturxon atrofida o‗tirganda non idishidan olingan nonni kesmaymiz, balki bo‗lakka
bo‗lib yeymiz. Yog‗ni pichoq bilan sanchqi yordamida bo‗lib, bir oz yog‗ga surtilgan
non bilan yeyiladi. Yog‗ni ozginagina yog‗ idishdan kosamizni chekkasiga olamiz.
Non bilan nonushtada nisbatan erkinroq bo‗lamiz. Non bo‗lagiga sariyog‗ surtib,
tishlab yeyish mumkin. Yog‗surtilgan nonni pichoq bilan kesib eyilmaydi. Nonushta
paytida bunda non bo‗lagiga kolbasa yoki pishloq qo‗yib ikkiga bo‗lib yeyish uchun
42
Hoji Muhammad SHoxmurodzoda. ―Taomlanish odobi‖. - T., ―Movorounnaxr‖, 2005. B.12.
193
Birinchi qoidaga amerikaliklar amal qiladilar. Ovrupo tushunchasida bunday uslub
bashanglikdan yiroqdir. Ikkinchisini tasdiqlagan holda, go‗shtni sanchqini go‗shtga
qadagan holda pichoq bilan kesib, ushlash to‗g‗ridir. Kesilgan va sanchqiqa qadalgan
bo‗lak go‗sht ustiga kartoshka pyuresini qo‗shib, tayyor garnirni og‗zimizga olamiz.
Agar kartoshkadan tashqari yana no‗xat, yoki shunga o‗xshash boshqa
«bezovtalovchi» narsalar bo‗lsa-chi? No‗xat go‗shtga sanchilgan sanchqida turmaydi,
shuning uchun, pichoqni chetga olib, avval sanchqini o‗ng qo‗lga olgan holda
no‗xatdan ozgina totib ko‗rib, so‗ng, yana sanchqini chap qo‗lga olish istagi paydo
bo‗ladi. Nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: