O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Kafe, restoran 
Restoran  yoki  kafeda  ayol  bilan  uchrashishga  kelishib  olgan  erkak  aytilgan 
vaqtdan bir oz avvalroq borib o‗tirishi lozim. Ammo ma‘lum bir sabablar bilan erkak 
uchrashuvga  bir  oz  kechikib  kelsa,  bundan  fojea  yasash  noo‗rin.  Erkak  kechikkani 
uchun uzr so‗rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib, o‗z kayfiyatini 
buzmaslik uchun «qovoq solmay» o‗tirgani ma‘qul. 
Agar restoranda bir necha odamlar uchrashmoqchi bo‗lsalar, kechikkanlarni 20 
daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba‘zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan ko‗ra, 
ko‗chada uchrashib keyin borishni afzal biladilar. Bu paytda erkak o‗z vaqtida kelishi 
shart.  Kafe  yoki  restoranga  birinchi  bo‗lib  ayol  kiradi,  erkak  bosh  kiyimini  yechib 


136 
 
kiradi  va  faqat  chiqayotganda  kiyib  oladi.  Stolning  devorga  tirab,  restoran  zaliga 
qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‗tirgan bo‗lsangiz, ayol 
uchun eng e‘tiborli joy chiqishga qarab o‗tiradigan joydir. 
Bo‗sh  joy  qolmagan  taqdirda,  ofitsiantlarga  murojaat  qilgan  ma‘qul.  Band 
bo‗lganini  eshitgan  joydan  joy  talab  qilish  yaramaydi.  Kafeda  tanishingiz  oldiga, 
garchi  sizga  notanish  bo‗lgan  odam  bilan  o‗tirgan  bo‗lsa  ham,  o‗tirish  mumkin. 
Ammo  restoranlarda  mumkin  emas  –  sizdan  maxsus  iltimos  qilishsagina  bu  istisno 
hisoblanadi.  O‗tirganda  yoningizdan  o‗tib  ketayotgan  tanish  bilan  turmasdan  ham 
ko‗rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha, u sizga murojaat qilayotganda, 
albatta,  turish  kerak  bo‗ladi.  Agar  tanish  bir  ikki  og‗iz  so‗z  uchun  yoningizda 
to‗xtagan  bo‗lsa,  uni  oldingizda  o‗tirganlarga  tanishtirmasa  ham  bo‗ladi.  Ammo 
suhbat cho‗zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‗rab tanishingiznistoliga 
o‗tib  olgan  ma‘qul. Agar  tanishingizni dasturxonga taklif  qilmoqchi bo‗lsangiz, uni 
albatta,  yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz bilmagan taomni tushuntirib 
berishni  so‗rashdan  uyalmaslik  lozim.  Taomlarning  nomi  ko‗p  va  biz  ularning 
hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop ustiga qo‗yilgan sochiqni tizzaga 
yoyish  shart.  Agar  tizzadan  sirg‗alib  tushib  ketsa,  uni  birovga  oldirmagan  yaxshi. 
Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat qilish joiz. Ketayotganda esa sochiqni 
stolga qo‗yib turiladi. 
Ba‘zida  taomga  qo‗shimcha  tarzida  bodring  va  pomidordan  kesib  qo‗yilgan 
gazaklar  qo‗yiladi.  Uni  olib  idishga  solish  shart  emas.  Go‗shtga  qo‗shib  likopning 
o‗zidan  olib  yeyaveriladi.  Sherigimiz  hali  taomni  tugatmasidan  avval  ofitsiantdan 
hisobni so‗rash, unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan uchratib 
qolingan  tanish  ayol  bilan  kafega  kirilsa,  har  kim  o‗zi  uchun  to‗laydi.  Ya‘ni:  Ayol 
ofitsiantni  chaqirib  bergan  buyurtmani  aytadi  va  hisobni  o‗zi  to‗laydi  –  erkak  ham 
xuddi shu tarzda ish ko‗radi  Restoranda avval kim o‗rnidan turadi? Kim uchrashuvni 
tashkillashtirgan bo‗lsa, shu odam avval o‗rnidan turadi. Agar dasturxon ikki kishiga 
yozilgan bo‗lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli sabablar bo‗lgandagina, 
soatga qarab: «Vaqt bo‗ldi», deb o‗rnidan turishi mumkin. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish