To'g'ri chiziq chizish
"Chizish" uskunalar panelidagi
-"chiziq" tugmasi bosiladi. Sichqon
ko'rsatkichi + ko'rinishga keladi. Sichqon ko'rsatkichi chiziladigan chiziqning
boshlang'ich nuqtasiga olib kelinadi va sichqonning chap tugmasini bosib turib
chiziqning oxirgi nuqtasiga olib borib qo'yib yuboriladi.
To'g'ri to'rtburchak chizish.
"Chizish" uskunalar panelidagi
- "to'g'ri to'rtburchak" tugmasi bosiladi.
Sichqon ko'rsatkichi + ko'rinishga keladi. Sichqon ko'rsatkichi chiziladigan
to'rtburchakning chap yuqori burchagiga olib kelinadi va sichqonning chap tugmasini
bosib turib to'rtburchakning o'ng pastki burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi.
Umuman olganda chizishni to'rtburchakning ixtyoriy burchagidan boshlash mumkin.
Chizish to'rtburchakning qaysi burchagidan boshlansa unga qarama qarshi burchagida
tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |