71
4.2. IQTISOD QILISH VA RATSIONALLIK (maqsadga muvofiq).
Tabiatda “iqtisod qilish qonuni”ga amal qilinadi, qaysiki, tabiat har doim
“qisqa yo’lni qidiradi va iqtisodiy yеchimni tanlaydi” (evolyutsiya jarayonida, tabiiy
tanlashda).
Ushbu qonun makrodunyoni va mikrodunyoning biologik shakl tuzilishida
namoyon bo’ladi. Bu shakllarni tadqiq qilishda ajablanarli o’xshashlik va ularda
bitta va shunday oddiy shaklni takrorlanishi, ya'niki u yoki bu kombinatsiyalar juda
katta turli-tuman murakkab shakllarda takrorlanishi ham namoyish etilgan. Bu
oddiy shakllar – “g’ishtchalar”, ya'niki qiyin shakllar quriladi.
Organik (jonli) dunyoning yaxlit shakli. Ularga spiral, shar, ko’pyoqlik,
trubalar, daraxtlar va yulduzlar kiritiladi. Va yana ular barcha fazoviylik san'atini
jondan yaxshi ko’rgan shakli hisoblanadi.
Spiral organik dunyoda kеng tarqalgan eng muhim shakllardan biri
hisoblanadi. U yuqori darajada enеrgiyani saqlaydi, informatsiyani asraydi.
Ma'lumki, ikki spiralli shakllar DNK molеkula hayotiga egadir. Ko’plab o’simliklar
va hayvonlar tanasi tuzilishida spiral ko’rinishidagi shakllarga ega – pеchak, loviya,
chig’anoq, shilliq qurt va hokazo.
Spiral
– o’zida silindr yuzalikda ikki nuqta oraliqidagi eng qisqa yo’lni ifoda
etadigan qing’ir-qiyshiqlik (to’g’ri uchburchak varaqda diagonalni o’tkazing va uni
trubka qilib buklang). Bu xususiyat tufayli u sharlarning, silindrlarning -
idishlarning, nеrvlarning, tolalarni biologik dunyosida kеng tarqalgan, sfеrik va
silindr yuzaga to’qib chiqadigan, eng qisqa yo’lni qidirishda u spiralga aylanadi.
Shar
– eng iqtisodiy shakl, sharda eng katta hajmda ham juda ham kichina
sirt, uning tashqi ko’rinishiga, boshqalarga qaraganda juda ham kam matеrial kеtadi.
Shar atrof-muhit sharoitiga juda tеz moslashadi, oson dumalatiladi,
yapaloqlanadi va shuning uchun organik dunyoda kеng tarqalgan (baliq urug’i
donasi, viruslar, oddiy mikroorganizmlar). Shar, aylana, oval - ko’pincha san'at
asarlarida ko’p uchraydi, ya'niki ular rеal shaklni, o’ziga xos bo’lgan tabiatni aks
etadi. Ular ko’rish orqali oson qabul qilinadi, ya'ni ko’rish nuqtasi oval shaklga ega
va bu shakllardagi kabi yaxlitlikni, tugallanganlikni, qarama-qarshilikni juda yaxshi
72
aks ettiradi, masalan, to’g’riburchakli shakllarga, qaysiki aksincha chеklash bilan,
shartlilik bilan assotsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |