Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab
chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik
moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan bir qancha
guruh birikmalardan iborat:
Aminoglikozidlar
- bu guruh aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog’i bor
moddalardir: streptomisin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.allagrisiolus
lar ishlab chiqaradigan neomisinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamisinlar;
Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomisinlar; Micromonospora livacsterospora
sintezlaydigan fortimisin; va boshqa bir qancha moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |