Ayrim metodlarning ahamiyati
Psixologiyaning asosiy metodlarini qisqacha ta‘riflab berdik. Endi, chinakamiga ilmiy
psixologiya qaysi metoddan foydalanishi kerak, yuqorida ko‗rsatilgan metodlardan qaysi biri
yaxshi, degan savol tug‗ilishi tabiiy.
Bu savolga quyidagicha javob qaytarish kerak: psixologiya biron bir metoddan foydalanish bilan
kifoyalana olmaydi. Faqat bir metodning ma‘lumotlariga asoslanib, chinakamiga ilmiy
psixologiya sistemasini tuzib bo‗lmaydi. Psixik hayot hodisalari boy tabiatiga ko‗ra formalarining
xilma-xilligi va sifat ko‗rinishlarining turli-tumanligiga bilan farq qiladi. Psixikaning bu
hususiyati borligidan uni o‗rganishda turli-tuman metodlarni tatbiq etish talab qilinadi. Bu yerda
biron juz‘iy metodni tanlab olish har gal qaysi psixik hodisalarning tekshirilishiga, ongning qaysi
funksiyalari tadqiq qilinishiga qarab har gal alohida hal etiladi. Masalan, sezgilarni tekshirishda
eksperiment metodidan foydalanish ma‘qul. Ijodiy xayol jarayonlarini tekshirishda tadqiqotchi
so‗rash va suhbat metodidan ko‗proq foydalanadi, shuningdek, ijodkor shaxslarning asarlarini
analiz qilish metodidan va biografiya metodidan ham foydalanadi. Ayni vaqtda har bir psixik
hodisani tekshirganda biron bir metod bilan kifoyalanish yaramaydi. Psixik hayot hodisalari har
tomonlama tekshirilishi lozim. Psixik hayot hodisalarini har tomonlama tekshirish uchun esa turli
metodlarni tatbiq etish talab qilinadi. Metodlardan biri faqat asosiy metod bo‗lishi mumkin. Bir
metod bilan olingan ma‘lumotlar boshqa metodlar yordamida olingan ma‘lumotlar bilan
to‗ldirilishi, nazorat qilinishi va oydinlashtirilishi lozim. Masalan, tafakkur jarayonlarini
o‗rganishda tadqiqotchi o‗z-o‗zini kuzatish metodidan ham, tashqi kuzatish metodidan ham,
52
eksperimentning turli-tuman xillaridan ham foydalanadi. O‗qitish jarayonida o‗quvchilarning
individual hususiyatlarini o‗rganishda pedagog-psixolog ham turli metodlardan oddiy tashqi
kuzatish metodidan, so‗rash va suhbat metodidan, eksperimentning oddiy turlaridan va shu
kabilardan foydalanadi. Psixik hayot hodisalari yuqorida aytilgan hamma metodlar yordamida
aniqlanadi. Bu hodisalar tasvir etiladi, klassifikatsiyaga solinadi, analiz qilinadi, ulardan yakunlar
chiqariladi. Shu metodlar yordamida ayrim psixik hodisalar o‗rtasidagi bog‗lanish topiladi, shu
hodisalarning ro‗y berish va boshlanish negizidagi qonuniyatlar ochiladi. Ammo psixikani ilmiy
asosda o‗rganish shu bilan kifoyalanmasligi kerak. Psixik hayot hodisalari dialektik materializm
tamoyillari asosida, jumladan psixikaning mohiyati va psixik hodisalar bilan fiziologik
hodisalarning o‗zaro munosabati haqidagi ta‘limot nuqtai nazaridan tushuntirib berilgandagina, bu
hodisalar va ularning qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz bekam-ko‗st ilmiy bo‗limlar bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |