Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning
tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar.
Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti
boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Bular
bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar
darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).
Do'stlaringiz bilan baham: |