Tayanch tushunchalar
Agrar munosabatlar
– yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish
va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar.
Renta munosabatlari
– Yerga egalik qilinganligi va undan foydalanish
natijasida vujudga keladigan daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish bilan
bog‘liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.
Differentsial renta
– yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan
joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan daromad.
Differentsial renta I
– yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida
vujudga keladigan daromad.
Differentsial renta II
– yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida
vujudga keladigan daromad.
57
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари
бўйича Ҳаракатлар стратегияси.
253
Do'stlaringiz bilan baham: |