Tayanch tushunchalar
Ishlab
chiqarish
xarajatlari
– mahsulot ishlab chiqarish va
iste‘molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs sarflari.
Ichki xarajatlar
– korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan
foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar
– tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni
amalga oshirishga qilingan xarajatlar.
Doimiy xarajat
– ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi ta‘sir etmaydigan, uning
har qanday hatto ―nol‖inchi darajasida ham mavjud bo‘ladigan xarajatlar.
O’zgaruvchi xarajat
– ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mutanosib
o‘zgaradigan xarajatlar.
O’rtacha xarajatlar
– mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |