xomashyo, yonilg‘i va energiya sarflari o‘zgarishi tovar hajmining o‘zgarishiga
ta‘sir qiladi. Boshqa resurslar jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ancha uzoq
vaqt davomida kengaytirib mahsulot chiqarish hajmini ko‘paytirish mumkin.
234
Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya‘ni xarajat
qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu
sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq
muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz
qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar
miqdorini ko‘paytirish orqali ortishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish intensivligi oshiriladi.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun
band bo‘lgan resurslar miqdorini ko‘paytirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
Ishlab chiqarish quvvatlarining ko‘payishini taqozo qiladigan davr davomiyligi
ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Jumladan,
yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta
qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini
qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirishi mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi
quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Demak, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy
quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan
ishlab
chiqarish hajmini ko’paytirishi mumkin.
Samaraning kamayib borishi qonunga binoan, ma‘lum davrdan boshlab;
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga)
o‘zgaruvchi resurslar birligini ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi
o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot
beradi. Bu qonunni ifodalash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik,
fermer foydalanadigan yer doimiy miqdoriga ega bo‘lib, unda don etishtiradi. Agar
fermer ekinga ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 tsentner hosil oladi deb hisob-
laymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko‘tarilishi
mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 ts. ga, uchinchisi - 61 ts.ga, to‘rtinchisi,
aytaylik 63 ts.gacha oshiradi. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki
nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.
235
Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Shu sababli bu
davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi
o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki,
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar
quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab
chiqarish.
Korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan qo‘llaniladigan
mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab
chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir
ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish esa, ishchining mehnat
unumdorligini o‘stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish
imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot
birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
Korxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxiga
bog‘liq bo‘ladi. Agar narx o‘rtacha iqtisodiy xarajatlarini qoplasa bunda iqtisodiy
foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past
bo‘lsa, korxona qo‘shimcha iqtisodiy foyda oladi. Bunda ishlab chiqarishni
kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: