o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy –
tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr
davomida faoliyat qiladi (masalan stanok-10 yil, bino-50-100 yil), o‘zining oldingi
natural – buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi.
Aksincha aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda
221
2.
Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati.
Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qiladi, ularning
qiymati tovarlarga qisman o‘tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil
davomida foydalanilsa, bunda har yili mahsulot qiymatiga ular qiymatining 1/10
va 1/50 qismi ko‘chadi. Xomashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi
aylanma kapital turlari har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste‘mol qili-
nadi va ularning qiymati hom mahsulotlar qiymatiga to‘liq ko‘chadi.
3.
Kapital qiymatining aylanish usuli.
Qiymatning aylanish usuli bo‘yicha
asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi; qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi
tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish
jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi, hamda qoplash fondi shaklida asta-
sekin jamg‘ariladi: mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud
bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste‘mol qilingan aylanma
kapital qiymati to‘liq aylanib, yaratilgan mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4.
Qayta tiklanish usuli
da. Asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga
o‘tkazilgan qiymati, to‘planib muayyan davr davomida pul shaklidan yangi asosiy
kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin
ashyoviy buyum shaklida qayta tiklanadi.
Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmas idi. Jumladan yer,
o‘rmonlar va boshka tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada asosiy kapital
tarkibida aks etmaydi.
Faqat ishlab chiqarish jarayonida unumli kapital asosiy va aylanma kapital
shaklini oladi, chunki ular o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala
bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish
vaqti (I
V
) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:
Av=Iv+Mv
Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, ya‘ni
ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tovar tayyor bo‘lgan davrgacha o‘tgan
vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya‘ni ishlab
222
chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt
muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi.
1.
Bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id).
2.
Turli tanaffuslar davri (Td).
3.
Ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri
(Zd)
Iv=Id+Td+Zd.
Do'stlaringiz bilan baham: