Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

                                           
1
Qaralsin: Ожегов С. И. Словарь русского языка. М: Русский язык, 1984. С. 374, 670. 


Ijtimoiy  ta’minot  tushunchasini  o‘rgangan  olimlarning  izlanishlarini  o‘rganish  shundan 
dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta’minot faqat ayrim aholi qatlamlariga qaratilishi kerak, deb 
da’vo  qilsalar,  boshqalar  ijtimoiy  ta’minot  barcha  aholiga  qaratilgan  bo‘lishi  kerak,  deb 
ta’kidlaydilar va bepul ta’lim hamda bepul tibbiy xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy 
ta’minot  tizimiga  kiritadilar.  Shuningdek,  bir  qator  olimlar  ijtimoiy  ta’minot  faqat  davlat 
budjetidan  moliyalashtirilishi  zarurligini  ta’kidlasalar,  boshqalari  ijtimoiy  ta’minotning 
ko‘pkanalli  moliyalash  manbalari  shakllanganligini  va  ijtimoiy  ta’minot  masalalari  bilan 
shug‘ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e’tirof etadilar. 
Bu  borada  A.Vahobov  va  T.Malikovlarning  “Moliya”  nomli  darsliklarida  berilgan 
ta’rifga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning fikricha, “iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: ... fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish 
uchun  milliy  daromadning  bir  qismi  hisobidan  pul  mablag‘larining  ijtimoiy  fondlarini 
shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot 
deyiladi. Mana shunday keng ko‘lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va 
ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatning barcha a’zolarini tegishli tarzda 
ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi”
1
. Albatta, ushbu ta’rif ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy va 
huquqiy  jihatdan  mazmunini  to‘liq  yoritib  bermaganligi  bilan  birga,  mantiqan  noaniq  bayon 
qilinganligini ta’kidlash kerak. Lekin ushbu mualliflar ijtimoiy ta’minotning mazmuni borasida 
iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud emasligini haqli ravishda e’tirof etadilar. 
Internet resurs manbalaridagi ma’lumotlarda, masalan jamoat ensiklopediyasida “ijtimoiy 
ta’minot-  keksaygan,  mehnatga  layoqatsiz  bo‘lgan  va  boquvchisini  yo‘qotgan  fuqarolarga 
moddiy,  tibbiy  va  ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  bo‘yicha  davlat  tomonidan  belgilangan  ijtimoiy-
iqtisodiy  tadbirlar  tizimi  bo‘lib,  ijtimoiy  himoyaning  muhim  tarmog‘i  hisoblanadi”
2
,  deb 
ta’riflangan. 
Ijtimoiy  ta’minot  tushunchasining  talqiniga  bo‘lgan  qarashlarni  inobatga  olgan  holda, 
uning  u  yoki  bu  yordam  turini  ijtimoiy  ta’minotga  tegishli  ekanligini  belgilab  beruvchi  asosiy 
zamonaviy  mezonlarini  (belgilarini)  aniqlab  olish  lozim.  Fikrimizcha,  bunday  belgilarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) 
moliyalashtirish  manbalari:
  barcha  olimlar  va  tadqiqotchilarning  fikriga  qo‘shilgan 
holda,  ijtimoiy  ta’minot  davlat  tomonidan  shakllantiriladigan  maxsus  jamg‘armalar  hisobidan 
amalga  oshirilishi  lozim.  Haqiqatan  ham,  bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy 
ta’minotni  mablag‘  bilan  ta’minlash  quyidagi  manbalar  hisobidan  amalga  oshirilmoqda: 
budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi,  Bandlikka  ko‘maklashish  davlat  jamg‘armasi,  davlat 
budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‘lari (Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‘urta budjeti). 
2) ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari: 
huquqiy jihatdan “har kim 
qariganda,  mehnat  layoqatini  yo‘qotganda,  shuningdek  boquvchisidan  mahrum  bo‘lganda  va 
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”
3
. Fuqarolarning 
bu  huquqlari  davlatimiz  Konstitutsiyasi  bilan  mustahkamlab  qo‘yilgan.  Konstitutsiyamizning 
ushbu huquqlarni belgilab bergan 39-moddasining mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy 
ta’minot  fuqarolarning  alohida  toifalariga:  qariyalar,  nogironlar,  bolalikdan  nogironlar, 
boquvchisini  yo‘qotgan  fuqarolar,  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotgan  fuqarolar, 
homilador  ayollar,  vaqtincha  ishsiz  maqomi  berilgan  fuqarolar,  ijtimoiy  yordamga  muhtoj 
yolg‘iz fuqarolarga qaratiladi. 
Ijtimoiy ta’minot turlarining
 ko‘pligini e’tirof etgan holda, har bir turining 
asosiy maqsadi
 
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a’zolarining holatiga 
yaqinlashtirish,  ular  orasidagi  ijtimoiy  farqlarni  kamaytirish,  yuqori  moddiy  xarajatlarni  yohud 
qo‘shimcha jismoniy, ruhiy va ma’naviy harakatlarni talab qiluvchi turli hayotiy hodisalar tufayli 
yordamga muhtoj bo‘lib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvatlashdan iborat. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish