Ishlovchilarning sug‘urta badallari ularning daromadidan olib qolinadi. Mohiyati
jihatidan bu to‘lovlar aniq maqsadli soliq hisoblanadi. Sug‘urta badali stavkasiyalpi ish haqiga
nisbatan foizlarda aniqlanadi va ko‘p holda daromadning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Davlat subsidiyalari ishlamaydigan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari
uchun majburiy ijtimoiy sug‘urta fondlariga dotatsiyalarni, ijtimoiy fondlar taqchilligini
qoblashga xizmat qiluvchi dotatsiyalarni hamda soliq imtiyozlarini o‘z ichiga oladi.
Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari pul to‘lovlari, ijtimoiy xizmatlarni
moliyalashtirish, imtiyozli yordam ko‘rinishida ishlatiladi.
Resurslar hajmi jihatidan birinchi o‘rinda pul to‘lovlari turadi. Ular pensiya va nafaqalar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari orqali sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari
xizmatlari, sanatoriya-kurort tashkilotlarining fuqarolarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha
xizmatlari, sog‘lomlashtirish-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi kabi tadbirlar mablag‘ bilan
ta’minlanadi.
Imtiyozli yordamning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, uning maqsad va vazifalari
ma’lum bir moddiy boylikka ega bo‘lishda boshqalarga nisbatan u yoki bu ne’matlardan
foydalanishda ma’lum bir yengilliklar berish bilan bog‘liq.
Pensiyalar yoshiga, nogironlikka, boquvchisini yo‘qotganlikka, muddatli harbiy xizmat
muddatini o‘taganlikka qarab belgilanadi, shuningdek, ijtimoiy pensiyalar ham mavjud.
Nafaqalar vaqtinchalik ishga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha, bolalarga,
ishsizlarga, shuningdek, malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun tayinlanadi.
To‘lovlar va xizmatlar maqsad va vazifalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
-
birinchisi - kishilarning ishchanlik faoliyatini ushlab turish maqsadidagi to‘lovlar va
ko‘rsatiladigan xizmatlarni birlashtiradi;
-
ikkinchi guruh bola tug‘ish va tarbiyalash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni o‘z ichiga
oluvchi to‘lovlar va xizmatlarni anglatadi. Bunga quyidagilar kiradi: bola tug‘ilgandagi nafaqa,
bola ma’lum bir yoshga to‘lgunga qadar ketgan ta’til uchun to‘lov hamda bolalar nafaqasi;
-
uchinchi guruhga mehnatga layoqatlilikni tiklash, tibbiy reabilitatsiya, nogironlar,
ishsizlar, ayollar, dekret ta’tilidan keyin ish faoliyatiga qaytganlarni o‘qitish va qayta o‘qitish
maqsadidagi to‘lov va xizmatlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy sug‘urta muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
iqtisodiy voqelik bo‘lib, davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: