Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

2.1.
 
 Ijtimoiy ta’minot borasidagi davlat siyosati, mazmuni, asosiy vazifalari va 
yo’nalishlari
 
 
Ijtimoiy himoya tizimining muhim tarkibiy qismi – ijtimoiy ta’minotdir. Kishilik jamiyati 
ko‘p  asrlik  kurashlar  natijasida  davlat  tomonidan  ijtimoiy  ta’minlanish  huquqlarini  qo‘lga 
kiritgan  va  tarixiy  taraqqiyotning  hamda  davlatchilik  rivojining  har  bir  bosqichida  ijtimoiy 
ta’minotning  shakl  va  usullari  takomillashib  bormoqda.  Ijtimoiy  ta’minot  orqali  jamiyatda 
yaratilgan  ne’matlarning  aholining  zaif  qatlamlari  hisobiga  qayta  taqsimlanishi  sodir  bo‘ladi. 
Ijtimoiy ta’minot orqali mehnat qobiliyatini vaqtincha  yoki butunlay  yo‘qotgan fuqarolar zarur 
mablag‘lar  bilan  ta’minlanadi,  keksalar,  jamiyatning  ko‘magiga  ehtiyojmandlarga  ijtimoiy 
yordam  beriladi,  fuqarolarning alohida  guruhlariga imtiyozlar, kompensatsiyalar taqdim  etiladi. 
Bundan  tashqari,  ijtimoiy  ta’minot  tizimining  markazida  pensiya  ta’minoti  yotadi  va  u 
fuqarolarni  keksayganda,  nogironlikda  yoki  boquvchisini  yo‘qotganda  ijtimoiy  qo‘llab-
quvvatlashga xizmat qiladi. 
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizning  ijtimoiy  ta’minot  tizimi  ham,  boshqa  soha  va 
tarmoqlar  qatori  rivojlanib,  takomillashib  bordi.  Davlat  oldida  turgan  ijtimoiy  muammolar  va 
ustuvorliklar ijtimoiy ta’minot tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarining takomillashib borishini 
taqozo etdi. 
Dastlab  pensionerlarni,  nogironlarni,  voyaga  etmagan  bolalari  bo‘lgan  oilalarni  ijtimoiy 
himoya  qilish  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  ta’minlash  ishlarini  maxsus  vakolatli  davlat 
boshqaruv  organi  bo‘lgan,  Vazirlar  Mahkamasiga  bo‘ysunadigan  O‘zbekiston  Respublikasi 
Ijtimoiy ta’minot vazirligi amalga oshirib kelgan.  
Ijtimoiy  ta’minot  vazirligi  mehnatga  layoqatsiz  aholining  ijtimoiy  ta’minoti  va  ularga 
ijtimoiy  yordam  berish  sohasida  davlat  siyosatini  shakllantirish  va  olib  borish;  keksa  va 
mehnatga  layoqatsiz  fuqarolarni  ijtimoiy  himoya  qilish  sohasida  maqsadli  dasturlarni  ishlab 
chiqish va amalga oshirish; pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan ijtimoiy sug‘urta 
mablag‘laridan  samarali  foydalanish,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi 
qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish ishlarini muvofiqlashtirish; davolash-mehnat 
ekspertizasini  tashkil  etish,  bu  sohada  davolash-mehnat  ekspert  komissiyalariga  va  ilmiy-
tadqiqot  ishlariga  rahbarlik  qilish,  nogironlarning  tibbiy-ijtimoiy  ekspertizasini  va  ularning 
mehnat  qobiliyatini  tiklashni  tashkil  etish;  aholiga  protez-ortopediya  yordamini  tashkil  etish; 


nogironlar  va  keksalar  uchun  internat  uylardagi,  pansionat  va  sanatoriylardagi  fuqarolarga 
moddiy-maishiy, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish kabi vazifalarni bajarib kelgan. 
Ijtimoiy  ta’minot  vazirligi  o‘z  faoliyatini  Vazirlar  Mahkamasining  1993  yil  30 
sentyabrdagi  476-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  O‘zbekiston  Respublikasi  Ijtimoiy  ta’minot 
vazirligi to‘g‘risidagi Nizom asosida olib borgan. 
2001  yilga  kelib  mehnatni  rag‘batlantirish  va  manfaatdorlikni  oshirish  sohasida 
boshqaruvni  tashkil  etish  darajasini  oshirish  va  takomillashtirish,  aholini  ish  bilan  oqilona 
ta’minlash, ijtimoiy ta’minot tizimini yaxshilash, erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni tobora 
chuqurlashtirish  sharoitida  ijtimoiy  muhofaza  qilishni  kuchaytirish,  shu  asosda  aholining 
farovonligi  barqaror  yuksalib  borishini  ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  PF-2810-sonli  farmoni  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  2001  yil  13  fevraldagi 
75-sonli  Qarori  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  va  Ijtimoiy  ta’minot  vazirligi 
negizida  O‘zbekiston  Respublikasining  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi 
tashkil  etildi.  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligini,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligini  hamda  mehnat  va  aholini 
ijtimoiy  muhofaza  qilish  hududiy  bosh  boshqarmalarini  mablag‘  bilan  ta’minlash  manbalari 
sifatida  budjetdan  ajratmalar,  Ish  bilan  ta’minlashga  ko‘maklashish  davlat  jamg‘armasi 
mablag‘lari  va  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  faoliyatdan  olinadigan  boshqa  daromadlar 
belgilandi. 
 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish