Bozorni segmentlash
- bozorni xar biri uchun alohida tovarlar yoki marketing
kompleksi talab qilinishi mumkin bo’lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo’lish,
taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish
- 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini
(ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial
iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni
ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori,
kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori
sig’imi, salohiyati, raqobatchilik muxiti va narx tavsifnomalari to’g’risidagi
ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |