12.10. Sotishni rag’batlantirishning zaruriyati, mohiyati va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sotuvni rag’batlantirishga katta rol
ajratiladi. O’tkazuvni rag’batlantirish seylz promoushn nomi bilan ham ma’lum
bo’lgan faoliyatdir. U quyidagi yo’nalishlarga ega:
•
tovar o’tkazish tarmog’ining (tijorat agentlari, ulgurji va chakana savdogarlar
hamda tijorat muvaffaqiyati bog’liq bo’lgan boshqa shaxslar) ishini faollashtirish
yo’li bilan reklama beruvchi taklif etayotgan mahsulot yoki xizmatlarni sotishga
ko’maklashish;
•
iste’molchilar bilan ishlash.
Jahon bozorida sotuvni rag’batlantirishga sarflanuvchi mablag’lar miqdori yiliga
o’rtacha 85 mlrd dollarga etadi. Ushbu faoliyat darajasini quyidagi misollar
yordamida aks ettirish mumkin. AQSHda yiliga eksponatlar soni 10 tadan ortiq
bo’lgan 8000 ta ko’rgazmalar o’tkazilib, xalqaro ko’rgazma va salonlarga 35 million
kishi tashrif buyuradi. O’rtacha tashrif buyuruvchi ko’rgazmada 7,5 soat vaqt bo’ladi
va 19 ta eksponatni ko’rib chiqadi. Yiliga 150 ta yirik savdo ko’rgazmalarida 100
mingdan ortiq kompaniyalar ishtirok etib, 3 million kishi jadb qilinadi.
Mahsulotni sotishni rag’batlantirish kompaniyalar uchun bir qator afzalliklarga
ega. U xaridorlarni jalb qilish va ularning tovar yoki magazinga moyilligini qo’llab-
quvvatlashga ko’maklashadi. Masalan, mahsulotlarni yangi tovar namunalari yoki
sinov tariqasidagi takliflar jalb qiladi. Ishlab chiqaruvchi o’z markasiga moyilligini
doimiy xaridorlarga sovg’alar taqdim etish yoki o’z marka mahsulotlariga kuponlar
berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlashi mumkin.
O’tkazuvni rag’batlantirish quyidagi vositalar asosida amalga oshiriladi
1
:
•
audiovizual, prospektlar, kataloglar, varaqalar va boshqa nashr qilinuvchi
reklama;
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров.
– М.:
Дашков
и Ко, 2018 – 237c.
288
•
badiiy bezalgan pochta otkritkalari, murojaatnoma-blanklar va boshqalar;
•
jadval, diagramma, sxema va boshqa amaliy va ko’rgazmali grafik axborot,
jumladan, firma va tovar haqida ma’lumot beruvchi, shuningdek, ayrim shaxslar yoki
muloqot doiralarining savollariga javoblarni aks ettiruvchi slayd ko’rinishida;
•
kalendar, yondaftar va boshqa qiymatga ega bo’lgan va òeklama beruvchining
nomi va manzili, tovar belgisi aks ettirilgan suvenir mahsulotlar;
•
domimiy va istiqboldagi xaridorlar, vositachilar va sotuv bo’yicha agentlarni
rag’batlantirish va ular o’rtasida musobaqa uyushtirish;
•
tovar harakatlanishi jarayonining asosiy ishtirokchilari bilan shaxsan xat
yozishib turish;
•
namoyish etish uchun materiallar to’plamini – slaydlar, albomlar va namunalar,
maketlar to’plamini yaratish va tarqatish;
•
seylz promoushnda materiallarni jo’natish uchun direkt-meyldan foydalanish;
•
muntazam faoliyat ko’rsatuvchi ekspoziyasiyalar, masalan, vitrinalardan
foydalanish, shuningdek, vestibyul va namoyish zallarida tovar belgilarini faol
reklama qilish;
•
firma spravochniklari, uslubiy adabiyotlarni nashr etish;
•
taqdimotlar, reklama seminarlari, sotuv jarayonida ishtirok etuvchilar uchun
treninglar tashkil etish;
•
ko’rsatilgan shaxslarni ommaviy axborot vositalari orqali o’tkazilishi
kutilayotgan reklama kompaniyalari yoki pablik rileyshnz tadbirlari, yangi kataloglar,
kitoblar va matbuotdagi muhim nashriyotlar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish;
•
sotuv bo’yicha agentlarni tovar belgisiga ega bo’lgan arzon predmetlar, keng
miqyosda tarqatish uchun ko’krak nishonlari va plastik paketlar bilan ta’minlash;
•
narx chegirmalari taqdim etuvchi kuponlarni va qaytib beriluvchi so’rov
kartochkalarini tarqatish;
•
surat va plakatlar, nakleykalardan foydalanish.
Seylz promoushn tadbirlarining iqtisodiy samarasi iste’molchilar bilan ishlashda
individuallik darajasi, ularga psixologik ta’sir ko’rsatish darajasi, reklamaning
289
takroriyligi va ishonchliligiga bog’liq bo’ladi. Bu tadbirlarni tashkil etish va amalga
oshirishda bir nechta vazifalar bajariladi. Avvalo, bu tadbirlar uchun javobgarlikni
muayyan shaxslar zimmasiga yuklash, so’ngra maqsadlarni belgilash lozim. Seylz
promoushn reklama faoliyatining boshqa turlariga, jumladan, ommaviy axborot
vositalaridagi reklamaga qo’shimcha ekanligi sababli tadbirlar kompleksli reklama
kompaniyalarini qo’llab-quvvatlovchi tarzda tashkil etiladi. Ular quyidagi
maqsadlarga birgalikda erishish uchun reklamaning boshqa turlari bilan
muvofiqlashtirilishi lozim:
•
yagona tovar markasi bilan belgilangan tovarlarni tarqatish tarmoqini
kengaytirish;
•
mavjud tovarlarni sotish kanallaridan foydalangan holda innovasiyalarni
namoyish etish, bozorga yangi va istiqbolli modellarni kiritish yo’lidagi to’siqlarni
olib tashlash;
•
tovarni ilgari sotib olgan yoki undan qoniqqan shaxslar tomonidan xarid qilish
sonini oshirish;
•
yangi tovar namunasi, yangi tovar belgisi yoki yangi tovarni kiritish, ilgari
ma’lum bo’lgan tovarni modifikatsiyalash, mavjud tovardan foydalanishning yangi
usullarini joriy etish;
•
raqobatbardoshlikni oshirish, bozorda egallab to’rgan o’rinni mustahkamlash;
•
mavjud sotuv kanallari yangi tovarni qabul qilishlari va unga ishonishlari
uchun ularni rag’batlantirib turish;
•
raqobatchi reklama kompaniyalarining hatti-sharaktlarini kamaytirish;
•
sotuv jarayoniga jalb qilingan shaxslarning bilimlarini kengaytirish,
shuningdek, iste’molchilarni tovarning mavjudligi, tovar narxi, uning xususiyatlari va
afzalliklaridan xabardor qilish;
•
tovarning nufuzi yuqori bo’lishini ta’minlash;
•
tovar obrazini yaxshilash, uni qo’llash imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan
qo’shimcha iste’mol qiymatini yaratish;
•
sotuv tizimi xodimlari va iste’molchilarni bilvosita mukofotlash yo’li bilan
narx uchun ko’rashda o’z pozisiyalarini himoya qilish;
290
•
tovarni o’tkazish tarmog’i va iste’molchilarning firma va uning sotilayotgan
tovariga bo’lgan munosabatlarini yaxshilash;
•
tijorat agentlari faoliyatining samaradorligini oshirish.
Iste’molchilarni ayniqsa qimmatli tovarlar va katta to’lovlar rag’batlantiradi.
O’tkazuvni rag’batlantirishning kupon, maxsus marka va sovg’a kabi shakllari
bevosita sotuv bilan bog’liq. bunday xarajatlar sotuvdan tushuvchi mablag’ning
qat’iy belgilangan qismi bo’lib, firma bu xarajatlarni sotuv yakunlanmaguncha
amalga oshirmaydi. Sotuv kanali ishtirokchilarining ishlab chiqaruvchilar bilan
yaxshiroq hamkorlik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sotuv
vitrinalarni bezash, ishlab chiqaruvchilarning chegirma kuponlari taqdim etishi,
savdo xodimlarini birgalikda o’qitish va savdo chegirmalarini taqdim etish orqali
rag’batlantiriladi.
O’tkazuvni rag’batlantirishning salbiy tomonlari ham mavjud. Firma doimiy
ravishda sotuvni rag’batlantirib boradigan bo’lsa, uning ahvoli yomonlashishi
mumkin. Iste’molchilar narx chegirmalarini mahsulot sifatining pasayishi belgisi
sifatida qabul qila boshlaydilar. Agar kuponlar, chegirmalar va boshqa shu kabi
maxsus vositalar tez-tez qo’llanadigan bo’lsa, iste’molchilar tovarni oddiy narxda
sotib olmay qo’yishlari mumkin. Buning o’rniga ular bunday sotuvni rag’batlantirish
shakllari qo’llangan paytlarda tovarlarni ko’p miqdorda sotib olishga harakat
qiladilar. Bundan tashqari, iste’molchilar oddiy narxlarni bozorda faol
harakatlantirilayotgan mahsulotlar narxini oshirish sifatida qabul qiladilar.
Ba’zida sotuvni rag’batlantirishda asosiy e’tibor ikkilamchi omillarga qaratiladi.
Iste’molchilarni tovar sifati, ishonchliligi va funksionalligi emas, balki kalendar,
kupon va lotereyalar jalb qiladi. Bu qisqa muddatli istiqbolda iste’molchilarda
ishtiyoq uyg’otadi. Uzoq muddatli istiqbolda esa bu tovar markasi obrazi va uni
topishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, chunki mazkur tovarning ajralib turuvchi
ustunliklari ishalb chiqilmaydi. SHuni ham yoddan chiqarmaslik joizki, sotuvni
rag’batlantirish jamoatchilik fikrini yaratish, personal sotuv va reklamani
mustahkamlasada, uning o’rnini bosa olmaydi.
291
O’tkazuvni rag’batlantirish bu — xaridor, sotuvchi va vositachilarga turli xil
rag’batlantirish
vositalaridan
foydalanishdir.
Xaridorlarga
yo’naltirilgan
rag’batlantirishning mohiyati ularni tovarni muntazam va katta miqdorda sotib
olishga undovchi tijorat foydasini taklif qilishdan iborat. Buning uchun sampling
(tovar namunasini bepul tarqatish), kuponlar, chegirmalar, kreditning turli shakllari
(masalan, pulini bo’lib-bo’lib to’lash, dastlabki badalning yo’qligi va hokazo),
mukofotlar,
konkurslar,
tovar
namoyishi
va
hokazolardan
foydalaniladi.
Vositachilarga yo’naltirilgan rag’batlantirish ularni tovarni maksimal kuch-quvvat
sarflagan holda sotish va xaridorlar doirasini kengaytirishga undaydi. Bu holatda
ta’sir ko’rsatish usullari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: chegirmalar, reklama
va shu kabi tadbirlarga subsidiyalar ajratish, konkurslar, bepul yoki imtiyozli narxda
maxsus asbob-uskunalar taqdim etish. Sotuvchilar va boshqa savdo xodimlariga
yo’naltirilgan rag’batlantirish odatda ularning ish ko’rsatkichlari yuqori bo’lishiga
erishishni nazarda tutadi. Rag’batlantirish va mukofotlash ma’naviy qo’llab-
quvvatlash shaklida (masalan, «yilning eng yaxshi sotuvchisi» unvonini berish), pul
mukofoti, qo’shimcha ta’til, firma hisobidan sayohat, qimmatli sovg’a, korxonaning
eng yaxshi xodimlari anjumaniga taklif etish ko’rinishida bo’lishi mumkin. Savdo
sohasida sotuvni rag’batlantirish ayrim hollarda «merchandayzing» deb ataladi.
O’tkazuvni rag’batlantirish samaradorligi bozorda iste’molchilik xususiyatlari
bir xil bo’lgan raqobatlashuvchi tovarlar ko’p bo’lib, tovarning etuklik bosqichiga
o’tishida firmaning bozordagi o’rnini himoyalash zarur bo’lgan yoki tovarlar o’ziga-
o’zi xizmat ko’rsatish usulida sotilayotgan hollarda yuqori bo’ladi.
Savdo faoliyatini qo’llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar o’rtasida xaridorni
dastlabki xaridga undovchi savdo faolligini rag’batlantirish tadbirlarini ajratib
ko’rsatish mumkin. Xususan:
■
namunalarni taqdim etish: a) yangi mahsulotdan foydalanish bo’yicha
tavsiyalar; b) boshqa mahsulotlardan voz kechib, mazkur mahsulotni iste’mol
qilishga kirishish bo’yicha tavsiyalar.
■
xarid qilishdagi mukofotlar: sinab ko’rish va qayta sinashni rag’batlantirish,
sotuv hajmi va tovardan foydalanishning o’sishini rag’batlantirish.
292
■
yarmarka va ko’rgazmalar o’tkazish: a) axborot berish, qiziqish uyg’otish, b)
sotib olish istagini shakllantirish, v) sotib olish va qayta xarid qilishni
rag’batlantirish.
■
vitrinalarni bezash: a) qiziqishni rag’batlantirish, b) xaridni osonlashtirish, v)
tovarning iste’mol xususiyatlari bilan tanishtirish.
■
homiylik: a) jamoatchilik nazarida firmaning obrazini shakllantirish, b) firma
tovarini sinab ko’rishni rag’batlantirish.
O’tkazuvni rag’batlantirishga doir chora-tadbirlar ichida personal sotuvlarga
katta rol ajratiladi. Personal sotuvlar bu — sotuvni rag’batlantirish faoliyati, ya’ni
sotuvchi potensial xaridorga yordam beruvchi va uni tovarni (xizmatni) sotib olishga
undovchi jarayondir. Personal sotuvdan samarali foydalanish uchun bir nechta
shartlarni keltirish mumkin:
1.
Firma unchalik katta emas yoki reklama qilish uchun mablag’lari etarli emas
bo’lsa;
2.
Agar xaridorlar hududiy jihatdan jipslashgan bo’lsa; vsavdo xodimining
shaxsiy ta’siri xaridor bilan muloqot o’rnatish va unda firma va uning mahsulotlariga
ishonch uyg’otish mumkin bo’lsa;
3.
Mahsulot qiymati yuqori bo’lsa;
4.
Tovarni namoyish qilish zarurati mavjud bo’lsa;
5.
Mahsulot buyurtmachining individual talablariga moslashtirilishi lozim bo’lsa;
6.
Tovar tez-tez sotilmasa;
7.Tovar eski tovarlarni qaytarib berish va qo’shimcha to’lov asosida almashtirib
beriladigan tovarlar guruhiga kirsa.
Personal sotuv bu — avvalo, kommivoyajerlar, savdo agentlari, ko’rgazma va
namoyish zallari personalining ishi; telemarketing (videomatn, telefaks, kompyuter,
telefon yordamida tovarni xarid qilishga undash, xarid haqida kelishib olish va bitim
tuzish yoki kelishib olish va hatto sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish), katalog va
preysko’rantlar bo’yicha pochta orqali savdo (xaridorni istalgan usullar bilan reklama
qilingan tovarni sotib olish uchun pul jo’natish yoki hisob raqamiga o’tkazishga
undash) hisoblanadi.
293
Do'stlaringiz bilan baham: |