„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Mafkuraviy  gegemonizmning  vujudga  kelishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
2.  Mafkuraviy  gegemonizmning  vujudga  kelishi.
  Hozirgi  dunyoning  geopolitik, 
iqtisodiy  va  ijtimoiy,  axborot-kommunikatsiya  manzarasi    turli  mafkuralar  kurashi  ostida 
kechmoqda.  Geopolitika  –  tashqi  siyosatda  biron  bir  davlat  yoki  mintaqaning  hududiy  o‗rni, 
kommunikatsion  imkoniyatlarini  hisobga  olib  yuritiladigan  qarashlar  asosidagi  faoliyat.  U 
dastlab  jamiyat  taraqqiyotida  geografik  shart-sharoitlarning  o‗rnini  yuqori  darajaga  ko‗tarish 
tarzida  namoyon  bo‗ldi.  Natijada  ayrim  davlatlarda  ―tabiiy  sarhadlarni  kengaytirish  zarurati‖ 
tarzida ekspansiyani asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb qarashga olib keldi. 
 Gegemonizm  (yunoncha,  gegemoniya  –  ―yetakchilik‖,  ―boshqarish‖)  —  turli  sohalarda, 
jumladan, ma‘naviy sohada ham ustunlik va o‗z hukmiga bo‗ysundirishni anglatuvchi tushuncha. 
Gegemonizm  mohiyatan  dunyo  barqarorligini  ta‘minlash  yoki  uni  mustahkamlashga  qaratilgan 
siyosatga  zid  hodisa  bo‗lib,  ijtimoiy  taraqqiyot,  jamiyat  barqarorligi  va  xavfsizligini  izdan 
chiqaradi
18
.  Ba‘zi  davlatlarning  barcha  sohalarda  ustunlik  qilish  va  dunyoni  o‗z  hukmiga 
buysundirishga  intilishi  insoniyat  tarixining  turli  bosqichlarida  salbiy  oqibatlarni  keltirib 
chiqargan.  Gegemonizm  biron-bir  qudratli  kuchning  manfaatlarini  ustuvor  darajada,  bir 
tomonlama  ta‘minlash  maqsadini  ko‗zlagani  sababli  u  boshqa  tomonning  manfaatlariga  zid 
bo‗lib,  ijtimoiy,  siyosiy  va  ma‘naviy  rivojlanishga  putur  yetkazadi.  Bunday  adolatsizlik  yetarli 
imkoniyatga ega bo‗lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‗laqonli ishtirok eta 
olmasligiga  sabab  bo‗ladi.  Natijada,  tabiiy  ravishda  bunday  mamlakatlar  xalqlarida 
gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‗ladi, 
dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etadi.  
Ilmiy-texnikaviy  imkoniyat  jihatdan  ancha  ilgarilab  ketgan  G‗arb  mamlakatlari 
farovonligini  saqlab  qolishning  birdan-bir  chorasi  o‗laroq  Sharq  mamlakatlariga  nisbatan 
mustamlakachilik  siyosatini  yurita  boshladi.  Buning  natijasida  insoniy  intellekt,  ma‘naviyat 
asosida  shakllangan,  bashariyatga  behisob  samara  keltirgan  muloqot  chilparchin  bo‗ldi. 
Tamaddunlararo  munosabat  rishta  lari  uzildi.  Sharq  bilan  G‗arb  o‗rtasidagi  minglab  yillik 
hamkorlik  va  aloqalar  o‗rnini  o‗zaro  dushmanlik  mafkurasi  hamda  siyosati  egalladi.  XIX  asr 
nemis faylasufi G.Gesse ta‘biri bilan aytganda: «Insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb 
—  Sharq  va  G‗arb  shu  tariqa  bir-biriga  qarama-qarshi  kuchga  aylantirildi».  G‗arbda  Sharqqa 
nisbatan ustuvor Yevropotsentrizm, buyuk davlatchilik  shovinizmi, mustamlakachilik, hududiy-
mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik 
sari intilish bilan bog‗liq g‗oyaviy-siyosiy amaliyot ko‗rinishlari shakllandi. Pirovardida, har ikki 
sivilizatsiyaga  mansub  xalqlar,  mamlakatlar  o‗rtasidagi  ma‘rifiy  munosabat  pasayib  bordi. 
Nisbatan  qoloq  xalq  va  mamlakatlarni  mulki,  aqliy  salohiyati  hamda  ma‘naviyatidan  judo 
etishning uslub-yo‗llari ketma-ket ishlab chiqildi. O‗sha davrlarda G‗arb geosiyosatida biron-bir 
                                                 
18
 Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013, 50-51 betlar 


makonni  bo‗ysundirish,  qaramlikka  solish  uchun  u  ikkinchi  platsdarm  deb  e‘lon  kilindi.  Ya‘ni, 
o‗zi  uzoqda  joylashgan,  lekin  strategik  ahamiyatga  ega  bo‗lgan,  hududga  yetib  olish  uchun 
ikkinchi  bir  hudud  ustidan  qon  kechib  o‗tishni  yoqlovchi  rejalar  ishlab  chiqildi.  Ming  yillarki, 
Sharqu  G‗arbning  hayotiy  ehtiyojlari  tinch-totuv,  bahamjihat  yashashga  beminnat  xizmat  qilib 
kelgan Buyuk ipak yo‗li qon kechgan lashkarlar oyog‗i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan bizning 
yurtimiz ham ko‗p zarar ko‗rdi
19

1997  yilda  chop  etilgan  "AQShning  keyingi  asrdagi  milliy  xavfsizlik  strategiyasi"dan 
quyidagi parchani keltirish bugungi kunda. dunyoda kechayotgan hodisalarni tushunish imkonini 
beradi:  "Biz  dunyodagi  integratsion  jarayonlarni  zaruriy  o‗zanga  yo‗naltirish  uchun,  mavjud 
siyosiy  va  iqtisodiy  institutlar  hamda  xavfsizlik  tuzilmalarini  o‗zgartirish  uchun,  shuningdek, 
bizning  manfaatlarimiz  va  qadriyatlarimizni  ilgari  surish  uchun  zaruriy  shart-sharoitlar  yarata 
oladigan  yangi  tashkilotlarni  shakllantirish  uchun  AQShning  yetakchilik  rolidan  foydalana 
olamiz va foydalanishimiz kerak"
20
.  
Bundan  kelib  chiqadigan  xulosa  –  istiqlolga  erishgan  kunimizdanoq  boshlangan,  ammo 
keyingi  vaqtda  kuchaygan  buzg‗unchi  ma‘naviy-mafkuraviy  oqimlarning  suverenitetimizga 
taxdid solayotganiga O‗zbekiston Respublikasi kimningdir qo‗lida qo‗g‗irchoq bo‗lishdan bosh 
tortayotgani  sabab!  Shu  boisdan,  yurtimizda  demokratiya  niqobi  ostida  gegemonizm 
o‗rnatmoqchi  bo‗lganlarga  va  neokolonializmga  intilayotganlarga  Birinchi  Prezidentimizning 
so‗zlari bilan javob qaytaramiz: "Biz hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaymiz!"
21
  
Jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQShga teng keladigani 
yo‗q.  Mamlakatning  bunday  gegemonlik  siyosatiga  qarshi  bo‗lgan  har  qanday  harakat 
Kissinjerning  ta‘kidlashicha,  "milliy  manfaatlarga  tahdiddir.  Xo‗sh,  Prezident  G.Trumen 
davridayoq  mukammal  tarzda  yo‗lga  ko‗yilgan,  bugun  esa  yanada  shiddatli  va  andishasiz 
ko‗rinish kasb etayotgan bu gegemonizm nimalarda namoyon bo‗ladi?  
Avvalo,  siyosiy  sohada.  Bu  borada  amerikalik  siyosatdonlar  amalga  oshirishga  ulgurgan 
ishlarga  o‗nlab  misollar  keltirish  mumkin.  Buyuk  davlatlar  o‗z  yo‗rig‗iga  yurishni  istamagan 
davlatlarga,  birinchi  navbatda,  siyosiy  jihatdan  bosim  o‗tkazadi.  Sanksiyalar  qo‗llash  bilan 
tahdid  qilish,  axborot  xuruji,  siyosiy  jihatdan  yakkalash  va  mamlakatning  xalqaro  maydondagi 
obro‗sini  tushirish  kabilar  shunday  vositalardandir.  Qolaversa,  BMT,  Xalqaro  Valyuta 
Jamg‗armasi,  Jahon  Savdo  Tashkiloti,  Jahon  banki  singari  dunyoning  eng  yirik  xalqaro 
tashkilotlaridagi yetakchi mavqei ham bosim o‗tkazishda katta imkoniyat beradi. Suriya, Sudan, 
Shimoliy  Koreya,  Venesuela  kabi  davlatlarga  nisbatan  olib  borilgan  siyosat  bunga  misol  bo‗la 
oladi. Boshqa mamlakatlardan xalqaro huquq normalariga so‗zsiz amal qilishni talab  qiladigan 
AQShning o‗zi bu normalarni ko‗p marotaba buzgan yoki ularga umuman qo‗shilmagan.  
AQSH  tomonidan  gegemonizm  siyosati  iqtisodiy  siyosatda  ham  faol  qo‗llaniladi.  Xech 
ko‗zingiz  tushganmi,  "Maykrosoft"  korporatsiyasining  mashhur  kompyuter  dasturlarini 
o‗rnatayotganingizda dastavval ekranda "Litsenziya kelishuvi" degan oyna paydo bo‗ladi. Unda 
shunday  yozuv  bor:  "Siz  ushbu  kompyuter  dasturini  AQSH  tomonidan  cheklovlar  joriy  etilgan 
davlatlar,  jumladan,  Kuba,  Eron,  Iroq,  Liviya,  Shimoliy  Koreya,  Sudan  va  Suriyaga  olib 
kirmaslik,  bu  davlatlar  fuqarolariga  vaqtinchalik  foydalanish  uchun  bermaslik  majburiyatini 
olasiz".  Bunday  cheklov  AQSH  Savdo  vazirligining  Eksport  nazorati  byurosi  tomonidan 
Amerikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarga belgilanadi. Ushbu taqiqning demokratiya 
talablariga qay darajada mos kelishi masalasini inson huquqlari himoyachilariga qoldirgan holda 
aytmoqchimizki, bu iqtisodiy bosim o‗tkazish yo‗llaridan biri, xolos.  
Gegemonizmning uchinchi asosiy ko‗rinishi madaniy siyosatda namoyon bo‗ladi. Kissinjer 
yozadi:  "Biz  bu  millatni  insonlarni  ozod  qilish  uchun  yaratdik,  biz  o‗z  konsepsiyamiz  va 
maqsadlarimiz  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda,  Amerika  bilan  cheklanmaymiz  va  endi  barcha 
insonlarning  ozod  bo‗ligli  uchun  harakat  qilamiz.  Agar  bunday  qilmasak,  Amerikaning  shon-
                                                 
19
 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 86 bet. 
20
 Азроянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? —М., "Новый век", 2002, Ст. 36. 
21
 Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 513 bet. 


shavkati barbod bo‗ladi, uning qudrati esa havoga uchib  ketadi". Amerikanizmning mohiyatini 
mana shu so‗zlardan yanada mufassalroq anglab yetish mumkin.  
Bunday  siyosat  odatda  "madaniyatlarni  boyitish",  "demokratiya  an‘analarini  joriy  etish" 
yo‗llari  bilan  amalga  oshiriladi.  O‗z  qadriyatlarini  saqlashga  urinib,  bunday  "madaniy 
uyg‗unlik"ni, "demokratiya talablari"ni qabul qilmaydigan davlatlar oldida esa ikki  yo‗l turadi: 
yo bo‗ysunish, yo qoloqlik, xalqaro siyosatda yakkalanish, obro‗sizlanishga duchor bo‗lish
22
.  
Bu va yuqorida sanab o‗tilgan boshqa holatlar buyuk davlatlar tomonidan qo‗llaniladigan 
bosimlardan ayrim misollar xolos. Ularning bunday tashqi siyosatidan ko‗zlangan bosh maqsad - 
insoniyatning  eng  muhim  tabiiy,  moliyaviy,  intellektual  va  informatsion  resurslari  ustidan  o‗z 
nazoratini o‗rnatishdir.  

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish