„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


  Milliy  g‟oyada  mentalitetning  namoyon  bo‟lishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

 
4.  Milliy  g‟oyada  mentalitetning  namoyon  bo‟lishi
.  Hozirgi  paytda  ijtimoiy 
jarayonlar  tahlilidan  kelib  chiquvchi  muhim  saboqlardan  biri  ham  mentalitet  orqali 
o‗zgarishlarga  erishish,  uning  mazmun-mohiyatiga  ta‘sir  ko‗rsatishdan  iboratdir.  ―Agar 
mentalitetni  atrofimizdagi  hayot  tarzining  mahsuli  sifatida  qabul  qilsak,  uning  ikkinchi  jihati 


shundaki‖, hayotning o‗zi ham, uning o‗zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‗zgarishi bilan 
chambarchas bog‗liq‖.  
Milliy  mentalitet  fenomeni  bo‗linish  emas  birlashishni,  birdamlik  va  hamkorlikni  taqozo 
etadi.  Dunyoda  hech  bir  natijaga  aql-zakovatni,  kuch-harakatni,  vaqt  va  imkoniyatlarni  bir 
nuqtaga  jamlamasdan  turib  erishib  bo‗lmaydi.  Birlashish  butunlikka  erishish,  bunyodkorlik 
ishlarining  debochasidir,  chunki  bunyodkorlikka  intilish,  bu  yo‗lda  umumxalq  safarbarligi 
holatini tarkib toptirish, eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish – ruhiy birdamlik 
kayfiyatiga erishish muhimdir.  
Agar an‘anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi 
asosiy  vositalar  rolini  o‗ynab  kelgan  bo‗lsa,  bugun  biz  yashayotgan  postindustrial  jamiyatda 
shaxs  qadriyatini  belgilovchi  asosiy  tamoyillar  sifatida  informatsion  bazis,  intellektual 
tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi.  
Shu  boisdan  ham  yurtboshimiz  tomonidan  ilgari  surilgan  «Kuch  –  bilim  va  tafakkurda» 
shiori  postindustrial  jamiyatning  shiddatkor,  jo‗shqin  xususiyati  tempi  to‗lqinlarida 
odamlarimizning  erkin  suzishlari,  bu  jarayonlarda  o‗zligini  yo‗qotib  qo‗ymasligi,  aksincha  o‗z 
ovozi, so‗zi, fikri va salohiyatlari bilan faol uyg‗unlashuviga yo‗l ochuvchi bir mayoq vazifasini 
o‗taydi.  O‗zgarayotgan  ijtimoiy  makon  va  zamon  ruhida  odamlarimizning  doimiy  aktualligini 
ta‘minlovchi qudratli kuch ham tafakkur omilidir. Milliy mentalitet omili davrning jo‗shqin ruhi, 
tez o‗zgarayotgan muhit ta‘sirida yemirilib ketmasligi xususida fikr yuritib, bunday inqirozlardan 
saqlovchi  kuch  insoniylik  ekanini  asoslab  beradi.  Insoniylik  mohiyati  sifatida  shaxs  va 
jamiyatning  barcha  jihatlariga  ruh  bag‗ishlaydi,  unga  jonlilik,  tiriklik,  yaratuvchanlik  ruhini 
singdirib turadi. 
Insoniylik  omilining  real  zohir  bo‗lish  belgilari  esa,  komil  shaxsga  xos  bo‗lgan  fayz, 
tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‗zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni 
chog‗da  ta‘kidlash  joizki,  xalqimiz  nazdida  komillik  tushunchasi  rahbar  siymosida  ayniqsa 
yorqin  namoyon  bo‗ladi.  Shu  boisdan  ham,  komillikning  eng  avvalo  yetakchilarda,  rahbar 
shaxslarda  yorqin  ko‗rinishi  kerak.  ―Istarasi  issiq  degani,  bu  odamlarga  ko‗ngli  ochiq  bo‗lish 
demakdir. Ya‘ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‗lmasligi, bag‗rikeng va kechirimli bo‗lishi lozim. 
Va kerak bo‗lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‗lishi zarur. Bu 
fikrga qo‗shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‗zi yonib qolmay, 
unga ko‗z tikib, undan ko‗p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish 
deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni  yuksak maqsadlar 
sari safarbar etishni nazarda tutaman» . 
Demak,  milliy  mentalitet  asosidagi  komil  shaxs  konsepsiyasi  ikki  muhim  jihat,  ya‘ni  bir 
tomondan  o‗zidagi  insoniylik  fazilatlarini  amaliy  faoliyatlarda  qo‗llay  olish  salohiyati  bo‗lsa, 
ikkinchi  tomondan  odamlarni  bunyodkorlik  ishlariga  safarbar  eta  olish  qobiliyatlarini  yuzaga 
chiqarish  orqali  namoyon  bo‗ladi.  Milliy  mentalitet  asosidagi  komil  shaxs  shunchaki  ko‗p 
o‗qigan,  ko‗p  bilgan,  ko‗p  ko‗rgan  yoki  tajribasi  katta  odam  bo‗lib  cheklanmasdan,  o‗zidagi 
bilim  va  tajribalar,  insoniy  fazilatlarni  ezgulik,  yaratuvchanlik  yo‗lida  foydalana  oluvchi, 
voqelikni  shunchaki  bilish  bilan  cheklanib  qolmagan,  balki  hayot  o‗zgarishlarini  anglashga 
erishgan,  nafsini  jilovlab,  meyorga  keltira  olgan,  «qanoat»,  «shukur»,  «tavba»  tushunchalariga 
mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‗z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan, 
faol,  harakatchan,  tinib-tinchimas,  o‗zi  yonib  o‗zgalarni  ham  yondirguvchi  shaxsdir.  Milliy 
mentalitet  bilan  qurollangan  komillik  pirovard  natijada  odamlarni  birlashtirish,  aholi  turli 
qatlamlari vakillarini bunyodkorlik  yo‗lida uyushtirish, ularni o‗zaro murosa, madora, ittifoqqa 
keltirish yo‗liga olib chiqadi. 
Xullas,  milliy  mentalitetga  asoslangan  bugungi  faol  shaxs  falsafasi  yangilanayotgan 
borlig‗imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono, 
yaratuvchan,  bunyodkor,  bag‗rikeng,  sahovatli,  ochiq  yuzli,  istarali  odamni  tarkib  toptirish 
vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‗yadi. 
Milliy  mentalitet  Vatanni  sevish  omiliga  ko‗p  jihatlarga  ko‗ra  bog‗liqdir.  Vatanni  sevish 
ulug‗  Navoiy  ta‘kidlagani  kabi  shu  yurt  odamlarini  sevishdan  boshlanadi.  Odamlarga  bo‗lgan 


muhabbat Vatan sevgisining debochasi va o‗zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat, ya‘ni ilohiy 
ishq  va  majoziy  ishqqa  bo‗lib  talqin  etadi  hamda  insonlarga  bo‗lgan  mexr-oqibat,  hurmat, 
sadoqatdan  iborat  ko‗ngil  bog‗liqligi,  ya‘ni  majoziy  muhabbat  uning  taqdirida  ustunroq 
ekanligini o‗z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga 
muhabbat,  unga  himoyachi,  fidoiy,  kerakli  bo‗lishdir.  Demak,  Prezidentimiz  ilgari  surayotgan 
«insonning  insonligini  o‗ziga  anglatish  va  shu  maqsadni  ro‗yobga  chiqarish»  g‗oyasi  zamirida 
ham  Vatanga  ishqni  odamlarni  sevishdan  boshlash  da‘vati  mujassamdir.  Odamlarni  sevish  va 
Vatan  sevgisi  o‗zaro  uyg‗un,  chatishgan  mohiyat  kasb  etganligi  bois  Vatanga  muhabbat 
tuyg‗usini  tarkib  toptirish  dastavval  shaxsning  o‗z-o‗ziga  bo‗lgan  mas‘uliyati,  talabchanligi 
o‗zidan  qoniqmaslik,  o‗z-o‗zini  doimiy  taftish  va  nazorat  qilishdan  boshlanadi.  Shu  narsani 
e‘tirof  etish  kerakki,  xalqimizda  insonni  jamoatchilik  fikri  nuqtai  nazaridan  baholash  ijtimoiy 
nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.  
Milliy g‗oyaning ma‘naviy-madaniy tomonlari milliy manfaatlar-ning uyg‗unligini aniq va 
ravshan  ifodalaydi.  Chunki  unda  til,  milliy  ruhiyat,  milliy  o‗ziga  xoslik,  milliy  mentalitet 
jozibador  tarzda  aks  etadi.  Shuning  uchun  ham  milliy  g‗oyani  targ‗ib  va  tashviqot  etishda 
o‗zbeklarga xos mentalitet, uyat, or-nomus, vijdon, adolat, haqiqat, odillik, andisha, sharm-hayo, 
qadr-kimmat kabi tushunchalar milliy, madaniy, ma‘naviy hayotimizning tarkibiy qismi sifatida 
baholan-moqsa.  Ushbu  tushunchalar  mazmun-mohiyatida  xalqimizga  xos  his-tuyg‗u,  o‗zga 
millatlarga nisbatan odamiylik, insoniylik singari ezgu niyat-lar yotadi. 
Uzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hayotimizdagi, hatto tariximizdagi nihoyatda 
katta voqea bo‗ldi. O‗zbekiston tilga oid har qanday masalani mustaqil hal qilish huquqiga ega. 
Konstitutsiyamizda  mustahkamlanganidek,  "O‘zbekistan  Respublikasining  davlat  tili  uzbek 
tilidir". 
Milliy g‗oya o‗zbek tilining davlat maqomini to‗la ro‗yobga chiqarish, uning qo‗llanilishi 
va muhofazasini ta‘minlashga ko‗maklashadi. Ayni paytda, u respublikamiz hududida yashovchi 
millatlar va elatlar til-larining taraqqiyoti uchun imkoniyat hozirlashga yordam beradi. 
Milliy  g‗oya  ma‘naviyatimizning  asosi  hisoblangan  madaniy  merosimizga  munosabat 
masalasida  ham  katta  o‗rin  tutadi.  Madaniy,  ma‘naviy  meros  avlod-ajdodlarimiz  tomonidan 
necha-necha  asrlar  davomida  yarati-lib,  asrab-avaylab  kelinayotgan  buyuk  xazinadir.  "Ota-
bobolarimiz-dan bizga boy ma‘naviy meros qolgan. Endi  bizning qonimizga ko‗chgan, bizning 
nasl-nasabimizga  xos  o‗sha  ulkan  ma‘naviy  salohiyatni  yanada  yuksaltirishimiz,  uni 
farzandlarimizga, kelajak avlodga  munosib  meros qilib  qoldirishimiz kerak". Madaniy merosga 
bunday  hurmat,  birinchi  navbatda,  uning  yaratuvchisi,  avaylab-asraguvchisi  va  rivoj-
lantiruvchisi  hisoblangan  xalq  ommasiga,  millatga,  uning  o‗tmishiga  cheksiz  ehtirom,  mehr-
oqibat  mahsulidir.  Madaniy  merosini  chuqur  o‗rganmagan  va  e‘zozlamagan  kishi  o‗zining 
shajarasi,  avlod-ajdod-lari  bosib  o‗tgan  yo‗l,  milliy  istiqlolimiz,  erkimiz  va  ozodligimiz  uchun 
jasorat ko‗rsatgan ulug‗ zotlar haqida tasavvurga ega bo‗lmaydi. 
O‘zbek  mentaliteti,  tafakkur  tarzi,  ma‘naviyati  rivoji  asrlar  osha  sayqal  topgan  go‗zal 
axloqiy  fazilatlar  va  milliy  kadriyatlar  mevasidir.  Istibdod  yillarida  mustamlakachilar 
xalkimizning  bu  be-nazir  o‗ziga  xosligini  yo‗qotishga  urindilar.  Uning  tarixiy  xotirasi  milliy 
ma‘naviy  merosga  nisbatan  bo‗lgan  bunday  tajovuzdan  jiddiy  talofat  ko‗rgan  bo‗lsa-da,  o‗zak 
tomirlarini  shikastlardan  saklay  oldi,  teranligini  yo‗qotmadi.  Xalq  bunday  xurujlar  chog‗ida 
dushmanlarga  qarshi  gohida  ochiqdan-ochiq  mardonavor  kurashdi,  zulm  haddan  oshgan 
murakkab kezlarda esa bu bebaho qadriyatlarni yuragining to‗rida avay-lab asradi. 
Tarixning  guvohlik  berishicha,  ishlab  chiqarish  muttasil  o‗sib,  rivojlanib  boradi.  Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi esa, avvalo, uni amalga oshiruvchi insonning ma‘naviy-axlokiy kamol 
topishi bilan bog‗liq. Agar texnika va texnologiyaning o‗sishi insoniyat taraqqiyoti-dan ilgarilab 
ketsa,  unda  bu  rivojlanish  nomutanosib  bo‗ladi  va  uzoq  davom  etmaydi.  Ma‘naviy  jihatdan 
ildamroq  taraqqiy  etmas  ekan,  moddiy  va  iqtisodiy  jihatdan  ham  tez  rivojlanmaydi.  Bundan 
tashqari, texnika va texnologiyaning takomillashishiga ham inson ongi, bilimi va aqli rivojining 
natijasi  sifatida  qarash  lozim.  Binoba-rin,  "davlatimizning  eng  muhim  vazifalari  dan  biri  — 


ma‘naviy  jihatdan  barkamol  insonni  tarbiyalash,  ta‘lim  va  maorif  tizimini  takomillashtirish, 
milliy uyg‘onish g‗oyasi asosida ma‘naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazishdir". 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish