„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/160
Sana11.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#350584
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te

Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda: 
yurtimizdagi  demokratiya qadriyatlari va demokratik ta-raqqiyot  imkoniyatlariga nisbatan 
shubha bilan qarash holatini vujudga keltirish; 
odamlarni ezgu g‗oyalardan chalg‗itish, xayoliy farovon tur-mush tarzini va‘da qilish; 
jamiyat  a‘zolari,  ayniqsa,  yoshlar  tafakkurida  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik  tuyg‗ularini 
zaiflashtirish; 
—- xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intilish; 
ekstremistik ruhdagi diniy g‗oyalarni tiqishtirishga in-tilish; 
aholi o‗rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish; 
—  jamoaparvarlik,  ijtimoiy  hamkorlik  ruhini  inkor  etib,  individualizm  g‗oyalarini  sun‘iy 
ravishda tiqishtirish. 
Mafkuraviy  tahdidlarning  nihoyatda  keng  qamrovli  ekanligidan  kelib  chiqib,  ularni 
quyidagicha toifalash mumkin: 
Birinchidan,  jamiyatimiz  a‘zolarining  ongi  va  tafakkuriga  ta‘sir  qilishga  qaratilgan 
xurujlar.  Ma‘lumki,  xalqimizning  asrlar  davomida  shakllanib  kelayotgan  milliy  ongi  va 
dunyoqara-shida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‗zi yashayotgan mahalla jamoasiga, 
katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bi-lan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, 
mulohaza  va  andisha  bilan  munosabatda  bo‗lish,  jamoa  fikriga  nisbatan  alo-hida  ehtirom 
ko‗rsatish  kabi  xislatlar  ustuvorlik  qiladi.  Qolaversa,  aynan  mana  shu  qadriyatlar  jamiyatimiz 
ma‘naviyatining tamal toshini tashkil qiladi. 
Bunday vaziyatni yaxshi o‗rgangan g‗animlarimiz bizga qarshi ma‘naviy xurujlarni amalga 
oshirishda  xalqimizning  mana  shun-day  ulug‗vor  qadriyatlariga  mutlaqo  teskari  va  begona 
bo‗lgan,  asosan  «individualizm»,  «egoizm»,  «kosmopolitizm»,  «zo‗ravon-lik»,  "diniy 
mutaassiblik"  g‗oyalarini  iloji  boricha  chiroyli  niqoblarga  o‗rab,  jamiyatimizga  olib  kirishga 
urinmoqda.  G‗anim-larimizning  xalqimiz  milliy  ongiga  ta‘sir  ko‗rsatishdan  ko‗zlan-gan  asosiy 
maqsadi  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  xulosa  qilgani-dek:  «O‗zbekistonda  hukm 
surayotgan  tinchlik  va  osoyishtalikni,  jamiyatimizdagi  bunyodkorlik  muhitini,  bugun  biz  barpo 


etayot-gan  farovon  va  osuda  hayotni  buzish,  tobora  kuchga  kirayotgan  dav-latimizni  ag‗darish, 
tanlagan  yo‗limizdan  qaytarishdir.  Odamla-rimizning  yuragiga  vahima  va  qo‗rquv  solish 
hisobidan  ularning  ertangi  kunga  bo‗lgan  ishonchini  yo‗qotish,  bir-biriga  qarshi  qo‗yish, 
yurtimizda, mintaqamizda o‗z manfaati, o‗z siyosatini o‗tka-zishdan iborat». 
Ikkinchidan,  milliy  urf-odatlarimizga  bo‗layotgan  xurujlar.  Ma‘lumki,  xalqimizda  o‗ziga 
xos milliy odatlar, an‘analar shakllangan. Jamoa bo‗lib yashash, qarindosh-urug‗larga mehribon-
lik,  to‗y  va  ma‘rakalar,  bayramlar,  tarbiya  masalalarida,  hasharlarda  ijtimoiy  hamkorlikning 
boshqalarda uchramaydigan o‗ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‗lishi shular jumlasi-dan. 
Xalqimizning  bu  urf-odatlari  asrlar  davomida  jamiyat  mustahkamligining  asosi  bo‗lib  xizmat 
qilib  kelmoqda.  Davla-timiz  rahbari  ta‘kidlaganidek:  «Xalqimizning  donologi,  bag‗-rikengligi, 
sabr-bardoshi bizni har qanday balo-qazolardan as-rab, idrokimizni, aql-zakovatimizni charxlab, 
yurtimizda oso-yishtalik va millatlararo, fuqarolararo tinchlikni saqlab qolishga xizmat qildi»
43

Milliy  an‘analarimiz  va  urf-odatlarimizning  mamlakatimiz  taraqqiyoti  uchun  naqadar 
ulkan  ahamiyatini  sezgan  tahdidchilar  bu  borada  ham  muayyan  xurujlarni  amalga  oshirmoqda. 
Shu  maqsadga  erishish  uchun  ular  global  aloqa  tizimlari  va  boshqa  vositalar  orqali  ma‘naviy 
qashshoqlikka,  tarkidunyochilikka,  odamlarga  nis-batan  oqibatsizlik  va  shafqatsizlikka  olib 
keluvchi  g‗oyalarni  hamda  urf-odat  normalarini  zo‗r  berib  targ‗ib  qilmoqsa.  Bular  orasida, 
ayniqsa,  odamovilik,  ota-onaga  nisbatan  bepisand  qarash,  shaxsiy  hayotni  ulug‗lash  kabi  g‗oya 
va qarashlar ustuvorlik qilmoqda. 
Uchinchidan,  milliy  madaniyatimizga  bo‗layotgan  xurujlar.  Sir  emaski,  xalqimizning 
milliy  madaniyati  o‗zining  qadimiyligi,  boyligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Markaziy  Osiyo 
tarixida  aql-idrok  bilan  ma‘naviy  jasoratni,  diniy  dunyoqarash  bi-lan  qomusiy  bilimdonlikni 
o‗zida mujassam etgan allomalar ko‗p bo‗lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin 
Naqsh-band,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Al  Xorazmiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Amir  Temur,  Mirzo 
Ulug‗bek,  Zahiriddin  Bobur  va  boshqa  ko‗plab  buyuk  ajdodlarimiz  milliy  madaniyatimizni 
rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo‗shdilar,  xalqimizning  milliy  iftixori  bo‗lib  qoldilar.  Ularning 
nomi,  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  qo‗shgan  buyuk  hissasi  hozirgi  kunda  butun  dunyoga 
ma‘lum. 
Ma‘naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a‘zola-rini milliy madaniy boyliklar 
va  imkoniyatlardan  begonalashti-rishga  harakat  qilmokda.  Shu  maqsadda  ular  Internet 
tarmog‗idan,  kinofilmlar  va  san‘at  turlaridan  foydalangan  holda  nihoyatda  ohanrabo,  lekin 
yengil-yelpi,  inson  tafakkurini  rivojlantirishga  emas,  aksincha  uning  sayozlashuviga  xizmat 
qiluvchi  namunalarni  jamiyatimizga  olib  kirishga  intilmoqda.  Bunday  san‘at  va  mada-niyat 
namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‗oyalarining targ‗ibo-ti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki, 
bu  mamlakatlarning  o‗zlari  millatlarni  parokandalikka  olib  boradigan,  insoniyat  uchun  shar-
mandali  vaziyatlarni  demokratiya,  inson  huquqlari  kabi  oliy  qad-riyatlar  shiori  ostida  targ‗ib 
qilmoqsa. 
Mana  shunday  holatlardan  kelib  chiqib  xulosa  qilish  mum-kinki,  bugungi  kunda 
mamlakatimizning  har  bir  fuqarosida  sa-marali  va  mustahkam  ma‘naviy  immunitetni 
shakllantirish  ke-chiktirib  bo‗lmaydigan  vazifaga  aylandi.  Ma‘lumki,  Birinchi  Prezidentimiz 
I.A.Karimovning  2000  yilda  «Fidokor»  gazetasi  muxbiri-ga  bergan  intervyusida  mafkuraviy 
immunitetning  mohiyati  va  zarurligi  asoslab  berilgan  edi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Bir xalqni o‗ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo, 
uni o‗zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‗xshash zararli ta‘sirlar 
davom  etaversa,  millat  o‗zli-gini  yo‗qotishi,  ming  yillik  an‘analarini  boy  berib,  olomonga 
aylanib  qolishi  ham  hech  gap  emas.  Tabiiy  savol  tug‗iladi:  bunday  mafkuraviy  ta‘sirlar  salbiy 
oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‗li — odamlarimiz, avvalambor, 
yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini ba-quvvat qilish, ularni o‗z mustaqil 
fikriga  ega  bo‗lgan  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash.  Ularning  tafakkurida  o‗zligini  unut-
maslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror 
                                                 
43
 Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‗z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‘iy irodamizga bog‗liq 12-
jild. - T.:"O‗zbekiston", 2004. 250-bet. 


toptirish. Ularning, men o‗zbek farzandiman deb, g‗urur va iftixor bilan yashashiga eri-shishdir. 
Bugun  kuchli  davlatlarning  targ‗ibot  va  tashviqotlari  natijasida  uchinchi  dunyo  mamlakatlari 
o‗zlarining  yuqori  mala-kali  mutaxassislaridan  ajralmoqdalar.  Oddiygina  raqamlarga  murojaat 
qilganimizda  buning  tasdig‗ini  ko‗ramiz.  G‗arb  ommaviy  axborot  vositalarining  doimiy  tarzda 
olib boradigan targ‗ibot va tashviqotlari natijasida kambag‗al Afrika mamlakatlari uchun yuqori 
malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoj yuqori bo‗lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali 
xodimlarning  har  uchtasidan  bittasi  rivojlangan  davlatlarga  ketib  qolmoqda.  Har  yili  Afrikadan 
o‗rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‗qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit‘a 
davlatlari  60  ming-dan  ortiq  o‗rta  va  yuqori  bo‗g‗indagi  boshqaruv  xodimlaridan  mah-rum 
bo‗ldi.  Ma‘lumki,  har  qanday  kasallikning  oldini  olish  uchun,  avvalo,  kishi  organizmida  unga 
qarshi  immunitet  hosil  qilina-di.  Biz  ham  farzandlarimiz  yuragida  ona  -  Vatanga,  boy  tarixi-
mizga,  ota-bobolarimizning  muqaddas  diniga  sog‗lom  munosabatni  qaror  toptirishimiz,  ta‘bir 
joiz bo‗lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» . 
Fuqarrlar  siyosiy  ongi  hamda  milliy  qadriyatlarga  nisbatan  xurujlar  va  ularni  asrash 
zarurligi  bugungi  muhim  masalalar-dan  biridir.  Albatta,  bu  masala  barcha  zamonlarda  buyuk 
mutafak-kir, ma‘rifatparvar bobolarimizni o‗ylantirib kelgan, xalqi-miz e‘tiboridan hech qachon 
chetda qolmagan. Lekin bugun biz mut-laqo boshqa davrda yashamokdamiz, endi hayot talablari 
o‗zgacha. Bi-nobarin, o‗zini asrashni o‗ylagan har bir xalq ko‗proq kelajagi haqida qayg‗urmog‗i 
kerak. Xalqimizning jahon taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi o‗tmishda qanchalik ulkan bo‗lmasin, 
shuning  o‗zi  bilangina  hozirgi  davrda  taraqqiy  etgan  davlatlar  orasida  munosib  o‗rin  egallash 
qiyin.  Fakdt  milliy  istiqlol  g‗oyasigina  millatning  kuch-qudratini,  salohiyatini  ro‗yobga 
chiqarishi,  xalqimizni  bunyodkor-likka  safarbar  etishi,  yurtimizda  istiqomat  qilayotgan  barcha 
fuqarolarni  jipslashtirishi,  dunyoga  hukmronlik  qilishga  intilayotgan,  g‗arazli  maqsadlarni 
ko‗zlayotgan kuchlar, buzg‗unchi g‗oyalar-ga qarshi ishonchli to‗siq bo‗lishi mumkin. Shu bois 
ham  jamiyati-miz  a‘zolari  siyosiy  ongini  oshirish  masalasiga  sifat  jihatidan  butunlay  yangicha 
asoslarda  yondashish  davrimizning  eng  asosiy  mud-daosini  tashkil  etadi.  Chunki  yuqorida 
ta‘kidlanganidek, o‗z mil-liy manfaatlarini ta‘minlay olgan jamiyatninggina umri boqiy bo‗ladi. 
Bu  har  birimizning  burchimiz  va  uni  ta‘minlashda  quyi-dagilarga  e‘tibor  berish  maqsadga 
muvofiq: 1) milliy ma‘naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 2) yoshlarni milliy ruhda tarbiya-lash; 
3) milliy manfaatlarni himoya qilish; 4) targ‗ibot ishlari-ni yanada kuchaytirish. 
Zero,  bugungi  davr  voqeligi  har  bir  masalada  yangicha  tamo-yillar  asosida  yondashishni 
taqozo  etmoqda.  Muayyan  tushunchalar,  g‗oyalar  yoki  tamoyillarni  anglab  olish  ishning  bir 
qismi, xolos. Shu ma‘noda, milliy ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurashda ama-liy ishlarga e‘tibor 
berish asosiy masaladir. 
Axborot  texnologiyalari  orqali  xurujlar  avj  olayotgan  bu-gungi  kunda  ulardan  saqlanish 
zarurati  mafkuraviy  tahdidlar-ni  bartaraf  etish  borasidagi  muhim  masalalardan  biridir.  Bu-gun 
dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan dav-latlarning mavqei, salohiyati ko‗plab 
omillar  bilan  birga  OAV-ning  nechog‗lik  rivojlangani  bilan  ham  belgilanmoqda.  Taraqqi-
yotning  bosh  belgisi  esa  jamiyatning  axborotlashganligida  o‗z  ifo-dasini  topmoqda.  Yaqin-
yaqinlargacha  axborotlashuv  jarayonlari  faqat  ommaviy  axborot  vositalarining  faoliyati  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  edi,  xolos.  Hozir  esa  manzara  tamoman  o‗zgacha.  Endilikda  axborot 
texnologiyalari  shu  qadar  rang-barang  tus  oldiki,  kecha-gi  o‗lchamlar,  mezonlar,  tushunchalar, 
imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‗ndalang bo‗lmokda. Kompyuter texni-kasi, 
Internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasav-vurimizdagi "ommaviy axborot vositasi" 
degan tusho‗nchani  tamo-man o‗zgartirib  yubormoqda. Shuni  ham  aytish kerakki,  «zamonaviy 
integratsiya»  tushunchasi  dunyo  axborot  makonidan  mustahkam  o‗rin  egallashni  taqozo 
etmoqda. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish