EKOLOGIYADA MUHIT TUSHUNCHASI
Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovni e‘tiborga olinadi. Aniqroq
so‘z borganda muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta‘sirlar
majmuidir.
Odatda tabiiy va sun‘iy muhitlar ajratiladi. Tabiiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer,
o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun‘iy muhit inson tomonidan
yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy muhitlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Ularning bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo‘ladi. Tirik
organizmlarning hayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror holatida muvozanat
o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart-sharoitlari ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |