XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, dunyoning ko’plab mamlakatlarida davlat
moliyasini boshqarish tizimining asosiy bo’g’ini sifatida – G’aznachilik
hisoblanadi, lekin har bir mamlakatlarda, ularning davlat tizimidan kelib chiqqan
holda bu bo’g’inning funksiyalari turli xil bo’ladi. Umumiy aytadigan bo’lsak
davlat moliyasini boshqarish yagona modelini ishlab chiqib bo’lmaydi, bu har bir
mamlakatning ichki va tashqi omillariga bog’liqdir.
Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimi tajribalarini o’rgangan holda
g’aznachilikning funksiyalariga respublikamizda quyidagilarga e’tiborni qaratish
maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:
Tahlil va funktsional rejalashtirish sohasida:
davlat operatsiyalarining monitoringi va tahlili, ya’ni g’aznachilik
tizimidan olingan axborotlar asosida davlat operatsiyalarini tahlil qilish va
hisobotlar tayyorlash;
moliyaviy faoliyatni rejalashtirish, shuningdek, g’aznaga kelib tushgan va
chiqib ketgan pul oqimini rejalashtirish va xarajatlarning umumiy oylik
limitini belgilash, Markaziy Bank bilan birgalikda pul operatsiyalari va
pul qoldiqlarini nazorat qilish;
byudjet bajarilishini va byudjet jarayonlarini amalga oshirilishini baholash
hamda monitoringini yuritish;
byudjet haqidagi o’tgan va joriy axborotlarni tahlil qilish lozim.
Byudjetni boshqarish sohasida:
byudjet tayyorlash va uning bajarilishi;
hududiy va mahalliy boshqaruv organlari, ya’ni quyi turuvchi
bo’g’inlarning operatsiyalarini nazorat qilish;
byudjetdan tashkari maksadli fondlar faoliyatini, mazkur fondlar va
byudjet orasidagi moliyaviy oqimlarni boshqarish lozim.
Bizning fikrimizcha, byudjetdan fondlarning yuzaga kelishiga sabab, bu
byudjetdan farqli o’laroq past darajadagi risklarni ta’minlashga intilishidir. Shu
73
sababli, ularning alohida ijtimoiy ahamiyatini hisobga olib, byudjetdan tashkari
fondlarni g’aznachilik tizimiga o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu holat
Moliya Vazirligiga byudjetdan tashkari fondlarni samarali boshqarishga imkon
beradi. Shuningdek, g’aznachilik hisob raqamida shakllangan va saqlanuvchi
ortiqcha pul mablag’larini boshqarish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Iqtisodiyot taraqqiyotining hozirgi sharoitidan kelib chiqqan holda
g’aznachilik tizimini takomillashtirishning muhim xususiyatli tomonlarini
quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchidan, ijtimoiy soha xarajatlarini o’z vaqtida va kerakli miqdorda
moliyalashtirish uchun byudjetga etarli bo’lgan ushumni ta’minlash;
Ikkinchidan, aholini birinchi navbatidagi ehtiyojlarini qondirish bilan
bevosita bog’liq bo’lgan iqtisodiy sohalarni zarur darajada rivojlantirishni
ta’minlash;
Uchinchidan, ishbilarmonlar xo’jalik faoliyatini rag’batlantirish uchun
yanada qulay shart-sharoit yaratib berish zarurdir.
Bu tadbirlar pirovard natijada byudjet mablag’laridan foydalanish
samaradorligini keskin orttirish, Byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash
muddatlarini tezlatish va hisobotlarning sifatini yaxshilash imkonini beradi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |