Qatiyatlilik (commitment) va o'z-o'zini rag'batlantirish
O'z biznesingizni tashkil etish va yuritish hech qachon oson variant emas. Bu qiyin ish va har kuni ko'p
soatlarni ajratishni talab etishi mumkin. Muvaffaqiyatli bo'lishga intilish, g'ayrat va diqqat-etibor - bu
muvaffaqiyatli tadbirkorning asosiy fazilatlari.
Ko’p qirrali (multi-skilled)
Tadbirkor mahsulotni ishlab chiqarishi yoki xizmat ko'rsatishi, uni targ'ib qilishi, sotishi va pulini
hisoblashi kerak bo'ladi. Bu turli xil biznes vazifalari odamdan turli xil fazilatlarga ega bo'lishni talab
qiladi, masalan, texnik ko'nikmalarni o'rganishga, odamlar bilan muloqotda bo'lishga, pul bilan muomala
qilishda va buxgalteriya hisobini yuritishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |