Pedagogik talab
jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor, ijtimoiy qoidalar, an'ana va urf-
odatlarning muayyan me'yorlarini bajarish uchun o'quvchiga qo'yiladigan talablar majmui
tushuniladi. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab ijtimoiy xulq-atvor
me'yorlarining yig'indisi, real masala yoki biror-bir xatti-harakatlarning bajarilishi to'g’risidagi
aniq ko'rsatma sifatida ifodalanishi mumkin. Ushbu talablar bajarilish shartiga ko'ra bevosita yoki
bilvosita bo'ladi. Bevosita ko'rsatma yoki yo'riqnomalar axloq me'yorlariga so'zsiz bo'ysunish
ko'rinishiga ega bo'lishi lozim. Bilvosita talablar esa, iltimos, maslahat, imo-ishora ko'rinishida
taqdim etilib, bajarilishi o'quvchilarning o'zlariga havola etiladi. Barkamol, har jihatdan kamo-
lotga erishgan jamoada, ko'pincha, bilvosita talablardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |