“Avesto”
hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotida ta’lim-tarbiya quyidagi
bo’limlar: 1) ma'naviy va diniy tarbiya; 2) jismoniy va mehnat tarbiyasi; 3)
aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo’lgan. “Avesto” bo'yicha bolalarga 5
yoshgan savod o’rgata boshlaydilar; o’qishni o'rganishi bilan savdo ishlariga
o’rgata boshlaydilar. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o'qitiladigan savod
maktablari bo'lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar
tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta'limdan
maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Zardusht ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. Du yoshda ularga
davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o’rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy
qoidalariga binoan insonning o’z burchini his etishining eng birinchi belgisi
ma’naviy poklik hisoblangan.
“Avesto”da insonning barkamol bo’lib etishishida ezgu fikr, ezgu so’z,
ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda
juda qadrlaydigan xislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo’lgan. Bu
xislatlar o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar,
ibtidoiy urug’chilik-qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikkita katta
kuch – yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu
xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo'lgan.
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-salomatlik,
jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko’rib yashash uchun yaratgan
ta'lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma'no va o’rin egallagan.
Markaziy Osiyoni Eron Ahmoniylari, keyinchalik (miloddan avval 329-
327 yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o’zlarining madaniyati, dini
va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish ish usullarini o’rnatganlar. O'sha davrlarda
Markaziy Osiyo
hududida yashagan xalqlar bosqinchilaiga qarshi
qo’zg’olonlar ko’taigan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday hollarda
askarlar va xalqning asosiy jangovoriik qurollari kamondan o’q otish, nayza
bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to’qmoq, kaltak, bolta, pichoq
va h.k.) bo’lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan. Bu holat
jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish, otni
choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o'ta ustalik bilan foydalanishni
talab etgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy
miloddan avvalgi 334 yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik
Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327 yilda hozirgi
Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yerlarni bosib olgan. Bunda
lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko’rsatgan. Lekin uning
xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr Makedonskiyga
topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming aholini ham qirib
tashlagan, chunki uning ta’biri bo'yicha eriga, eliga vafolik qilmagan ayol
boshqalarga vafodor bo’lmaydi.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi
ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138 yilda
Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Chzyan Syan o’zining “Tarixiy
bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan.
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston
xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin
egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo’li o’tganligi bu yerdagi
xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo’lgan, Sharq
mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni
o’rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa
joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda
qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar
aks ettirilgan.
O’zbekiston hududida qadimgi yashagan xalqlarning turmush
sharoitlarida, o’z vatanlarini himoya qilishda jismoniy tarbiya vositalaridan
foydalanish kabi madaniy hamda jangavorlik faoliyatlari alohida o’rin tutadi.
Bu davrdagi yashagan xalqlar o’rtasida jangovorlikni oshirish o’z hududlarida
osoyishtalikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish uchun o’tkazgan
diniy, madaniy marosimlar, to’ylar va turli an’analarida kamondan o’q otish,
qilichbozlik va nayzabozlik qilish, kurash, ot o'yinlari hamda boshqa xalq
milliy harakatli o'yinlari bilan mashhur bo’lganlar.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og’zaki ijodida, ayniqsa,
ko’proq ifodalangan. «Alpomish» dostonida kurash, otda poyga, kamondan
o’q otish merganlik kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini
ham fido qilish kabi eng ulug’ insoniy fazilatlar madh etilgan.
«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, bundan
bir necha ming yillar mavjud bo'lgan urf-odatlar, marosimlar, ayniqsa, yigit va
qizlarining bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan o’ta barkamolligi,
dushmanlaiga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan.
Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq irodasi, an’analar, urf-
odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, qilichlashish, kurash, kamondan
o’q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori saviyada madh etilgan. Bunda
dushmanlar bilan mardonavor jang qilishgan yigit va qizlar timsoli
tasvirlanadi. Xalq og’zaki dostonlarida xalq irodasi, yigit-qizlarning
muhabbat, sadoqat, jasur, botir, pahlavon, chavandoz kabi sifatlari o’z
ifodasini topgan. Xalq milliy o’yinlari bir necha yo'nalishlaiga ega bo’lib,
ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko’p
janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan
meros bo’lib kelayotgan qator harakatli o’yinlar va sportga xos o’yinlar ham
juda ko’p. O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi
asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
kamondan o’q otish; qilichbozlik;
kurash (buxoroсha, farg’onacha, xorazmcha usullar);
ot o’yinlari (poyga, olomon poyga, ko’pkari, uloq va h.k.);
kuch sinashish (tosh ko’tarish, arqon tortishish, ot, buqa, tuya
ko’tarish);
dorboz o’yinlari (dor ustidagi mashqlar);
harakatli milliy o’yinlar;
yugurish musobaqalari (batba);
ov qilish (o’rgatilgan qushlar bilan –lochin, burgut va h.k).
Bunday o’yinlarning deyarli barchasi ommaviy bayramlar, musobaqalar
va to’ylarda keng qo’llanilqan. Qadimga manbalar Oks (Amudaryo) va
Yaksart (Sirdaryo) daryolari o’rtasidagi vodiyda ot musobaqalari keng
tarqalgan. So’g’diyona va Baqtriyada kurash, ot poygasi, uloq, dorbozlik juda
ommalashgan.
Milodiy IV-V asrlarda yangi ijtimoiy siyosiy munosabatlar yuzaga kelib,
Xorazm, Farg'ona, Shoshda yangi davlatlar vujudga kelgan. Nafaqat harbiy
yurishlar, balki savdj sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan chavandozlar va
otlar kerak bo’lgan. Bu esa ot musobaqalarining ommalashib ketishiga sabab
bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |