Jismoniy tarbiya va sport tarixi


Yuqori  natijalar  sporti



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/116
Sana11.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#349575
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport tarixi faniga kirish. qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya

Yuqori  natijalar  sporti.
  Yuqori  natijalar  sporti  yoki  katta  sportning 
rivojlanish  dinamikasini  O’zbekiston  terma  jamoalarining  xalqaro  sport 
musobaqalari,  Olimpiya  va  Osiyo  o’yinlaridagi  yutuqlari  asosida  kuzatish 
mumkin. 
O’zbekiston sportchilari 1994 yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida 
o’tkazilgan XVII qishki Olimpiya o’yinlarida mustaqil terma jamoasi sifatida 
ilk  bor  qatnashib,  67  davlat  o’rtasida  14  o’rinni  egalladi.  O’zbekiston  terma 
jamoalarining  xalqaro  sport  musobaqalari,  Olimpiya,  Osiyo,  Paralimpiya  va 
Paraosiyo  o’yinlaridagi  erishgan  natijalarining  qiyosiy  tahlili  shuni 
ko’rsatadiki,  mustaqillikdan  avval  O’zbekistondan  10  ta  yozgi  Olimpiya 
o’yinlarida  59  nafar  sportchi  ishtirok  etgan  bo’lsa,  mustaqillikdan  keyin 
birgina 
Atlanta 
shahrida 
bo’lib 
o’tgan 
Olimpiya 
o’yinlarida  
mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashdi.   
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  sport  har  qaysi  millat,  har 
qaysi  xalqni  dunyoga  tanitishning,  uning  salohiyatini  namoyon  etish,  g‘urur 
va  iftixorini  yuksaltirishning  eng  samarali  va  ta’sirchan  vositasidir.  Bugun 
yurtimizda  jadal  rivojlanayotgan  bolalar  sporti  –  o‘zbek  sportining  kelajagi, 
uning  xalqaro  maydondagi  obro‘-e’tiborini  oshirishning  mustahkam 
poydevoridir.  Shuningdek,  insonning  shaxs  sifatida  kamol  topishida,  unda 
kuchli  iroda,  g‘alabaga  intilish,  qiyinchiliklarni  yengish  ruhini  tarbiyalashda, 


qalbi  va  ongiga  vatanparvarlik,  el-yurtga  sodiqlik,  iftixor  tuyg‘ularini 
singdirishda sportning ahamiyati beqiyos. 
 Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu 
yurtda  yuksak  ma’naviyatli,  jismonan  sog‘lom,  ruhan  tetik,  har   tomonlama 
barkamol  avlodni  yetishtirish  masalasidir.  Davlatimiz  rahbari  “Yuksak 
ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  asarlarida:  “Vatanimizning  kelajagi, 
xalqimizning  ertangi  kuni,  mamlakatimizning  jahon  hamjamiyatidagi  obro‘-
e’tibori  ,avvalambor,  farzandlarimizning  unib-o‘sib,  ulg‘ayib,  qanday  inson 
bo‘lib  hayotga  kirib  borishiga  bog‘liqdir”,–  degan  edilar.  Ana  shu  ezgu-
niyatlarni amalga oshirish yo‘lida qator amaliy ishlar qilinayapti. 
 Bugun  yurtimizda  “Universiada”,  “Barkamol   avlod”,  “Umid  nihollari” 
kabi   o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida  uzluksiz   sport musobaqalarining 
tantanali  ravishda   o‘tkazilib  kelinayotganligi  iqtidorli  va  iste’dodlilar  safini 
 kengaytirish  bilan  birgalikda   shahar  va  qishloqlarimizda   sport  inshootlarini 
ko‘paytirish  imkoniyatini  ham  yaratdi.  O‘zbekiston  Bolalar  sportini 
rivojlantirish  jamg‘armasi  tashkil  etilgandan  buyon  o‘tgan  davr  mobaynida 
mamlakatimizda  qariyb  1500  ta  zamonaviy  bolalar  sporti  obyekti  barpo 
etildi. Yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida sport 
bilan shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011-yilda 34,9 foizgacha, 
jumladan, qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha oshdi. 
Mamlakatimizda 
minglab 
yigit-qizlarimizning 
sport 
bilan 
shug‘ullanayotganliklari  tufayli  ularning  jismoniy  holatiga,  salomatligiga 
ijobiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Jumladan,  2005-2011-yillarda  mutloq  sog‘lom 
bolalar  mamlakat  bo‘yicha  52,7  foizdan  62,9  foizgacha  o‘sdi,  surunkali 
kasalliklarga  chalingan  bolalar  soni  esa   keskin  kamaydi.  O‘g‘il  va  qiz 
bolalarning ortacha bo‘yi va salmog‘i oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan 
yoshlar o‘rtasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham 
bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir. 
2011-yilda  “Bolalarni  asraylik”  xalqaro  tashkiloti  tomonidan  tuzilgan 
jahon  reytingida  O‘zbekiston  bolalar  salomatligini  mustahkamlash  borasida 
katta  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatayotgan  eng  ilg‘or  yetakchi  o‘n  mamlakat  qatoriga 
kiritilgani  yurtimizda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  yo‘lidagi  amaliy  sa’y-
harakatlarning yana bir xalqaro e’tirofidir. 
“Universiada”  yoshlar  uchun  tashkil  qilingan  “Umid  nihollari”  va 
“Barkamol  avlod” musobaqalarining ramziy davomidir. 
“Universiada”  oliy  o‘quv  yurtlari  talabalarining  musobaqalari  o’tgan 
yillar  mobaynida  dastlab  2000  yili  Namanganda  o‘tkazilgan.  Мamlakatimiz 
talaba-yoshlarining  katta  sport  bayramiga  Buxoro  (2002  yil),  Samarqand 
(2004) viloyatlari hamda Toshkent (2007) shahri mezbonlik qilgan edi. 
"Kichik olimpiada"- O’zbekistonda bu bellashuvlarni mehr bilan shunday 
ataydilar.  Mazkur  musobaqa  halarda  har  ikki  yilda  (2004  yildan  boshlab  esa 
har  uch  yilda)  o’tkazilib,  ular  2000  yilda Sidney Olimpiadasi  yilida  tashkil 
etildi.  O’shanda  Universiadaning  gullar  shahri  Namangan  qabul  qilgan  edi. 
O’sha musobaqa halarda 1700 dan ortiq talaba sportchilar ishtirok etgan. Ular 
sportning 9 turi bo’yicha medallar uchun sport musobaqalarida qatnashganlar. 


“Universiada”, “Barkamol  avlod”, “Umid nihollari” sport  musobaqalari 
endi  an'anaga  aylanib,  nafaqat  sportchi  yoshlar  ko’rigi  bo’lib  qoldi,  ular 
O’zbekistonning taraqqiyot sari ishonch bilan bosgan odimlari ifodasidir. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish