О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

15-MAVZU:  
 
GEN MUHANDISLIGI ASOSLARI 
 
REJA: 
1.
 
Gen muhandisligi 
2.
 
Bakteriya klonlari va shtammlarini olish 
3.
 
Transformatsiya va transduksiya hodisasi 
4.
 
Transpozonlar, plazmidlar, restriktazalar haqida tushuncha 
 
1.  Gen  muhandisligi.
  Biologiyada  yangi  yо‘nalish  -  gen  muhandisligining 
paydo  bо‘lishi  1972  yil  Berg  laboratoriyasida  DNKning  rekombinat  molekulasi 
sintez  qilinishi  bilan  bog‘liq.  Buyuk  biologlar  A.A.Bayev,  A.N.Belozerskiy, 
Eyveri,  G.Gamov,  K.Koran,  F.Jakob,  J.Mono,  Bekvist,  Y.A.Ovchinnikov, 
A.S.Spirin,  R.V.Petrov  va  boshqalar  tomonidan  genlarni  ajratish,  о‘simlik, 
bakteriya  va  hayvon  organizmlaridan  DNK  olish,  genetik  kodning  о‘qilishi, 
prokariotlar  genlarining  ekspressiyasi  mexanizmining  ochilishi  kabi  ishlari  gen 
muhandisligining 
rivojlanishida 
katta 
ahamiyatga 
ega 
bо‘ldi. 
Gen 
muhandisligining
 
genlar  ustida  turli  muolajalar  о‘tkazish  ularni  tо‘la  о‘rganish 
asosida  funksional  qismlarga  bо‘lish,  kerakli  joyidan  kesish,  kerak  bо‘lmagan 
qismini olib tashlash, kerak bо‘lgan qismlarini boshqa genlardan yoki sintez yо‘li 
bilan  olib  ulash  va
 
shu  usulda  tayyorlangan  duragay  yoki  rekombinat  genini
 
muvofiq  organizmga  kiritib  (masalan,  odamning  insulin  genini  mikrob  hujayraga 
yoki  sichqonning  о‘sish  garmoni  genini  kalamushga,  zarur  turlarni  yoki 
preparatlarni sintez qilish va hakazo g‘oyalar va texnologiyalarning yig‘indisidir. 
Tirik  organizmlar  irsiy  axborotini  sun’iy  yо‘l  bilan  ma’lum  maqsadga 
muvofiq  о‘zgartirish  jarayoni  genetik  muhandislik  fanining  asosiy  ustqurmasi 
hisoblanadi.  Genetik  muhandislik  hujayra,  xromosoma  va  gen  darajasida  amalga 
oshiriladi. 


94 
 
Hujayra  darajasidagi  genetik  muhandislik  ikki  hujayrani  о‘zaro  qо‘shish 
yо‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xromosoma darajasidagi genetik muhandislik hujayra yadrosiga qо‘shimcha 
xromosomalar kiritish orqali amalga oshiriladi. 
Gen darajasidagi genetik muhandislik yoki gen muhandisligi eng murakkab 
bо‘lib, quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: 
1.  Qimmatli  xо‘jalik  ahamiyati  kasb  etadigan  gen  funksiyasi  orqali  qidirib 
topiladi, ajratib olinadi, klonlanadi va tuzilishi о‘rganiladi. 
2. Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekobinatsiyalanuvchi biror 
fag genomi, transpozon yoki plazmid DNKsi bilan biriktirilib vektor konstruksiya 
yaratiladi. 
3.  Vektor  konstruksiya  transformatsiya  usuli  bilan  hujayraga  kiritiladi  va 
transgen  hujayra  olinadi.  Transgen  hujayradan  sun’iy  ravishda  yetuk  о‘simlik 
о‘stiriladi.  Ushbu  usuldan  foydalanib,  о‘simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlar 
hujayralaridan transgen formalar olish mumkin. 
Gen  muhandisligi  biotexnologiyasining  yutuqlari  sanoat  kо‘lamida  va 
qishloq xо‘jaligida keng qо‘llanilmoqda. 
Antibiotiklar,  aminokislotalar,  vitaminlar  va  gormonlar  ishlab  chiqamoqda, 
nasldor  qoramol  klonlari  yaratilmoqda,  tuproqda  va  suvda  zaharli  pestitsid 
qoldiqlarini  parchalaydigan  mikroorganizmlarni  transgen  shtammalari  olinmoqda, 
atmosfera azotini о‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli 
о‘g‘itlar  bilan  boyitish  muammosi  yechilmoqda,  zararli  hasharotlarga  va  patogen 
mikroorganizmlarga  chidamli,  ekologik  muvozanatni  saqlovchi  transgen  о‘simlik 
navlari  yetishtirilmoqda,  irsiy  kasalliklarga  tezkor  tashxis  qо‘yish  uchun 
diagnostikumlar tayyorlanmoqda, shuningdek, gen terapiya takomillashtirilmoqda. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish