Hujum taktikasi. Hujum o‗yinni hal qiluvchi omildir, ya‘ni muvaffaqiyat ko‗pincha uning
oxirgi natijasiga bog‗liq bo‗ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu
raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to‗p otishda
shaxsiy qarshilikni engishdir. Hozirgi kunda qo‗l to‗pi o‗yini xujumning tez-
tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy qo‗l
75
to‗pi o‗yinida himoyadan hujumga o‗tish tezligi, taktik «kombinatsiya»larni
bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning
bajarilish vaqti qisqardi
.