KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «G‘AROYIB»DIN
322
Ey, deb sifatingda ahli idrok,
Lav loqa la-mo xalaqt-ul-aflok.
Aflok nechukki xoki rohing
Ul yo‘ldaki, ojiz o‘ldi idrok.
Desam aflok erur tufayling
Basdur guvahim hadisi «lav lok».
Tubiy bila shoxi sidra keldi,
Qadring chamanida ikki xoshok.
Kim tutsa shafoating umidi,
Bebokligidin anga ne bok.
Chun shomi urush qaytting bot,
Subh etti yoqani g‘ussadin chok.
Vasfingda ne aytqay Navoiy,
Juz ajz ila uzri mo arafnok.
323
Vah, nedur maydonda har yon azmi javlon aylamak,
Bizga yetkach o‘zga yon ohangi maydon aylamak.
Zulfdin chavgon chekib el boshini go‘y etkali,
Ko‘z yoshimni go‘ydek har sari g‘alton aylamak.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |