QOF HARFINING QIYoMATLARINING QIRONI «G‘AROYIB»DIN
309
Zihe azalda karam aylabon sanga xalloq,
Karim xilqat ichinda makorimi axloq.
Sipehr gunbadini ravshan etkali zoting,
Charog‘ o‘lub, anga qandil arsayi ofoq.
Nujum ko‘zlarini gardi markabing yorutub,
Gaheki sekritibon charx sohatida Buroq.
Rikobing o‘pmagining orzusida oyu kun
Berib Buroqing uchun o‘zlariga shakli chanoq.
Hilolu mehru shihob o‘ldi na’lu dog‘u alif,
Falakka bo‘lg‘ali sendin nasib dardi firoq.
Sipehr har kecha yuz ming ko‘zin nedin yummas,
Visolingga yana bir kecha gar emas mushtoq.
Maqominga yetayin deb Navoiy aylar sayr,
Gahe Ajam bila Nerez, gahe Hijozu Iroq.
310
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |