26-Mavzu: Maktabni boshqarishning va unga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari
Reja:
1.Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
2.Maktabni boshqarishda demokratiyalashtirish.
Tayanch so’z va iboralar
Maktabni ichki rejalashtirish, gimnaziya, lisey, mahoratli o‘qituvchi, zamonaviy fanlar,
o‘qitish vositalari, ko‘rgazmali qurollar
Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
Boshqaruv taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bo‘lgan ichki
xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko‘zlagan holda
demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday boshqaruv
jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga
alohida e‘tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan
harakat va jarayonlarda o‘zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa
sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi
ta‘minlanadi. Quyidagi bosh vazifalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish
jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Pedagogik jarayonning samaradorligi maktab rahbarining boshqaruv vazifalarini sifatli
bajarishlari, ularning faol va uyg‘un hamkorligi bilan bab-barobar belgilanadi, ulardan bir-
birining ahamiyatlarini pasaytirib yuborish muqarrar ravishda butun sistema birligining
buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish ilmiy boshqarish va rahbarlarning markaziy butunligini va asosini reja va
har qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari hamda vazifalari va unga erishish vositalarini
belgilab beradi. Rejaning axamiyati yana shundan iboratki, u pirovard natijada faqat nimaga
erishish kerakligini emas, balki buni qanday uddalash, rejani bajarishning qanday rivodlanish
kerakligini ko‘rsatib bermasligi kerak. Rejalashtirishga faqat kelajak emas, balki o‘tmish,
o‘tmishning tajribasi ham ta‘sir qilar ekan.
Maktab ichki rejalashtirish masalalari ko‘pgina pedagogik olimlarning ishlari bilan
asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini qo‘yilgan maqsadga erishish,
qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi
mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir.
Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga amal
qilmog‘i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va vazifalari, ularning tuzilishi va
mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil etish xususiyatlarini dialektik
birligi va uzaro bog‘liqligini rejalashtirishning boshka boshqaruv vazifalari bilan uzaro
xarakatlarini nazarda tutadi.
Maktab rejalarining xilma-xilligini kupgina belgilariga ko‘ra vaqt bo‘yicha (besh yil
o‘quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga ko‘ra (yozma, grafik detali) tuzilishi birligiga
ko‘ra maktabning ish rejasi, o‘quvchilar tashkilotlari, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, metod
birlashmalarining va ularning o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta‘kidlar ekanmiz,
biz maktab ishini o‘quv yiliga rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga qarab chiqish
bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz.
Maktabni boshqarishni demokratiyalashtirish
Xalq ta‘limi tizimi va maktabni boshqarishning
eng muhim qoidasi-
demokratiyalashtirishdir.
Bu
hakida
xozirgi
mustakillik
davrida
jamiyatni
yanada
demokratiyalashtirish muxim axamiyat kasb etmokda. Shuni aloxida ta‘kidlash lozimki,
xujalikni boshqarish tizimining eng asosiy sharti bulgan demokratik koidaning goyat makbul
shakillarini izlab topishi bugungi muxim va dolzarb muammolardan biridir. Maktablarni
boshqarishda, ayniksa, demokratik akida, konun koidalari nixoyatda muximdir.
Maktabdagi ukitish jarayonida, maktab faoliyatini tartibi va konun koidalariga juda kup
uzgarishlar kiritildi. Bu uzgarishlar xar bitta insonlarning dunyo karashi va bilim doiralarini
kengayish sababidir. Avvalo ukuvchilar bilim olishlari uchun juda xam keng sharoitlar
yaratilgan. Chukurlashtirilgan gimnaziyalar, muzeylar ukuvchilarning bilim doiralarini
chukurlashtirishga keng yul ochib bermokda. Chukurlashtirish - bu avvalo uz ustida ishlash,
izlanish degani demakdir.
Ana shunday gimnaziya va liseylar uchun esa kobiliyatli, bilimli ukuvchilarni saralab,
ularni kelajaklariga poudevor yasashga keng yul kuyildi. Albatta, bu poydevorni bilimdon
mutaxassis ukituvchilar tayyorlaydi. Endi ana shunday ukituvchilarni saralab ular ichidan eng
bilimdonlarini tanlab olish payti yetib keldi. Bu esa ukituvchi va bulajak pedagoglarni uz ustida
tinmay ishlashini talab etadi. Chunki, bunday kobiliyati bilimdon ukituvchilarga talab va extiyoj
juda katta buladi.
Mutsakil Uzbekiston jaxonga yuz tutdi. Shu sababali undagi yashovchilar insonlarning
bilimlari
jixatidan
kengayib
bormokda.
Xozirgi
zamonamizdagi
ukuvchilar
ana
shundaylardandir. Xayot kanchalik oldinga borgan sari ular xam shunchalik kup narsa bilib
olmokdalar va buni ustozlaridan talab etmokdalar. Bu esa ukuvchilarni, ustozlarini dars utish
jarayonini analiz kilib boradi, ularning dars utishi yokmasa, oshkora bilimdon usullarini talab
kilishlari mumkin.
Dars o‘tishda avvalom bor bulgan an‘anaviy reja buyicha dars utish bekor kilindi.
Chunki, ukituvchi sinfga kiradi, utilgan darslarni takrorlaydi. Yangi mavzu utadi, ana shunday
tartibda xar doimgi darslar takrorlanadi. Noan‘anaviy dars utish usuli xar bir maktabga kirib
bormokda.
Mavzuni bolalar ongiga yetkazish, ukuvchini uzini maxoratiga boglik. Maxoratli
ukituvchilarimizdagi uslubiyotilarini ukitish ulardani ilgor tajribalarni almashtirish o‘kuv
jarayonini kengayishiga va mustaxkamlashiga keng yo‘l ochib beradi. Maktablarda maktab
rahbarlarini saylash oshkora ovozga kuyish orkali fikr muloxazalar, takliflar kiritish orkali
amalga oshirilmokda.
Urta, oliy bilim yurtlariga kolaversa, maktbaga kabul kilish va ukitish sharoitlariga test
sinovlari kiritildi.Bu esa avvalgi imtixon va sinovlardan ancha a‘lorok va mukammalrokdir.
Yukorida aytib utganimizdek, maktab direktorlarini saylash xukuki ukituvchilarga beriladi.
Maktabda usib ukitish, bitirayotgan ukuvchilarni yutuk va kamchiliklari maktab jamoasiga
tegishli va axamiyatlidir.
Avvalo maktablarda boshlangich sinflarda turli tipdagi sinflar tashkil etib, ularni sinflar
orkali saralab, iktidorli sinflarga aylantirilmokda. Ota-onalarimiz xam xozirgi kunda
farzandlarimiz istiklol kelajagini yanada mustaxkamlash uchun farzandlariga pullik kurslarga
talab extiyojlari ortmokda. Ularni bu intilishlarini maktab jamoasi e‘tiborga berishga xarakat
kilmokdalar.
Iktidorli ukuvchilarni kelajagini porlok kilish uchun turli xil musobaka, olimpiadalarga
katnashishlarini ta‘minlab, ularning yutuklari uchun bor bilim va tajribalarini ishga solmokdalar,
Ilgor ukiutvchilarni xar xil unvonlarga tavsiya etish, oshkoralik tarzida maktabga mexnati
singan, ilgor, tajribalari katta, keng ommalashtirilgan ukituvchilar tavsiya etilmokda.
Ukuv jarayonida yangi zamonaviy fanlar kiritilmokda. Fan va texnikaning rivojlanish
tarakkiyotiga keng yul ochib berish uchun maktab ukuv jadvalga kompyuter texnikani
urganuvchi fanlar kiritildi.
Odobnoma fanlari esa ukuvchilarni milliy urf odatlarimiz. odob axlokimiz, tarbiyani
mustaxkamlash uchun odobnoma fanlari kiritildi.
Avlod-ajdodlarimiz asarlarini, ularning tarixini ukitish uchun eski yozuv fani xam dars
katorlaridan urin oldi.
Uzbekistonda yuksak chukkiga erishishi, boshka mamlakatlar bilan mustaxkam aloka
urnatishi uchun, boshlangich sinflarga ingliz tili fanlari utkazilmokda.Xammamizga ma‘lumki
2000 yilda jamiyatimiz lotin yozuvi asosida yangidan tiklanadi. Shuning uchun bolalarni lotin
yozuvchiga asoslangan alifbo yordamida ukitish juda keng ommalashtirildi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maktabdagi ukitish jarayoniga xozirda qanday uzgarishlar kiritildi.
2. Maktabdagi ichki rejalashtirish masalalarining moxiyati nimadan iborat
3. Yosh avlodni xar tomonlama yetuk, aklli, bilimli bulib yetishishi uchun qanday ishlarni
oshirish kerak.
27-Mavzu: Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Reja:
1. Pedagogika tarixi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari.
2. Eramizdan oldingi davrda tarixiy manbalarda ta‘lim tarbiya masalalarining aks etishi.
3. «Avesto» eng qadimgi yozma ma‘rifiy yodgorlik sifatida.
Tayanch so’z va iboralar
Arxeologiya, Avesto, Marg‘iyona, Sug‘d, Zardushtnoma, ta‘lim tarixini aks ettiruvchi
manbalar, xalq og‘zaki ijodi, arxeologik qazilma materiallar. qomusiy olimlar asarlari, birinchi
yozuvlarning yuzaga kelishi.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bir necha asr oldin ham yuksak madaniyatga ega
bo‘lgan xalqdir. Bunga turli allomalarimizning yaratgan fan sohasidagi yutuqlari dalolat berib
turibdi.
Chunonchi eramizdan oldingi davrlarda yozilgan va bizgacha yetib kelgan bir necha
asarlari guvoxlik beradi. Jumladan qadimgi grek tarixchisi Gerodotning ―Tarix‖, Strobonning
‖Geografiya‖, Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu lug‘ati turk‖, ―Urhun-Enasoy‖ bitiklari va
boshqalar.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, xislatlari qadimgi
eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan ruhga sig‘inish onimizm,
ajdodlar ruhiga sig‘inish totemizm sehrgarlik kabi diniy e‘tiqodlar va ma‘rosimlar aks etgan
afsonalar rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizni tafakkurini aks ettirgan pedagogika tarixida
manbalarni o‘rganish uch manbaga asoslanganligini ko‘ramiz.
1.Halq og‘zaki ijodi materiallari.
2.Buyuk adiblari allomalarining ijodiy merosi.
3.Arxeologik qazilmalar natijasi topilgan ashyolar.
Turon hududida eramizdan oldingi XI-IX asrlarda paydo bo‘lgan Ahamoniylar, III-asr
o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning I-asrida Kushonlar davlati V-asrda
Eftalitlarning hukmronligi, so‘ngra Sosoniylar va Turk hokonliklarini o‘z ichiga oladi. Tarixchi
pedagoglarning qayd etishicha bu davrdagi insonlarning mexnat faoliyati yosh jihatdan uch
guruhga bo‘lingan.
1. Bolalar va o‘smirlar.
2. Hayot va mehnatda to‘liq ishtirok etuvchilar.
3. Keksalar.
Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi bajaradigan faoliyatida ishtirok etib mehnat qilishga
o‘rganganlar.
Urug‘chilik jamoasi bosqichida tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozishga
o‘rgata boshlaganlar.
Asta-sekin tarbiya tizimi yuzaga kela boshlagan va maktablarda piktografik yozuv
asosida bir-birlarida fikr bildirgan. Atrofdagi mamlakatlar bilan aloqalar natijasida ―Oromiy‖
yozuvi Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin ―Yunon‖ yozuvi joriy qilingan. Insonlarning
o‘z turmush tarzini rivojlantira borib jahon madaniyatiga katta o‘zgarishlar kirita boshlagan.
Jumladan, Xitoyda qog‘oz ixtiro kilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik sistemasi yuzaga
kelishi, Messopotaniyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga
bo‘linishining joriy etilishi, Buyuk ipak yulining ochilishi madaniyatning taraqqiy etishga sabab
bo‘ldi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa kilib Markaziy Osiyo hududida oromiy, yunon alifbosi
asosida eramizning boshlarida Xorazm, Sug‘d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldingi 180-425 taxminiy yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning
―Tarix‖ kitobida satlar, massagetlar forolarning ta‘lim tarbiyaga oid muhim ma‘lumotlar
berilgan. Kitobda berilishicha forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir. Shunga ko‘ra
ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlangan. O‘g‘il bolalar 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat
uchta narsaga: 1.Otda yurishga. 2. Kamondan otish. 3. To‘g‘rilikka o‘rganishdir. O‘g‘il bolalar
hyech qachon ota-onasini bexurmat qilmagan, yolg‘onchilik, qarzdor bo‘lish, sharmandalik
hisoblangan. Xar qanday suvga tupurmaganlar, yuz qo‘llarini maxsus moslashtirilgan joylarda
yuvganlar.
Bu ma‘lumotlardan xulosa kilish mumkinki, ajdodlarimiz farzandlarini
jasoratli, o‘z vatanining ximoyachisi, odob-axlok, tabiatga munosabat xislatlarining ham
shakllantirishga katta e‘tibor berganlar.
Sug‘d yozma yodgorliklari orasida ‖eski xatlar‖ nomi bilan yuritiladigan manbalar
tomonidan aniqlangan qimmatli ma‘lumotlar bor. Bu xatlar eramizning boshlarida sug‘d yozuvi
hakida ma‘lumot beradi.
Shuningdek Yan Di (615-617) elchisi Vey Szi o‘z xisobotida Samarqandda ta‘lim tarbiya
haqida yozadi. Uning fikricha ―Axolisi mohir savdogar o‘g‘il bola 5-yoshga to‘lar ekan, unga
savod o‘rgata boshlaydi. O‘qishni o‘rganishi bilanoq savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar‖.
BoshQa bir Xitoy tarixchisi Syuan-Szin Samarqand aholisining ahloqiy va xulq-odob qoidalariga
rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligi qayd etadilar.
Shuningdek xalq pedagogikasida, ya‘ni qadimgi davrlarda ta‘lim tarbiyaga bog‘lik
ma‘lumotlar xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar,
maqollarda ko‘ramiz.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha yillar oldin yashagan bo‘lib, ular
yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib
o‘tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan
mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik qabilachilik davrlarga kelib, xo‘jalik va
madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz, ota- bobolarimizning boy
qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming
yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi
ulkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Ular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak
– massagetlar, sug‘diyonlar, xorazmiylar, baqtrlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va
elatlar edi. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘p qabila va uruglar bilan birlashib ketgan va
hozirgi Markaziy Osiyo xududidagi xalqlarning ajdodlaridir.
Bu elatlar yashagan xududlarda o‘ziga xos madaniy an‘analar tarkib topa borgan. Masalan,
eramizdan oldingi birinchi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar – Baqtriya va Sug‘diyona,
Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi ulkalarda xalk xo‘jaligining turli sohalarida
rivojlanish bilan birga madaniyat ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu taraqqiyot
eramizdan olidngi IX – VI asrlarda paydo bo‘lgan Axamoniylar xukmronligi, keyinroq
eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek – Baqtriya davlati eramizning I asrida
esa Kushonlar davlati, V asrda Eftalitlar xukmronligi, so‘ngra Sosoniylar imperiyasi va nihoyat,
turk xoqonligi davrlarini o‘z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta‘lim- tarbiyaga oid boy merosi ham kiradi.
Zero, hozirgi turkiy va forsiy – zabon xalqlarining bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik
topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san‘at namoyondalarining ijodiy merosi, san‘at va adabiyot
namunalari buning dalilidir.
Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma‘lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya
haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan Turkiy va forsiy – zabon xalqlarining
«hayot kechirish san‘ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda
bo‘lish namunasi» ifodalangan ma‘anaviy madaniyat yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi
Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshgariyning «Devonu
lug‘otit – turk», Urxun – Enasoy bitiklari va boshqa shu kabi adabiy tarixiy manbalarda
saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida
moddiy va ma‘naviy madaniyat qay darajada katta rol uynaganligidan dalolat beradi. Xullas,
tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta‘sir etgan bo‘lsa, insonning
shakllana borishi ham, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam
bergan. Xullas, insonning o‘z – o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada
bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlaridan boshlab bosqichma
– bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida tula
tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Ma‘lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik
jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e‘tikodlar, oddiy ixtirolarning
takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo‘qldi. Bu jarayon ming-ming
yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bulgan xulq – odob qoidalari tarkib topadi.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu – umidlari, xislatlari qadimgi
eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruxga sig‘inish –
onimizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish – totimizm, sehrgarlik kabi diniy e‘tikodlar va marosimlar aks
etgan afsonalar va rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan ammo
bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sugdlar, parfiyanlar yashagan davrlarga
borib taqaladi.
Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman,
eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko‘ramiz.
1. Xalq og‘zaki ijodi materiallari.
2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.
Ma‘lumki, o‘tmiщda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va
bu jarayon yosh avlodga mehnat kunikma va malakalarni hosil qilishda yordam bergan.
Tarixchilar va tarixchi pedagoglarning ko‘rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh
jihatdan 3 guruhga bo‘lingan:
1) bolalar va o‘smirlar;
2) hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
3) keksalar.
Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib, u hayot
kechirish va mehnat qilishga urgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish,
qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar, ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma‘lum
tayyorgarlikdan so‘ng sinovlardan o‘tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi.
Eramizdan oldin taxminan 484 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi
Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta‘lim - tarbiyaviy
qarashlarga oid muhim ma‘lumotlar berilgan.
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim - shunga ko‘ra ular kapron,
ug‘illariga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podsho ham kimning ug‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili
sovg‘a – salomlar yuborgan. Undan tashqari bolalarning yoshiga ham e‘tibor berishgan. Ug‘il
bolalarning besh yoshdan, yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish,
tug‘rilikka urgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatishmaganlar, u ayollar tarbiyasiga
bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining kayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.
Ug‘il hyech qachon otasini behurmat kilmagan. Ular ota – onaga hurmatsizlikni faqat
nikohsiz to‘g‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb hisoblaganlar.
Bundan tashkari Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik
hisoblangan, deydi… yana ular daryo suviga tupurmaganlar, xatto qo‘l yuvmaganlar. Ular
daryolarni muqaddas sanaganlar.
Yana shu Plutarxning yozishicha, Aleksandr yerli xaltutarga yaqinlashish maqsadida
Makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf – odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. Shu
maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va harbiy san‘atini o‘rgatishga, murabbiylar
tayinlashga buyruk bergan. Keyinchalik yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi eramizdan
oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik
mazmunidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani hakida turli taxminlar mavjud. Jumladan,
sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning fikricha, 1278 yilda Rayd – Zardusht ibn Baxrom iyun Pajdu
degan kishi tomonidan yozilgan «Zardushtnoma» dostonida Avesto va Zindani Zardusht
dunyoga keltirganligi, uning tug‘ilgani va keyingi hayoti haqida kitob ekanligi bayon etiladi:
«ZARDUShTNOMA»
Zardusht ibn Baxrom ibn Pajdu. Dostondan parcha
Men pahlaviy deb atalgan yozuvlar bitilgan Shoxona kitoblardan birini ko‘rdim. U asrab
kelingandir barcha oqillar va ustozlar ustozi, mobidlar mobidida unda olam xadislari, ajdodlar va
shohlar ishlari hakida bitilgan.
Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesto va Zindaning hikoyatlari bitilgan.
Zardusht dini uning hayotligidayok ko‘p o‘lkalarda tarqaladi. Ammo Zardusht vafot
etganidan so‘ng Zardushtiylik dini yanada keng yoyila boshlaydi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning
boshlarida yaratilgan bo‘lib, tuliq kitob xolida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan.
«Avesto» ni o‘rganish tarixi ma‘lum bir jarayonni boshdan kechirgan. Xorij va o‘zbek
olimlari uni har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Biz esa keyingi manbalarga tayanib,
uning ta‘lim – tarbiyaviy tomonlari ustida fikr yuritamiz. Chunki «Avesto»da inson shaxsining
takomilga oid ma‘rifiy fikrlarning ma‘lum bir tizimi ifodalangan. Hatto «Avesto» ni qadimgi
davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma‘rifiy fikrlar to‘plangan dastlabki pedagogik asar deb
hisoblash mumkin. Shuningdek tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta‘kidlash bilan birga
falsafa, siyosat, ta‘lim – tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida
ta‘riflaydilar.
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» ning vatani haqida gapirib uni Ozarbayjonda paydo bulgan
deydi va «Qadimgi xalqlardan kelgan yodgorliklar» asarida Zardushtni soxta paygambarlar
ruyxatida keltiradi. Zardusht dini Xuroson, Fors, Iroq, Musul, Balxtdan tortib, Suriya
yerlarigacha tarqalganini aytadi.
Ozarbayjon olimi M.Rafili esa «Avesto»ni faqat Ozarbayjon adabiyoti ma‘anaviy merosi
deb qaraydi.
Tarixchi olim V.M.Avdiyev esa «Avesto» nomli qadimgi diniy to‘plamning dastlabki qismlari
xuddi shu Markaziy Osiyo xududida vujudga kelgan, deyishga hamma asoslari bor deydi.
Bundan ba‘zi bir rivoyatlar dalolat beradi; bu rivoyatlarda aytilishicha, zora astrizm dinining
birinchi «Muqaddas olovi» Xorazmda yoqilgan. «Avesto» da tasvirlangan «Ayriana Vayjo»
degan mamlakat Xorazm bo‘lishi mumkin, bu mamalakatda Axuramazda Zardushtga ko‘rinish
bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |