1
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AL-ХОRAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVYERSITЕTI
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
Iqtisod guruhi tolibi
MATSAPAEV AZAMATNING
Makroiqtisodiy tahlil fanidan yozgan
MAVZU:
BUYUK BRITANIYANING
IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI
.
Urganch-2016
2
MAVZU: BUYUK BRITANIYANING
IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI.
Rеja:
I.Kirish.
II.Asosiyt qism:
1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.
2. Buyuk Britaniyaning demografik ko’rsatkichlari tahlili.
3. Mamlakatning jahon bozoridagi o’rni va tashqi savdo
ko’rsatkichlari tahlili.
III.Xulosa.
ADABIYOTLAR RO'YHATI
3
Kirish.
Rasmiy nomi – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti –
London.Hududi – 244820 km
2
(Shotland orollari bilan birga).Aholisi – 60.943.912
kishi. Davlat tili – ingliz. Dini – protestantlik (90%).
Pul birligi – funt-sterling.
Evropaning Shimoli g’arbida, Britan orollarida joylashgan davlat. Buyuk
Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya
orolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda Irlandiya bilan chegaradosh, g’arbda
Atlantika okeani, sharqda Shimoliy dengiz, janubi sharqda Buyuk Britaniyani
Evropadan ajratib turadigan La-Mansh bo’g’ozi tutashgan. Angliya hududida Pennin
tog’lari joylashgan. Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepaliklari bor. Asosiy
daryolari: Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning katta qismini tekisliklar
egallagan bo’lib, markazida Britaniyadagi eng yirik ko’l – Lox-Ney. Shmoliy
Irlandiyaning eng baland nuqtasi Muri tog’laridagi Sliv-Donord (852 m) cho’qqisidir.
Shimoliy Irlandiyaning eng yirik daryolari: Foyl, Yuqori Bon va Quyi Bon.
Shotlandiyani uch qismga bo’lish mumkin: shimolda – Xeylands, markazda – Sentral
Loupends va janubda – Sazen Aplends. Shotlansiyaning asosiy daryolari: Kloyd, Tey,
Fors, Tvid, Di va Spey. Ko’p sonli ko’llar orasida Lox-Ness, Lox-Tea, va Lox-
Ketrinlar alohida ajralib turadi. Uels ham Shotlandiya kabi tog’li hudud, biroq tog’lar
by yerda unchalik baland emas. Asosiy tog’ tizmasi Uels markazidagi Kembri
tog’laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. Eng yirik ko’li – Bala.
Iqlimi – yumshoq va nam. Foydali qazilmalaridan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan
neft va gaz konlariga, shuningdek, ko’mir va ohaktosh konlariga egalik qiladi. Buyuk
Britaniyaning 77 % yerlari dehqonchilik uchun yaroqlidir. Angliyaning o’simlik
dunyosi ancha kambag’al, o’rmonlar faqat 4 % hududini egallagan. Hayvonot sunyosida
kiyik, tulki, quyon va bo’rilar ko’plab uchraydi. Qushlardan kaklik, kabutar, qarg’a va
boshqalar ko’p tarqalgan. Ko’llar va daryolarida turli baliqlar ko’p.
4
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.
Davlat tuzilishi – parlamentar monarxiya. Monarx qonun laoyihalarini tasdiqlaydi, titul
va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi
organi – Jamoa palatasi (630 deputat) va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar va diniy
perlar)dan iborat parlament. Oily ijroiya organi – premier-ministr boshchiligidagi
Ministrlar Kabineti. Buyuk Brutaniya ma’muriy jihatdan 4 ta ma’muriy-siyosiy qism
(tarihiy provinsiyalar)dan: Angliya, Uels, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiyalardan tashkil
topgan. Men va Normand orollari ustidan alohida nazorat o’rnatilgan. Buyuk
Britaniyaga qaram hududlar: Angilya, Bermud orollari, Hind okeanidagi Britan
hududlari, Britan Virgin orollari, Kayman orollari, Folklend orollari, Gibratar, Jersi,
Genrsi, Mel oroli, Monserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya
va Janubiy Sandvich orollari, Terks va Kaykos orollari. Qaram hududlar hozirgacha
Buyuk Britaniyaning dengizorti mulklari deb nomlanib, to’liq mustaqil davlat
hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o’z-o’zini idora qilish huquqiga ega bo’lib, o’z
qonunchilik organlariga egadirlar. Asosiy siyosiy partiyalari: Konservatorlar partiyasi,
Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, Shotland milliy partiyasi.
Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat bo’lib, jahondagi sakkizta rivojlangan
davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb
etadi. O’z hududidagi shaxtalarning yopilishi va ko’mir qazib olishning qisqarishi
bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olish ko’paytirilmoqda.
Sanoatning boshqa tarmoqlaridan – transport mashinasozligi, aerokosmik sanoati
(AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o’rinda)da oddiy va harbiy samolyotlar,
vertolyotlar va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq – ovqat sanoati, umumiy
mashinasozlik, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, metall ishlab chiqarish,
sellyuloza-qog’oz sanoat sohalari yuksak taraqqiy etgan. Zamonaviy sanoatning
taraqqiyoti yuksak texnologiyalarning taraqqiy etganligi bilan belgilaydi. Buyuk
Britaniya ilmiy-texnikaviy potensial darajasi bo’yicha Yevropada eng yuqori o’rinni
egallaydi. Mamlakat olimlari olgan nobel mulofatlari soni bo’yicha AQSHdan keyin 2-
o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zahiralarining 12 % i moliya sektorida band.
London jahon moliya markazi – sayyoramizning moliya poytaxti hisoglanadi.
5
Shuningdek, Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham yirik moliyaviy
markazlardir. Ahamiyati bo’yicha 2-o’rinda turadigan soha – turizm. Bu sohada
mehnatga layoqatli aholining 7 % i band bo’lib, yiliga $ 8 mlrd dan oshiq daromad
keltiradi. London dunyoning yirik turistik markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning
qishloq ho’jaligi oziq – ovqat mahsulotlari bilan o’z ehtiyojlarining faqat yarminigina
qoplaydi. Asosiy qishloq xo’jaligining ekinlari: bug’doy, tariq, qandlavlagi, arpa.
Mamlakat chorvachilik sohasiga asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada
zarar etkazdi. Eksporti: sanoat mahsulotlari, yoqilg’i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq –
ovqat. Importi: sanoat mahsulotlari, oziq – ovqat. Buyuk Britaniya ilgo’r mamlakatlar
qatori rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Yevro tunnellarning ochilishi
mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshilaydi. Asosiy portlari: Aberdin,
Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut,
Sautgempton.
Buyuk Britaniya dunyo ekonomiyasida muhim rol o’ynaydi. U dunyoning eng
rivojlangan beshliklar safiga kiradi. Butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 3.1% ini
Buyuk Britaniya ishlab chiqaradi. Tovar va hizmatlarni eksport qilish bo’yicha Buyuk
Britaniyaning hissasi 4.5% ni, import bo’yicha 5.1% ni tashkil qiladi. Mamlakatning
ekonomikasiga mamlakatning 100 yillik rivojlanishidagi hususiyatlari, uning ichki
resurslaridan kelib chiqqan holda va XX asrda tashkil topgan iqtisodiy, sotsial va
siyosiy institutlar mamlakat ekonomikasini rivojlanishida o’z aksini topgan. Hozirgi
kunda Buyuk Britaniya yuksak rivojlangan, kuchli iqtisodiy tomondan mustaqil
davlatdir. Lekin hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishidagi, xalqaro savdo-sotiq va
valyuta sferasidagi, chetga kapital chiqarish, shuningdek, Londonning moliyaviy, tovar
va birja markazi sifatidagi roli saqlanib qolganligiga e’tibor qaratish lozim.
7
1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.
Buyuk Britaniya suv resurslariga judayam boy, yog’ingarchiligi ko’pligi sababli
daryolari to’lib toshadi. Daryolardan eng yirigi Severn (391 km) va Temza (331 km).
Bu daryolar basseynlari bir-biridan ajralgan. Temza daryosining basseynlarida
mamlakatning 1/5 aholisi yashaydi. Mamlakatning quyidagi daryolari tinchroq oqadi.
Ular Pekin tog’laridan boshlanib er osti basseynlariga oqib tushadi. Shotlandiya va
Uelsning tog’li rayonlarida daryolarning boshlanishi balanddan boshlanadi. Shuning
uchun daryo oqimi juda tez, ba’zida qirg’oqlardan ham toshib ketadi. Shimoliy-g’arbiy
Shotlandiya va Uelsning qisqa va tez oqar daryolari elektr energiyasi ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Bu erda 60 dan ortiq gidroelektr stansiyalar qurilgan. Buyuk Britaniyaning
eng yirik daryolari – Temza, Severna, Hambera, Mersi, Klayda va Forta – bular keng
chuqurlashtirilgan to’grilangan buxtalar. Ularda sanoat va dengiz portlari joylashgan.
Suv toshqin vaqtida estuariyaga oqib kiradi. Shining uchun aholi ichimlik suvini yuqori
daryolardan, er osti rezervuarlari va tog’ ko’llaridan oladi.
Buyuk Britaniyaning eng yirik ko’llaridan Lox – Ney (400 kv km ) Shimoliy
Irlandiyada, Shotlandiyada Lon – Lomond va Lox – Nes ko’llaridir. Tog’li
Shotlandiyaning behisob ko’llari turistlarning diqqatini tortadi. Ko’llardan transport
yo’li sifatida ham foydalaniladi. Lox – Nes va Lox – Loxi ko’llari Sharqiy va garbiy
Shotlandiya orasidagi suv yo’lini tashkil qiladi. Manchester ichimlik suvni uzunligi 100
km dan oshiq bo’lgan ikki akverduxdan oladi. Buytuk Britaniyaning tekisliklarida yirik
ko’llar yo’q, lekin u erlarda judayam ko’p suv omborlari mavjud.
Quyi Angliya aholisi uchun er osti rezervuarlari yuqori sifatli ichimlik suvi
manbai bo’lib kelgan. Er maydoni 30 ming kv km bo’lgan eng katta yer osti basseyni
janubi-sharqiy Angliyada joylashgan. Hozirgi vaqtda Angliya va Uelsda ishlatiladigan
suvning 2/5 qismini yer osti rezervarlari beradi.
Buyuk Britaniyaning rivojlanishi va gullab yashnashi uchun undagi mineral resurslar
ko’mir va temir zahiralari ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari qazib
olinadigan qo’rg’oshin va rux, ohak, qum, loy, gips ham bor. Buyuk Britaniya neft,
tabiiy gaz va ko’mir zahiralariga ega. Oldin muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’mir o’z
8
ahamiyatini yo’qotmoqda. Ko’mir qazib chiqarish 1913 yilda 300 mln tonna bo’lgan
bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich uch baravariga qisqardi. Elektro stansiyalar hozirgi
kunda ham ko’mirning ko’p miqdorini ishlatmoqdalar. Shimoliy dengizda topilgan neft
koni neft sanoatini rivojlantirib yubordi.
1975 yildan neft qazib olish yildan-yilga ko’paymoqda. Kuniga o’rta hisobda 2.6
mln barrel neft olinib Buyuk Britaniya neft qazib olish bo’yicha jahonda 6 o’rinni
egallaydi. Buyuk Britaniyaning neft zahiralari 770 mln tonnani tashkil qiladi.
1967 yil tabiiy gaz olinib shaharlarda ko’mir ishlatish sekin-asta gazga
almashindi. Butun mamlakat bo’ylab gaz quvirlari o’tkazildi.
Tabiiy gaz zahiralari 22.7 trln kub futni tashkil qiladi, elektr energiya ishlab
chiqarishida uning hissasi 40 % ni tashkil qiladi. Buyuk Britaniyaning qulay geografik
o’rni xalqaro iqtisodiy aloqalar o’rnatishga imkoniyat yaratadi.
Buyuk Britaniyaning siyosiy-huquqiy tizimi.
Birlashgan qirollik nomiga qaramasdan Buyuk Britaniya federatsiya emas, balki unitary
davlat, parlament monarxiyasidir. Asosiy qonunlar majmuasi sifatida mamlakat yagona
konstitutsiyaga ega emas. Uning qirolligi asrlar osha kelayotgan an’ana va oily sud
organlarining qarorlariga tayanadi. Hokimiyat (1952 yil Elezbetta II qirolicha edi)
qirolicha qo’lida edi, lekin amalda uni yuqori qonun chiqaruvchi organ parlament
boshqarar edi. Parlament 2 palatadan iborat: qirolicha va lordlar. Jamoa palatasi –
umummilliy vakillar yig’ilishi 5 yilda kamida 1marta saylanadi. Lordlar palatasiga
shahzodalar, oliy diniy tabaqadagi zadagonlar, monarx tomonidan umrbod lord tabaqasi
berilgan shaxslar kiradi. Jamoa palatasi tomonidan qabul qilingan har qanday qonun
loyihasi (moliyaviydan tashqari) lordlar palatasi tomonidan 1 yilgacha to’xtatilishi
mumkin.Moliyaviy qonun loyihalari jamoa palatasi ko’rib chiqqandan keyin, qirolicha
tasdiqlagandan keyingina qonunga aylanadi. Qonunlarni bajarish bosh vazir
boshchiligida amalga oshiriladi. Bosh vazirni qirolicha qaysi partiya jamoa palatasidan
ko’p o’rin olsa, shu partiyaning vakilini saylaydi. Amalda butun hokimiyat bosh vazir
qo’li ostidadir. Unga hukmron partiyaning ko’zga ko’ringan vakillari kiradi.
Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini belgilashda yetakchi siyosiy
partiyalardan konservativ va leyboristlar partiyaslari muhim rol o’ynaydi.
9
Konservativ
partiya
monopolistik
burjuaziyaning
yer
mulkdorlarining
va
zadagonlarining manfaatlarini himoya qiladi. Leyboristlar partiyasi ishchilardan va
sotsial-demokratlardan tashkil topadi. Joylardagi muammolarni yechishda o’z-o’zini
boshqarish organlari muhim rol o’ynadi. So’ngi yillarda bu tizim birmuncha o’zgardi.
Shimoliy Irlandiyada 26 ta hududiy boshqarma tashkil topdi. Shuningdek, Angliya va
Uelsda ham o’zini-o’zi boshqarishning kompleks tashkil qilish birmuncha
soddalashtirildi.
Buyuk Britaniyaning xalqaro pul-moliya operatsiyalari
Buyuk Britaniya dunyo bo’yicha moliyaviy etakchilikni qo’ldan boy bermagan holda,
80 yillarda moliyaviy institutlarni tuzilishi va boshqarishda ko’pgina o’zgarishlar ro’y
berdi. Bu o’z navbatida banklar sistemasiga, sugurta sistemasiga, qurilishga, fond
birjalariga, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bozorlariga ta’sir qildi.
Agarda oldin uy-joy qurilishi uchun qurilish tashkilotlari kredit bergan bo’lsa, endi
kreditni banklar va sug’urta kompaniyalari bera boshladi. Bunga bog’liq holda ikkita
o’zgarish sodir bo’ldi. Qurilish tashkilotlari o’zlarining hususiy naqd rul zahiralari,
ko’chmas mulklari bilan banklarga birlashdilar. Qurilish tashkilotlari yer va kapital
qo’yish ishlarida ham qatnashdilar. Bu o’zgarishlarni “Londonning katta sakrashi” deb
atashgan.London xalqaro moliyaviy operatsiyalar markazi sifatida rivojlana boshladi.
Kapitalning kirishi, valyuta ayriboshlash, qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo-sotiq
qilish ancha rivojlandi. Londonga chet el banklarining kirib kelishi ko’paydi.
Raqobatning oshishi va texnika rivojlanishi ayriboshlash va savdo-sotiqni tezlashtirdi.
Natijada bir qancha moliyaviy kompaniyalar tashkil topdi. 80 yillarning ohiriga kelib bu
kompaniyalarning faoliyatini nazorat qiluvchi qonunlar paydo bo’ldi. Barcha kommer
banklar Angliya bankinig nazorati ostidadir. Banklar Angliya va Uelsda banknotalar
ishlab chiqarish huquqiga egadir. Angliya banki aholi bilan ishlaydigan investitsiya,
ipoteka va boshqa chet el banklariga litsenziya bera oladi. Banklar jismoniy shaxslar
bilan, ipoteka banklari, sug’urta banklari, qimmatbaho qog’ozlar bilan ishlaydigan
banklarga ajralib ketdi. Angliya banki foiz stavkalarini ham nazorat qiladi. U chet el
valyuta bozorlariga ham faol aralashadi, shuningdek, funtning mustahkamligini
ta’minlaydi. Funt sterling dunyoning asosiy valyutalaridan biridir. London dunyodagi
10
savdo-sotiq markazlaridan biridir. Aholining ko’p jamg’armalari iqtisodiyotning
rivojlanishiga moliyaviy tashkilotlar orqali yig’iladi. Moliyaviy tashkilotlar pulni
ko’chmas mulk garovga qo’yilgandagina beradilar. Bundan tashqari shuday
kompaniyalar borki, ular jihozlarni, kapitalning qisqa va uzoq muddatli lizing
bozorlarni, shuningdek, fond bozorlarini, innovatsion texnologiya bozorlarini
mablag’lar bilan ta’minlaydilar. Buyuk Britaniyada bir necha moliyaviy bozorlar
mavjud. Qimmatbaho qog’ozlar bozori xalqaro fond birjasidan tashkil topgan.
Valyuta bozoridagi savdo-sotiq depozit sertifikati, qisqa muddatli depozitlarni
o’z ichiga oladi. Boshqa bozorlar evro bilan,vayuta ayriboshlash bilan shug’ullanadilar.
Ko’zga ko’rinmas savdo-sotiqning hissasi (moliyaviy hizmat ko’rsatish uchun to’lovlar
va gonarar, jamg’armalar protsenti, foyda va dividentlar) mamlakatning butun tashqi
foydasining 1/3 dan to yarmigacha oshib boradi.
Regionga investitsiya jalb qilinishining shakllanishi.
XX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya ozining asosiy raqiblaridan ortda
qola boshladi. 50 yillarning boshida Germaniya YaIM ko’rsatkichlari bo’yicha Buyuk
Britaniyani siqib chiqardi. 10 yildan so’ng Yaponiya, Fransiya ortda qoldirdi. 90
yillarda Italiya Buyuk Britaniya ko’rsatkichlariga tenglashdi.
O’tgan asr oxiriga kelib Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Fransiya, Germaniya
sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha ham Buyuk Britaniyadan ilgarilab ketdilar. YaIM ning
Evropadagi o’shishi 3.4 % ni tashkil qiladi, bu ko’rsatkich Buyuk Britaniyada 0.4 %
dan ko’p demakdir.2000 yilga kelib intensiv o’shish kamaydi. Mamlakatning budjetini
olib qarasak, davlat harajatlarining iqtisodiyotidagi davlat sektorini yoki davlatning
zayo’mga bo’lgan ehtiyojini lamaytirishdan iborat. 1997 yil iyulda budjet defitsitining
qisqartirilish to’g’risida besh yillik reja e’lon qilindi.
2006 yilda mamlakatning moliyaviy ministri Gordon Braun parlamentga 1997
yildan beri Buyuk Britaniya iqtisodiy o’shishi 2006 yilda 2 % dan 2.5 % gacha, YaIM
o’shishi esa yana 0.75 % ga o’shishini aytdi. Yangi Buyuk Britaniya budjetida maktab
ta’limi va tibbiiy muassasalarga sarf harajat ko’payishi nazarda tutilgan. Gordon Braun
sigaret, pivo, vino, soliqlarini va yengil avtomobillarning yo’l uchun to’lovni oshirishni
taklif qilgan. 1992 yil Buyuk Britaniyada to’lov balanslarining salbiy tomonlari
11
kuzatildi. Buning sababi milliy bozorlarga chet el sarmoyalarining kirib kelishidir. Bu
to’qimachilik, poyabzal va qog’oz ishlab chiqarsh sanoatida kuzatildi.
Milliy valyuta qursining pasayishini kutib chetdan tovar olib keluvchilar
to’lovlarni tezlashtirishni, chetga tovar eksport qiluvchilar iloji boricha ajratilgan pulni
kechiktirib olishga harakat qiladilar.
Anglya banki pul kredit siyosati qo’mita a’zosi Stiven Nikel 2005 yilning Buyuk
Britaniya to’lov balanslari shu yil defitsitning o’shishiga qaramasdan ma’qullangan.
Shuningdek, o’tgan 2004 yil ko’pgina chet el raqobatchi kompaniyalari Buyuk
Britaniya komponiyalarini sindirib yubordilar. O’z ma’ruzasida Nikel 2005 yil joriy
hisob to’lov balanslari defitsiti 31.9 mlrd funt sterlingni yoki YaIMning 2.5 % ini
tashkil qildi va oxirgi 20 yildagi ko’rsatkichdan 0.5 % ga ko’tarilgan.
Buyuk
Britaniya
Evropadan
ajralib
turganligiga
qaramasdan
xalqaro
munosabatlarning rivojlanishi uchun barcha sharoyitlar mavjud. Mamlakatda muhim
resurslarni o’zlashtirilishi bank tizimining rivojlanishi horijiy ishchi kuchlarining jalb
qilinishi uchun barcha shart sharoyitlar yaratilgan. Keyingi 10 yildagi Buyuk Britaniya
iqtisodiyotining barqaror o’shishi – mamlakatni investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini
ko’paytirmoqda. Buyuk Britaniya xalqaro ahvoliga nisbatan milliy ekonomika sal
kuchsizroq. Xuddi boshqa mamlakatlardagidek u inflatsiya, aholining qarishi kabi
muammolarga duch keladi. Shuning uchun hukumat bank tizimiga yangi standartlar, pul
kredit va budjet siyosatida reformalar o’tkazish tarafdori.
Buyuk Britaniya ichki savdo – sotiq muammolari.
Tovarlar harakati milliy korxonalarning boshqa davlat hududidagi joylashishiga ham
bog’liq. XX asr oxiriga kelib neft narxlarining keskin oshib ketishi va uning eksport
qilishdagi hissasi 1999 yil 86 % ga oshib ketdi. Vaholangki, bu 1980 yilda 70 % ni
tashkil qilar edi. Shu yili mashina va transport vositalarini eksport qilish 48 % ni tashkil
etgan. Oxirgi 5 yillikda Buyuk Britaniyada aerakosmik, kinyo, elektr sanoati eksporti
hissasi ko’paydi, to’qimachilik sanoati hissasi esa birmuncha kamaydi. Xalqaro savdo
markazining ma’lumotlariga qaraganda 2004 yilda Buyuk Britaniya jahon bozoriga
aviatsiya jihozlarini etkazib beruvchi eng yirik tovar etkazib beruvchi bo’lgan. (dunyo
eksportida uning hissasi – 27 %), turboreaktiv dvigatellar (27 %), kemasozlik jihozlari
12
(26 %), san’at asarlari (37 %), spirtli ichimliklar (36 %), kitoblar (17 %), brilliantlar
(14%) eksport qilingan.Shu bilan birga mamlakatga aviatsion dvigatellar (13 %),
samolyotlar (12 %), avtomobillar (8 %),television kameralar (7 %), informatsiyani
qayta ishlash qurilmalari (7 %) import qilingan. Bundan tashqari Buyuk Britaniya vino
(21 % umumiy import hisobidan), olmos (12 %), zargarlik buyumlari (11 %) va san’at
asarlari import qiladi.Elektron hisoblash texnikasining 90 % i chetga chiqariladi.
Sanoatning 70 % mahsuloti eksportga ketadi. Yuqori eksport mahsulotlariga
traktorsozlik mahsulotlari, to’qimachilik va tog’ shaxta mahsulotlari kiradi. Buyuk
Britaniya qurol eksport qilish bo’yicha 1 o’rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport
tizimidagi o’zgarishlar uning geografik yo’nalishida ham o’zgarishlarga olib keladi.
G’arbiy Evropa eksportidagi hissasi 63 %, 2005 yil 48 %, 1999 yil
EC
hissasi 59 % ni
tashkil qilgan. Bu regiondagi import hajmi 54 % ga etdi. Buyuk Britaniya tovar eksport
hajmi bo’yicha 5- o’rinni, oxirgi 5 yillikda import bo’yicha 3-o’rinni egallaydi. Xalqaro
ishlab chiqarish jarayonida Buyuk Britaniya hissasi Trans milliy korparatsiyalat (2000
yil 5000 ta TMK dan 146 tasi) mamlakatning jahon savdosidagi investitsiyasi hissasidan
2.5 marta ko’p. XX ast davomida investitsiya tizimi ham o’zgargan. Qayta ishlash
sanoatidagi hissasi 2/3 ga etgan. 15 ta etakchi TMKlardan 4 tasi Buyuk Britaniyaga
qarashli.Buyuk Britaniya ko’rsatkichlariga qaraganda u Amerika Qo’shma Shtatlari
bilan raqobat qilishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |