17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari
bilan hamkorligi va istiqbollari
O’zbekiston Respublikasi va ETTB ning o’zaro hamkorlik aloqalari 1992 yil
30 aprelda boshlandi. 1993 yildan mamlakatimiz ETTB ning to’laqonli a’zosi va
aktsioneri bo’ldi. O’zbekiston ETTB ning hamkorlikdagi aloqalarini rivojlanishga
quyidagi holatlarni ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. 1993 yil Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi chog’ida ETTB ning
shtab – kvartirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
yo’nalishiga 60 mln dollar hisobidagi birinchi kelishuv imzolandi. 1994 yil
Toshkentda ETTB ning vakolatxonasi ochildi va shu yilning 10 yanvarida ETTB
O’zbekistonda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun majburiy
garovni bekor qildi. Bu esa, ikki tomonlama hamkorlikning yanada ishonchli tusga
kirganidan xabar beradi. 2002 yilning yakunida ETTB Prezidenti Jan Lemerani
yurtimizga rasmiy tashrifi ETTB va O’zbekiston o’rtasida 2003 yil 4 martdan
strategik hamkorlik boshlanishiga sabab bo’ldi.
ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar O’zbekistonda asosan paxta va
neftni qayta ishlash, qurilish, tekstil va tog’kon sanoati, temir yo’l transporti, bank
sektori va qimmatbaxo qog’ozlar bozori sohalariga yo’naltirilgan. Bundan tashqari
bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, turizm va energetikani rivojlanishida
faol ishtirok etmoqda.
ETTB ning 60 mln dollar qiymatidagi birinchi kredit liniyani kichik biznesni
qo’llab quvvatlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki orqali
amalga oshirildi. Ushbu kredit liniyasi orqali umumiy qiymati 96,47 mln dollarlik
21 ta loyixa 1996 yil nihoyasiga etdi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi omillardan biri, bozorda
sog’lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2002 yilning 7 –
9 avgust kunlari Evropa tiklanish taraqqiyot banki, Jaxon tiklanish va taraqqiyot
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida
O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari va telekommunikatsiya sohasidagi
qonunchilik xolati bo’yicha “aylana stol” tashkil etildi.
1995 – 1996 yillarda bevosita ETTB ishtiroki bilan O’zbekistonda
“O’zbeklizing Interneyshnl” lizing kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu loyihaga
ETTB 0,9 mln.dollar kompaniya ustav kapitalining 15 % ni yo’naltirdi.
ETTB Yaponiya xukumati bilan kelishgan holda O’zbekistonda BAS
dasturini amalga oshirdi. Dastur maqsadi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan
maxsulotlarni sertifikatlashtirish va tashqi bozorga olib chiqishdan iborat. Bu
dastur bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 10 ta davlatda amal qilib,
eksport korxonalarining sertifikatlashtirish bilan bog’liq 50 % harajatlarini
qoplaydi.
Osiy taraqqiyot banki (OTB)ning asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani
mintaqasidagi
mamlakatlarga
iqtisodiy
hamda
ijtimoiy
rivojlanishda
ko’maklashish, iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish,
inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan iqlim o’zgarishi
bilan bog’liq masalalarni hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966 yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta
moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega 67 ta davlat, jumladan, Osiyo – Tinch
okeani mintaqasining 48 ta, Evropaning sanoati rivojlangan qator mamlakatlari,
shuningdek, Kanada va AQSh mazkur bankning a’zolari hisoblanadi. Bank
rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikka oid loyihalarni moliyalashtirish hamda
ushbu sohalarda texnik ko’mak berish bilan birga aholining milliy salohiyati va
turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan, puxta o’ylangan ijtimoiy – iqtisodiy
siyosatni amalga oshirayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatishga alohida e’tibor
qaratmoqda.
2007 – 2008 yillar davomida Markaziy osiyo davlatlariga qilingan
ajratmalar to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadvaldan
olishimiz mumkin
69
. mln.evro
№ Mamlakatlar
2007 yil
2008 yil
1991 – 2008 yillarda
41.
Qirg’iziston
12
12
165
42.
Mongoliya
34
51
102
43.
Tojikiston
26
35
96
44.
Turkmaniston
3
10
123
45.
O’zbekiston
15
33
545
Jami
90
141
1031
OTBning O’zbekiston bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi bunga
yorqin misol bo’la oladi. Mamlakatimiz 1995 yildan buyon ushbu yirik xalqaro
moliya tashkilotining teng huquqli a’zosidir.
1996 yildan OTB ning loyixalari O’zbekiston xududida transport, energetika,
suv ta’minoti, moliya va ta’lim sohalarida amal qilmoqda. Bugungi kunga qadar
OTB tomonidan ajratilagn 1,29 mlrd dollar qiymatidagi qarz mablag’lar va 40,83
mln dollar grant mablag’i texnik yordam dasturi doirasida amal qilmoqda.
70
Ushbu
resurslarning 27 % qishloq xo’jaligi, 23 % ta’lim, 21 % transport va 15 % suv
ta’minotida o’zlashtirilmoqda. Bozor munosabatlarida mikromoliyalash tizimini
rivojlantirish muxim rivojlanish omil bo’lib hisoblanadi. Shu maqsadda 2008
yildan O’zbekistonda OTB ning ikki bosqichli loyihasi amal qila boshladi.
Loyihaga asosan ushbu sohani rivojlantirish uchun 2008 yilda 137,4 mln dollar,
2009 yilda 125,9 mln dollar ajratildi.
Shu bilan birga, qiymati 300 million AQSh dollarlik “Suv ta’minoti va
kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi” 2009 yildan amalga
oshirilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shunday loyihani
amalga oshirish doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 170 ta aholi
punktida quvurlar o’tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.
OTB Boshqaruvchilar kengashining 43 – yillik majlisida OTB Prezidenti
Xaruxiko Kuroda va Jaxon bojxona tashkilotini bosh kotibi Kunio Mikuriya
tomonidan Osiyo – Tinch okeani xududida strategik hamkorlikni ta’minlash
maqsadida memorandumi imzolandi. Memorandumning asosiy maqsadi xalqaro
savdoni rivojlantirishdan iborat.
Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki prezidenti O’zbekiston rahbariyatiga
OTBning Toshkentdagi forumi yuksak saviyada tashkil qilingani va uni
o’tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko’rilgani hamda tadbirning samarali o’tishiga
yordam bergani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. OTB Boshqaruvchilar
kengashining bu yilgi majlisida Osiyo – Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining
jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidan samarali chiqishi va inqirozdan keyingi
rivojlanishi bilan bog’liq qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan dolzarb
69
www.imf.org
ETTB ning 2008 yillik xisobotidan
70
www.adb.org
OTB ning 2009 yillik xisobotidan
masalalar ko’rib chiqildi. Shu maqsadda mintaqaning iqtisodiy barqarorligini
oshirish, uning global iqtisodiy boshqaruvga, mintaqaviy integratsiyani
kengaytirishga hissa qo’shishi uchun zarur choralarni ko’rish lozimligi hamda bu
jarayonlar OTB tomonidan bundan keyin ham qo’llab – quvvatlanishi ta’kidlandi.
OTB tomonidan ishlab chiqilgan "Strategiya – 2020" aynan ushbu masalalarni hal
etishga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga bevosita daxldor bo’lgan iqlim
o’zgarishi oqibatlarini yumshatish va quyosh energiyasidan yanada keng
foydalanish majlisda ko’rib chiqilgan muhim masalalar sirasidandir.
OTBning O’zbekistondagi eng yirik loyihalaridan biri kredit uyushmalarini
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, bugungi kunda OTBning ushbu
loyihasi natijasida 100 ta kredit uyushmasi depozitida 88 mln AQSh dollarga va
107 mln AQSh dollar kredit portfeliga ega bo’lgan 141000 ta a’zoni birlashtirdi.
Bu esa o’z navbatida milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |