Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar


Mehmonxona xo‘jaligining asosiy xizmatlari



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/185
Sana11.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#348485
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185
Bog'liq
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar

Mehmonxona xo‘jaligining asosiy xizmatlari 
Xizmat turi 
Mazmuni 
Nomerlarni boshqarish  
Nomеrlar  bеrish  va  shu  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
xizmatlarni 
ko‘rsatish, 
masalan, 
bronlash, 
mehmonlarni  kutib  olish,  qayd  qilish,  joylashtirish, 
to‘lovlarni  qayd  qilish,  hujjatlarni  tayyorlash, 
nomerlarda  sanitariya  holatini  nazorat  qilish  va 
boshqalar.
 
Ma’muriyat faoliyati 
 Mehmonxonani  boshqarish  uchun  bajariladigan 
barcha  biznes  jarayonlarni  qamrab  oladi,  masalan, 
kadrlarni boshqarish, moliyaviy masalalarni yechish, 
bo‘limlar  orasidagi  munosabatlarni  yo‘lga  qo‘yish, 
nazorat funksiyalarini bajarish va h.k.   Asosan ushbu 
xizmat  menejerlar,  buxgalteriya,  kadrlar  bo‘limi  va 
boshqa bo‘limlarni qamrab oladi.  
Tijorat xizmatlari 
Asosan marketing bo‘limi bilan bog‘lik faoliyat turi 
bo‘lib,  bozorni  o‘rganish,  reklamalarni  amalga 
oshirish,  matbuot  va  boshqa  xizmatlarni  qamrab 
oladi.  Ushbu  xizmatlarning  asosiy  maqsadi  –  bu 
mehmonxona  mahsulotini  bozorga  chiqarish  va 
yangi xizmat turlarini ishlab chiqish. 
Ovqatlanishni 
tashkillashtirish 
Ushbu  xizmatga  restoran,  bar,  buffet,  tezkor 
ovqatlanish  shaxobchalari  va  boshqalar  kiradi.  Bu 
yerda bajariladigan faoliyat mehmonxonaning asosiy 
xizmat turining tarkibida bo‘ladi.   
Texnikaviy    va  kommuni-
katsiya xizmatlari   
Suv,  gaz  va  boshqa  texnik  ta’minotlarni  ishini 
ta’minlab turadi.  
Qo‘shimcha  va  yordamchi 
faoliyat xizmatlari 
Bu  yerda  mijozlarga  qo‘shimcha  pulli  xizmatlar 
taklif  qilinadi,  masalan,  sartaroshxona,  sportzal  va 
boshqalar.  
 


 
91 
Ushbu  xizmatlar,  ya’ni  nomerlarni  boshqarish,  ovqatlanish  xizmatlari  va 
qo‘shimcha  xizmatlar  bevosita  yaxlit  bir  butunni  tashkil  etadi,  bir-biri  bilan 
bog‘lanadi va korxona qiyofasini shakllantiradi. 
 
Mehmonxona  xo‘jaligi  faoliyatini  tashkillashtirish  va  uni  jahon  talablariga 
binoan    samarali  boshqarish  uchun  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari  talab 
etiladi.    
 
Mehmonxonalarni  boshqarishda  quyidagi  tizimlar  qo‘llaniladi:  PMS  – 
integrallashgan boshqaruv tizimi; CRS – markazlashtirilgan bandlash tizimi; GDS 
– global bronlash tizimi. 
 
Ilk 
bor 
mehmonxonani 
avtomatlashtirishda 
1960-yillarda 
Hilton, 
InterContinental  va  Sheraton  kompaniyalari  IBM  bilan  birgalikda  HIS  tizimini 
(Hotel  Information  Systems)  ishlab  chishgan.     Hozirgi kungacha ushbu tizimdan 
foydalanish davom etmoqda va “IBM iSeries uchun epitome PMS” . 
 
1980-yllardan PMS ( Property Management Systems) tizimi keng joriy etila 
boshlandi. Ushbu tizim shaxsiy kompyuterlardan tashkil topgan lokal tarmoqlarga 
mo‘ljallangan  va quyidagi masalalarni yechishga qaratilgan: nomerlarni bandlash, 
mehmolarni joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish va 
zaruriy  hujjatlarni  chop  etish,  nomerlar  fondining  holatini  nazorat  qilish, 
shartnomalarni  bajarilishini  kuzatib  borish,  boshqa  firmalar  bilan  hisob-kitoblarni 
bajarish,  tezkor  hisobotlarni  shakllantirish,  statistik  ma’lumotlarni  tahlil  qilish  va 
boshqalar.  PMS  tizimining  tarkibi  mehmonxona  sikli  tushunchasi  bilan  bog‘lik, 
ya’ni  mijozni  mehmonxona  bilan  bog‘lanish  vaqtidan  boshlab,  uni 
mehmonxonadan chiqib ketishigacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi. 
 
Hozirgi  kunda  PMS  tizimining  har  xil  tarkibiy  qismlari  ishlab  chiqilgan, 
lekin asosan quyidagi to‘rtta dasturiy moduli mavjud: 
1.
 
Bronlash moduli. 
Mehmonxona  nomerlarini  bronlash  funksiyasini  bajarishga  qaratilgan. 
Ma’lumotlar  kompyuter  tarmog‘i  bo‘yicha  yetkaziladi  va  monitorda  tasvirlanadi. 
Ushbu modul global bronlash tizimiga ham ulanishi mumkin.    
2.
 
Nomerlar fondini boshqarish moduli. 


 
92 
Mehmonxona  nomerlari  haqidagi  ma’lumotlarni  xotirada  saqlaydi  va  ularning 
yuklanishini nazorat qiladi.  Shu bilan birga nomer bilan bog‘lik ishlarni, masalan, 
tozalash ishlarini, bajarilishini nazorat qiladi.   
3.
 
Mijozlar bilan hisob-kitobni bajarish moduli. 
Mijozlar  bilan  bajariladigan  hisob-kitob  ishlarini  olib  borishga  qaratilgan. 
Shu bilan birga tungi audit jarayonini ham bajaradi. Tizim  mijozlarga beriladigan 
imtiyozlarni yoki kreditlar bilan bog‘lik ishlar nazoratini olib boradi.  
4.
 
Umumiy boshqaruv moduli. 
To‘plangan ma’lumotlar bazasiga asoslangan holda rahbariyat uchun zaruriy 
axborotlarni har xil kesimda hisobotlar shaklida taqdim etish imkonini beradi.  
Mehmonxona 
xo‘aligini 
boshqarishga 
qaratilgan 
quyidagi 
avtomatlashtirilgan tizimlar hozirgi kunda keng tarqalgan: Fidelio, Lodging Touch 
LIBICA  –  epitome  PMS,  Edelweiss,  Opera  Enterprise  Solution,  Intellect  Style, 
ORAK Hotel, Cenium, Kei-Hotel va boshqalar. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish