P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Xarakterning  mustaqilligi



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Xarakterning  mustaqilligi

Kishida  muayyan  darajada  namoyon  boMadigan  mustaqillik  shaxs­

ning  iroda  bilan bog'liq  boMgan  individual  xususiyatlariga  kiradi.

Bunday  xarakter  xislatlari:  tashabbuskorlik,  tanqidiy  qarash  va 

mas’uliyat  his qilishdan  iboratdir.

Tashabbuskorlik 

—  xarakterning  qimmatli  xislati  boMib,  bu  xislat 

ko‘pchilik kishilarda  ommaviy  tus  olgandir.

Tashabbuskor odam o'zining shaxsiy hayotida ham,  ijtimoiy faoliyat­

larida ham sharoitni, qo'yilgan talablarni ustalik bilan hisobga olib, o'rtaga 

yangi  vazifalar  qo'yadi,  qo'yilgan  vazifalarni  hal  etish  yoMlarini,  vosita­

larini  topadi  va  bu  vazifalarni  bajarishda  o'zi  ham  faol  ishtirok  etadi. 

Tashabbuskor odam jamoa  mehnatda davlat  reja va topshiriqlarini  amal­

ga oshirishning eng samarali vosita va yo'llarini qidirib topadi, musobaqalar 

tashkil  etadi,  orqada  qoluvchilarga yordam beradi. Tashabbuskor kishilar

— faol  kishilardir,  ular novatorlardir.

Kishidagi  tanqidiy ko'z  bilan qarash xislati boshqalarning aytgan  fikr 

va  mulohazalarini  diqqat-e’tibor  bilan  tekshirib  ko'ra  bilish  qobiliyatida 

namoyon bo'ladi. Shunday xislatga ega bo'lgan odam boshqa kishilarning 

fikrlariga,  qarashlariga,  bergan  maslahatlariga  e’tibor  bilan  quloq  solib 

ularning hammasini  u,  muayyan tamoyillar nuqtayi  nazaridan,  yaxshilab 

o'ylab  ko'radi,  ijobiylarini  qabul  qiladi  va  foydalanadi,  noma’qul,  salbiy, 

foydasi  bo'lmaganlarini  asosli  ravishda  rad  qiladi.  Shunday  xislatga  ega 

bo'lgan  kishi  boshqa  odamlar  aytadigan  fikr  va  mulohazalarning  ham­

masini  dunyoqarash  va  axloq  tamoyillariga  tayanib  tekshirib  chiqadi  va 

ma’qullarini  tanlab  oladi.

Mas’uliyat  his  qilish  shu  odamning  mustaqilligini  ko'rsatuvchi  tipik 

xarakter xislatidir.  Mustaqil  odam topshiriq yoki  o'z  tashabbusi  bilan qi­

linayotgan  ish uchun  mas’uliyatni dadillik bilan ustiga oladi va boshlagan 

ishni  oxiriga  yetkazadi.  U  hamma  vaqt  adolatli  tanqidni  qabul  qilishga, 

o'z  xatosini  bo'yniga  olishga  va  uni  tuzatishga tayyor turadi.

O'z-o'ziga  tanqidiy  qaraydigan  kishi  doimo  o'zida  mas’uliyatni  his 

qiladi  va  unga  beparvolik  yotdir.  U  erishgan  narsasi  to'g'risida  emas, 

balki  erishmagan  narsasi  haqida  ko'proq  o'ylaydi,  u  uchun  muvaffaqiyat 

kelgusidagi  ishga  rag'bat  stimuliginadir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tashabbuskorlikning,  tanqidiy  qarashning  boMmasligi,  o‘z  xatti-ha- 

rakatlarida mas’uliyat sezmaslik kishidagi mustaqilsizlikning alomati, undagi 

xarakterning  bo'shligini  ko'rsatadi.

Mustaqil  bo'lmagan odam hamisha sustkash bo'lib, hammadan orqa- 

da  qolib  yuradi,  o'zining to'mtoqligi  bilan  ajralib turadi.  Bunday odam­

lar, odatda, o'z ishidagi muvaffaqiyatsizlikning sababini o'zidan qidirmay, 

obyektiv  sharoitga  to'nkaydilar.  Ular  boshqalar  tomonidan  qilinadigan 

tanqidni  qabul  qilmaydilar va o'z  xato  hamda  muvaffaqiyatsizliklarining 

gunohkori  deb  boshqalarni  hisoblaydilar.

Kishining  intizomlilik  tariqasida  namoyon  bo'ladigan  xarakter xislati 

jamiyat  talablariga  ongli  va  ixtiyoriy  ravishda  bo'ysunishda  ifodalanadi. 

Jumladan,  intizomlilik  belgilangan  tartib-intizomlarga  aniq  rioya  qilish­

da,  o'z burchiga sadoqatli bo'lish bilan biiga bergan va’dalarini  vijdonan 

bajarishda  ifodalanadi.

Intizomli  odamga  mustaqillik,  tashabbuskorlik,  ishchanlik va  shu  bilan 

bir vaqtda jamiyat  manfaatiga va axloq tamoyillariga bo'ysuna bilishlik xos­

dir.  Belgilangan qoida va axloqiy tamoyillaiga bo'ysunmaydigan mustaqillik 

esa shaxsning o'zboshimchalik,  o'zbilarmonlik, adabsizlik va ba’zan axloqiy 

jihatdan chetga chiqib ketish singari salbiy sifatlarida namoyon bo'ladi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish