tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi.
boMinadi.
ovoz chiqarib aytiladi. Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qi-
ichki nutqni odamning o‘z-o‘zi bilan va o'zicha gaplashuvi deyish mum
kin. Lekin ba’zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gapla-
shish yoki munozara qilish tarzida ham sodir boiadi.
Sintaksis tuzilishi jihatidan ko'pincha ichki nutq qisqartirilgan, boiak-
boiak gaplardan iborat boiadi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim
boiaklarigina, asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o'z-
o'ziga» aytiladi). Ichki nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham
o'zining shu xususiyatini saqlab qoladi. Masalan, poyezddan kechga qol
gan yoiovchi vokzalga yaqinlasha turib soatga qaraydi va shu onning
o'zidayoq, o'ziga kerakli poyezdning ketgan yoki ketmaganligini o'zicha
hal qilib, o‘z fikrini ovoz chiqarib aytilgan: «Eh, ketib qolibdi-уа!» degan
so‘z bilan ifodalab yuboradi. Bunda faqat kesimning o‘zigina ifodalanadi.
Lekin shu kishining ichki nutqida (ichida, o‘z-o‘zicha nutqida), albatta,
gapning boiaklari, boshqa so'zlar ham boiadi, faqat gapning shu boiaklari
unchalik shakllanmagan boiadi, shu sababli, gapning shakllanmagan shu
boiaklari darhol tashqariga chiqmaydi, eshittirilib aytila qolmaydi. Bu
holda faqat birgina kesim bilan aytilgan fikr poyezdga xuddi shu kishidek
shoshilib kelayotgan va mana shunday shubhaga tushib qolgan boshqa
kishilargagina tushunarli boiadi. Ichki nutqning toiiq boimasligiga, boiak-
boiak boiishiga sabab shuki, tafakkur obyekti va shu tafakkur sodir
boiayotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining o'ziga ravshandir va toiiq gap
bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq tafakkur obyektida tasdiqlana-
digan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to'xtaladi.
Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o'tadi. Bunda tafakkur jara-
yonlarining o'zi ixtiyoriy ravishda, maium kuch sarflash yoii bilan ham
borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam
bergan ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o'z-o'zicha maydonga chiqadi de
yish mumkin. Ichki nutq dialog shaklida sodir boigan hollardagina ixti-
yoriylik momentlari paydo boiadi. Bunday hollarda ichki nutq o'zining
sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi.
Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda tovushlarning artikulatsiya-
si ko'zga ko'rinmaydi. I.M. Sechenov buni quyidagicha tasvirlaydi: «Men
fikr qilayotganimda juda ko'p vaqt og'zimni ochmay va yopib turib, ga-
piraveraman, ya’ni og'iz bo'shlig'idagi til muskullari harakat qilaveradi.
Biror fikrni, asosan boshqalarga uqtirmoqchi boiib, ifodalashga uringan
hollarning hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman»
(Избранные философские и психологические произведения,
Gospolitizdat, 1947, 142-bet).
Ichki nutqning ko'zga ko'rinmaydigan mana shunday artikulatsiyasi
borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo'l bilan isbotlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi