P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

chuqur tafakkur

 

deyiladi.



Tafakkurning  mazmundorligi  (boyligi va chuqurligi)  odamning faoli- 

yatiga,  bilimiga  va  tajribasiga,  odamda  xayolning  qay  darajada  rivojlan- 

ganligiga va  odamda qiziqish,  havaslarning borligiga bog'liqdir.

Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan cham­

barchas  bog'langan,  voqelikning  eng  ko'p  sohalarini  o'z  ichiga  olgan, 

hozirgi vaqti,  uzoq o'tmishni va uzoq kelajakni o'z ichiga olgan tafakkur­

ni  biz  keng  tafakkur deb  hisoblaymiz.  Tafakkuri  keng bo'lgan  kishilami 

odatda  biz  aqli  keng,  saviyasi  baland  va  nazar doirasi  keng  kishilar deb, 

xilma-xil  ma’lumotli kishilar deb ataymiz.  Keng tafakkur ba’zan unchalik 

chuqur  bo'lmasligi,  yuzaki  bo'lishi  mumkin.  Shunday  odamlar  ham 

bo'ladiki,  ular hamma narsa to'g'risida fikr yuritaveradilar,  lekin ularning 

muhokamalarida kundalik tajribadan har bir kishiga ma’lum bo'lgan narsa­

larga  nisbatan  yangilik juda  kam  bo'ladi.

Voqelikning asosan biror kichik (tor) qismini o'z ichiga olgan tafakkur 

tor tafakkur deb ataladi. Tor tafakkur ham mazmuni, hatto chuqur bo'lishi 

mumkin.  Bunday tafakkur biror «tor ixtisos» ga ega mutaxassislarda uchray­

di.  Lekin  tor tafakkur ba’zan o'z  mazmuni jihatidan  ayni bir vaqtda  no- 

chor,  mayda va yuzaki  bo'ladi.

Fikrning  kengligi  ham  odamning tajribasiga  va  bilimiga  hamda  shu- 

larga  bog'liq  bo'lgan  qiziqish-havaslariga  ham  bog'liqdir.

Tafakkur  o'zining  mustaqilligi  jihatidan  turlicha  bo'lishi  mumkin: 

tafakkur  mustaqil  va  nomustaqil  bo'lishi  mumkin.

Odam  yangi  vazifalarni  qo'yishda  o'zi  tashabbus  ko'rsatib,  shu  vazi­

falarni boshqa odamlarning yordamisiz, o'zining alohida yo'llari bilan  hal 

qilaversa,  shu  odamning  tafakkuri  mustaqil  tafakkur  bo'ladi.  Jumladan, 

tafakkurdagi  mustaqillik aqlning sertashabbus bo'lishida, pishiq bo'lishida 

va  tanqidiy  fikr yuritishida  ifodalanadi.

Aqlning  sertashabbusligi  yangi,  o'zining  masala  va  vazifalarini  o'zi 

qo'yishda  hamda  shu  vazifalarni  hal  qilish  uchun  o'zining  yo'llari  va 

vositalarini  o'zi  qidirishga va  topishga  intilishda  ifodalanadi.

Biror  ijtimoiy  foydali  nazariy  va  amaliy  vazifalarni jamoa  bo'lib  hal 

etishda  faol  ishtirok  etgan  odamning  ham  tafakkur qilishida  mustaqillik 

namoyon  bo'ladi.

Aqlning  pishiqligi  vazifalarni  hal  qilishdagi  odat  qatoriga  kirgan, 

shablon  bo'lib qolgan  (ko'pincha,  eskirib qolgan)  usullardan  xoli  bo'la 

bilishda,  vazifalarni  hal  qilishning  yangi  usullarini  tez  topa  olishda

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish