V bob. IDROK
I. IDROK TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Yuqorida aytilganidek, idrok sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan
narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalami yaxlit
holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. Ma
salan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug1 ini esa sezamiz, og‘zimizdagi
chaqmoq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz. Ammo
xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok qilish
ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo'lishi mumkin emas. Biz bir nar-
sani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.
Biror narsaning o'zini idrok qilmasdan hosil bo'ladigan sezgilar yangi
tug'ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo'lsa ke
rak; chaqaloq narsaning o'zini idrok qila bilmasa ham undan hosil
bo'ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug' va qorong'ini, shirin va
nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat
idrok
jarayonida
fikrni analiz va abstraktlashtirish yo'li bilan ajratiladi.
Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi,
idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g'oyatda
xilma-xildir. Bular jumlasiga, awalo turli buyumlar, chunonchi, binolar,
daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa.
surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida
nutqni - og'zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o'rin
tutadi.
Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir-biridan ajralgan holda emas. balki
hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va
vaqt jihatdan bir-biri bilan bog'langan holda idrok qilinavotganini har bir
kishi o'z kundalik tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, stolni idrok qilayot
ganimizda biz uning joyini, atrofini o'rab olgan stullarni, shu pavtda ra-
diodan eshitilayotgan musiqani ham idrok qilamiz. xona ichidagi radio-
priyomnikni ham, kishilami ham bir vaqtda ko'ramiz.
Biz narsa va hodisalami makon va zamon sharoitida idrok qilamiz. Ma
kon va zamon moddiy bog'liq shakli sifatida, barcha boshqa realliklar kabi
idrok qilinadi. Buning ma’nosi shuki. biz narsalarni, ularga xos bo'lgan fazodagi
shakllari (kub, uchburchak, doira va hokazo shakllari)ga. fazodagi katta-
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
kichikligi (katta, kichkina, mayda va hokazo)ga, fazodagi munosabatlari (bir-
biriga va bizga nisbatan yaqin, uzoq, chap, o‘ng tomonda, yuqori va past
turishlari)ga qarab idrok qilamiz, ular tinch yoki harakat holatlarida idrok
qilinadi. Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalami ma’lum vaqt (zamon)
davomida paydo bo'lish va o‘zgarib borishlarida idrok qilamiz.
Idrokda idrok
jarayonini,
ya’ni ongimizning bevosita aks ettiruvchi
faoliyatini va narsalarni idrok qilish (aks ettirish)dan hosil boMadigan
subyektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |