Dastlabki sutemizuvchi
mezozoy erasida yashagan sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan.Eshitish va hid bilish
organlari yaxshi rivojlangan.termoregulatsiya kuchli rivojlangan.bachadonning paydo bo‘lishi, embrionning
bachadonda rivojlanishi hayvonot olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi.
2
.
Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.
Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda
o‘tadi. Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh
zanjirining bir qismi yoziladi va zanjir- larning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti
yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa
vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot
DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi
transkripsiya
deyiladi
14- bilet
1.O‘simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari va ularning moslanishlari.
2.Antropoekologik sistemalar,ularning inson ssalomatligiga ta’siri.
3.Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o‘tloq tipidagi oziq zanjirini tuzing;javob;
Oqqayin – kapalak qurt ---qizilishton---kalxat.
1. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi, namlik yetishmasligiga moslanishi muhim evolutsion o‘zgarish sanaladi.
Namlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra barcha quruqlik o‘simliklari uchta ekologik guruhga bo‘linadi: kserofitlar, gigrofitlar,
mezofitlar. Evolutsiya jarayonida har bir guruhda muhitning suv rejimida o‘ziga xos moslashish vujudga kelgan.
Kserofitlar (yunoncha «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan
o‘simliklar sanaladi. Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar ikki guruhga ajratiladi: sukkulentlar va sklerofitlar
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlash va
so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya
sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq,
«phyton» – o‘simlik) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Gigrofitlar (yunoncha «hygros» –
nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga
Kamolov Mansurjon Muhammadovich Tel: +998912511112
E-mail:
mansurjon1112@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |