Fizika kursi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/268
Sana11.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#348187
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268
Bog'liq
fizika kursi

majburiy 

nurlanish 

yoki 


induksiyalangan nurlanish deb ataladi. Tashqi ta’sir deganda atomning 


 

368


boshqa  zarralar  bilan  to‘qnashuvi  yoki  ta’sirlashuvi  tushuniladi.  Lekin 

ko‘p hollarda majburiy nurlanish shu nurlanishni chastotasiga aynan teng 

bo‘lgan  chastotali  elektromagnit  to‘lqin  (foton)  ta’sirida  sodir  bo‘ladi. 

Chastotasi  boshqacharoq  bo‘lgan  fotonlar  sistemaning  xususiy 

tebranishlari bilan rezonanslashmaydi, natijada ularning induksiyalovchi 

ta’siri  ancha  kuchsiz  bo‘ladi.  Atomlarning  majburiy  nurlanishini  hosil 

bo‘lishi  uchun  uyg‘ongan  atom  yaqinidan  uchib  o‘tayotgan  foton  uni 

uyg‘ongan  holatdan  yashash  vaqtini  qisqartirib,  quyiroq,  energiyali 

holatga  o‘tishga  majbur  qiladi.  Bunda  atom  o‘zining  nurlanishga 

induksiyalagan  fotonga  aynan  o‘xshash  foton  chiqaradi.  Natijada  bir 

foton  ikkita  bo‘ladi  va  ular  o‘z  yo‘nalishida  harakatini  davom  ettirib, 

yo‘lida  uchragan  boshqa  uyg‘ongan  atomlarni  ham  majburiy 

nurlantirishga  uchratadilar.  Shu  tariqa  borgan  sari  ko‘chkisimon 

ko‘payib  boradigan  fotonlar  oqimi  hosil  bo‘lib,  moddaga  tushayotgan 

nurlanishni  kuchayishiga  sabab  bo‘ladi.  Majburiy  nurlanish  tushuvchi  

nurlanish bilan kogerent bo‘ladi, ya’ni u yerda  bir xil chastota, harakat 

yo‘nalishi, faza va qutblanish tekisligiga egadir.  

 

Lekin  nurlanish  moddadan  o‘tganda  kuchayishiga  fotonlarni 



quyi  energetik  holatdagi  atomlar  tomonidan  yutilishi  halaqit  beradi. 

A.Eynshteyn  ko‘rsatishicha,  termodinamik  muvozanat  vaqtida  spontan 

va majburiy nurlanish ehtimolligi o‘sha chastotadagi nurlanishni yutilish 

ehtimolligiga  teng.  Shuning  uchun  termodinamik  muvozanat  vaqtida 

moddaga  tushayotgan  nurlanishning  yutilishi  majburiy  nurlanishdan 

ustun  keladi,  natijada  yorug‘lik  moddadan  o‘tganda  intensivligi 

kamayadi.  

 

Yorug‘lik moddaga tushganda, unda kuchayishi uchun sistemani 



muvozantli  bo‘lmagan  holatini  amalga  oshirish  kerak.  Bunday  holatda 

uyg‘ongan  atomlarning  soni  uyg‘onmagan,    turg‘un  holatdagi  atomlar 

sonidan ko‘p bo‘lishi kerak. Mana shunday sistemada majburiy nurlanish 

ko‘chkisimon tarzda kuchayadi. 

 

Ayrim  moddalarning  atomlarida  shunday  qo‘zg‘olgan,  lekin 



nisbatan turg‘un holatlar borki, atomlar bu holatda ancha uzoq vaqt (10

-2

 

–  10

-3 

s)  bo‘la  oladi.  Bunday  holatlar  metastabil  holatlar  deyiladi. 

 

 



 

    


 


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish