ikkilamchi to‘lqinlarning manbalari deb hisoblash mumkin. Frenel esa
Gyuygens prinsipini takomillashtirib, bu ikkilamchi to‘lqinlarning
manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi
tebranishi bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to‘lqinlar
interferensiyalashishining natijasi deb qarash lozim, degan fikrni berdi.
Bu prinsipni Gyuygens – Frenel prinsipi deb yuritila boshlandi.
Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo‘linadi. To‘siqqa tushayotgan
nurlar parallel dastasini hosil qilgan va difraksion manzara manbadan
cheskizlikda mujassamlashgan holdagi difraksiyalarni Fraungofer
tekshirgan. Shuning uchun bu hodisalar Frangofer difraksiyasi
deyiladi. To‘siqqa tushayotgan sferik to‘lqin frontiga ega bo‘lgan
yorug‘lik difraksiyasini Frenel o‘rgangan. Shuning uchun bu sinfga oid
Do'stlaringiz bilan baham: |