T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


«Qadr»  va  «qadriyat»  tushunchalari,  qadrsizlanish  muammosi



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

«Qadr»  va  «qadriyat»  tushunchalari,  qadrsizlanish  muammosi.
 
Qadriyatlar to‘g‘risida  G ‘arbda keng tarqalgan  «Aksiologiya»  (ak- 
sio  — qadriyat,  logos  — fan,  ta’limot)  fani  rivojlangan mamlakat­
larda  inson  qadri  va  haq-huquqlariga  doir  ko‘pgina  tamoyillar- 
ning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bolgan ilmiy sohalar 
qatoriga kiradi.
164



Bu  borada  «Qadr»  tushunchasiga  katta  ahamiyat  qaratish 
lozim.  U  muayyan  qadriyatning,  ya’ni  biron-bir  narsa,  voqea, 
hodisa  yoki  biror  idealning  inson  va jamiyat  uchun  qadri  va  ij­
timoiy  ahamiyatini  anglatadigan  tushunchadir.  «Qadr»  tushun­
chasi  o‘zbek  tilida  serqirra  ma’no  va  mazmunga  ega,  u  tilimiz- 
dagi ba’zi ibora va so‘zlarda  o‘ziga xos sharqona falsafiy mazmun 
borligidan  dalolat  beradi.  Ana  shu  sababdan  ham  o‘zbek  tilida 
qadriyatning  mazmunini  bilib  olish  va  uning  ahamiyatini  ang- 
lash,  avvalo,  qadrning  m a’nosini  bilish  orqali  boradi.  Insonning 
insonga  ibrati,  tarbiyadagi  ta’sirini  uning  o‘zi  baholay  olmaydi, 
balki  boshqa  inson  baholaydi.  Demak,  qadriyat  sifatidagi  inson 
ta’sirida uning  qadri va ahamiyati namoyon bo‘ladi,  boshqa kishi 
esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, 
qadriga baho  beradi.
Qadriyatlar  muammosiga  bag‘ishlangan  ilmiy-falsafiy  man- 
balarning  ko‘pchiligida  qadriyatni  «baho»  tushunchasi  bilan  qi- 
yoslash,  ularga  bir xil  daraja  va  kolamdagi  tushunchalar  sifatida 
qarash  hollari  uchraydi.  Ayni  paytda  qadriyatlar  jamiyat  rivoji 
va  kishilar  hayotining  turli  davrlarida  turlicha  ahamiyat  kasb 
etadi,  tarixiy  zaruratga  mos  ravishda goh  u,  goh bu  qadriyat  ijti­
moiy  taraqqiyotning  eng  oldingi  pog‘onasiga  chiqadi,  boshqalari 
xiralashgandek  tuyuladi.  Masalan,  yurtni  yov  bosganda  — ozod­
lik,  imperiya hukmronligi  nihoyasida  — istiqlol,  urush  davrida  — 
tinchlik,  tutqunlikda  —  erkinlik,  xastalik  va  bemorlik  paytlarida
— sihat-salomatlikning  qadri  ortadi,  ularga  intilish kuchayadi.
Qadriyatlarning  asosiy  shakllarini  aniqlash  borasida  olimlar 
orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona nuqtayi  nazar yo‘q. 
Ularni  moddiy  va  m a’naviy,  umumbashariy  va  umuminsoniy 
turlarga  bo‘lish  mumkin.  Bu  shakllar  ham  ularga  mos  ravish­
da  tabiat  va jamiyatdagi  narsa,  voqea,  hodisa,  jarayonlar  o‘zaro 
uyg‘unlikda,  qonuniy  bogianishda,  umumiy  aloqadorlikda  na­
moyon  boladi.  Bunday  hollardagi  tahlil jarayonida  ilmiy  bilish­
ning  tizimlilik  usuli,  alohidalik,  xususiylik va  umumiylik,  butun 
va b o lak  kategoriyalarining  dialektikasiga asoslanish q o l keladi.
Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining 
o‘z  qadrini  yo‘qotishi  yoki  pasaytirishi jarayonini,  insonning  o‘z
165


obro‘-e’tiborini,  mavqeini yo‘qotishi,  nazardan  qolishi  m a’nosini 
anglatuvchi  tushunchadir.  Jamiyat  taraqqiyotida  sodir boladigan 
umumiy  qadrsizlanish birdaniga,  bir kunda yoki  to‘satdan  emas, 
balki  tadrijiy  ro‘y  beradigan jarayondir.  Insoniyat  tarixida  qad­
riyatlar  tizimi  qadrsizlanib  ketgan  davlatlar  va  imperiyalarning 
tanazzulga  yuz  tutgani,  yo‘q  bolib  ketgani  ma’lum.  Masalan, 
sobiq  ittifoq  hayotining  oxirida,  80-yillarning  oxirlarida  ilgari 
zo‘rlik  bilan  ushlab  turilgan  qadriyatlar  tizimining  butunlay 
qadrsizlanishi yaqqol  ko‘rinib  qolgan  edi.  Oxir-oqibat,  bu  tuzum 
tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.
Qadrsizlanish  jarayoniga  sabab  boladigan  ko‘plab  omillar 
mavjud.  Muayyan  qadriyat  yoki  bir  necha  qadriyat  shakllari- 
ning  haddan  ortiq  bo‘rttirib  yuborilishi,  mutlaqlashtirilishi  yoki 
siyqalashtirilishi,  ularga  noto‘g‘ri  munosabatning  muttasil  siyosat 
usuliga aylantirilishi bunga sabab bolishi mumkin.  Bunday holda 
qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini,  odamlarning hayoti va faoli­
yati uchun umumiy mezon,  ularning intiladigan ideal yoki ularni 
muayyan  maqsadlar  sari birlashtiruvchi  va  safarbar  qiluvchi  me­
zon  sifatidagi  ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish  muayyan  qadriyat,  milliy  manfaatlar,  davlat 
siyosatiga  ishonchsizlik,  odamlarning  «nimalar»dandir  hafsalasi 
«pir» bolishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham nam o­
yon  bolishi  mumkin.  Har bir  shaxs  uchun jamiyatda  o‘z  atrofi- 
dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan 
barobar boladi.  Shuning  uchun  har bir  shaxs  qadrsizlanish  so‘zi 
anglatadigan  m a’nodagi  xususiyat  o‘zida  shakllanib  qolmasligiga 
intilishi  zarur boladi.
Qadrsizlanish  faqat  shaxslar  o‘rtasidagina  bolib  qolmasdan, 
balki boshqa sohalarda ham  ro‘y berishi mumkin.  Masalan,  qim- 
matli  qog‘ozlar,  pullar,  ashyolar  ham  qadrsizlanishi  mumkin. 
Bunday  holatni  dunyo  davlatlarida  ishlatiladigan  m ablaglar  va 
qimmatli  qog‘ozlar  misolida  ko‘rish  mumkin.  Ba’zan  qadrsiz­
lanish  oqibatida  ma’lum  bir  mamlakatlarda  pullar  va  qimmatli 
qog‘ozlarni  isloh  qilishga  zarurat  seziladi.  Qadrsizlanish  iqtisod- 
ning barcha sohalarini qamrab olishi,  muayyan davlat yoki butun 
jahon  inqirozi tarzida ro‘y berishi  mumkin.  Bunday hoi  iqtisodiy
166


bo‘hronga  olib  keladi  va  butun  dunyoda  umumiy  muammolarni 
keltirib  chiqarishi  shubhasiz.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish