T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Jahon sivilizatsiyasi. 
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharqva G ‘arb 
sivilizatsiyalari,  mintaqaviy va  hududiy  sivilizatsiyalarning  yaxlit, 
bir butun ijtimoiy tizimi bolgan umuminsoniyat,  sayyoramizdagi 
jamiyat  tushuniladi.  Bu  tushuncha,  umumiy  ma’noda,  zamini- 
mizda  yashagan  barcha  odamlarning  umumiy  makoni  bolgan 
Yer  yuzidagi  hayot,  tarixning  hamma  davrlarida  mavjud  bolgan 
davlat,  jamiyat,  xalq va  millatlarning  umrguzaronlik  qilishi  bilan 
bogliq jarayonlar majmuasini  o‘zida aks  ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsi­
yaning  asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan,  Respublika- 
mizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p 
jihatdan  ana  shunga  bogliq.  Hozirgi  paytda  insoniyat  o‘z  rivoji- 
ning yangi bosqichiga ko‘tarildi.  U o‘zida moddiy ishlab chiqarish 
yutuqlarini,  insoniyat  tomonidan  orttirilgan  tajribalarni,  jahon 
miqyosida paydo bolgan  muammolarni  oqilona  hal  etish yollari 
va usullarini  mujassamlashtiradi.
0 ‘zbek xalqi  Sharq  sivilizatsiyasi  bag‘rida kamol topdi.  Vatan 
va  onaning  muqaddasligi,  jamoaviylik,  o‘zaro  yordam,  tabiatga 
oqilona  munosabat,  mehnatsevarlik,  sabr-toqatlilik,  kattalarga 
hurmat,  kambag‘alparvarlik  va  boshqalar.  Sharq  sivilizatsiyasi- 
ga  xos  belgilardir.  0 ‘zbekiston jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga 
ilm-fan,  axloq,  din,  san’at  va  madaniyat  sohasidagi  ulkan  yu- 
tuqlari  bilan  munosib  hissa  qo‘shmoqda.  Milliy  mustaqillik  yil- 
larida  0 ‘zbekiston  o‘z  milliy  qadriyatlari,  ma’naviy  merosi  va
154


boy  madaniyatiga  tayanib,  Sharq  va  G ‘arbning  umumbashariy 
qadriyatlari  va  tajribalarini  ijodiy  o‘zlashtirib,  dunyoviy  sivili- 
zatsiya yolidan bormoqda.
Bugungi  tahlikali  dunyoda  insoniyatning  eson-omon  ya- 
shab  qolishi  va  kelajakda  baxtiyor  bo'lishi  jahon  sivilizatsiyasi- 
ning  asosiy maqsadi  va yo‘nalishiga  aylanib  qoldi.  Shu  ma’noda, 
Yer  yuzidagi  har  bir  mamlakat jahon  sivilizatsiyasi  deb  ataladi- 
gan yaxlit tizimning  turli tarkiblari bolib,  ularning  o‘zaro ta’siri, 
hamkorligi  sivilizatsiyaning  takomillashuvi,  barqaror  yashashiga 
imkon beradi.
To‘g‘ri,  bu  tizim  tarkibida  Amerika,  Rossiya,  Xitoy,  Yaponi- 
ya  kabi  salmoqli  tarkiblar  ham   bor.  Ular  ko‘p  jihatdan  jahon 
tizimi  taraqqiyotiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  muayyan  jarayonlarning 
yo‘nalishlarini  belgilaydi.  Ammo  bu  tizimda  har  bir  davlatning, 
kichkina  Vatikan  yoki  Lixtenshteyndan  tortib  Germaniyagacha, 
Andorra yoki  Monakolan toki  Fransiyagacha o‘z  o‘rni,  o‘ziga xos 
ta’sir kuchi va doirasi bor.  Shu ma’noda,  ularning har biri,  hudu- 
dining  katta-kichikligi,  aholisining  soni  qanchaligidan  qat’i  na­
zar,  Birlashgan  M illatlar  Tashkilotida  teng  ovozga  ega.  Demak, 
tarkiblar  tizimda  muayyan  tarzda  amal  qilgani  singari  har  bir 
mamlakat jahon  sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim ele­
ment  sifatida kirib  borgan.
Jahon  hamjamiyati  o‘zida  umumiylikni,  har  bir  mustaqil 
mamlakat  esa  ayrimlik  va  o‘ziga  xoslikni  ifodalaydi.  Bu  holda 
Osiyo yoki  Markaziy Osiyo  mamlakatlari xususiylikni aks  ettirsa, 
0 ‘zbekiston  alohidalikni  ifodalaydi.  0 ‘zbekiston  mustaqillikka 
erishganiga ko‘p bolmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z 
o‘rniga  ega.  Uning  Markaziy  Osiyodagi  mavqei  esa bu  mintaqa- 
ning  asosiy taraqqiyot yo'nalishlarini  ko‘p jihatdan belgilaydi.
Har  bir  xalq,  millat  o‘zining  betakror,  noyob  xususiyatla- 
rini  saqlagan  holda  mustaqil  rivojlanadi  va  jahon  hamjamiyati- 
ga  qo‘shilib  boradi.  Bunday  qo‘shilish  ko‘p  qirrali,  rang-barang 
bolib,  u  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma’naviy,  huquqiy,  davlat- 
lararo  munosabatlarni  qamrab  oladi.
Jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilish  tabiiy-qonuniyatli  jarayon 
bolib,  har bir  mamlakatning  har tomonlama  taraqqiy  etishi,  yer
155


yuzida umumiy xavfsizlik,  tinchlik va  farovonlikni ta ’minlashga, 
tabiiy  resurslar,  ilm-fan  va  texnika  yutuqlaridan  keng  foydala- 
nishga,  ekologik  muvozanatni  ta ’minlashga  imkon  beradi.  Mus- 
taqil  taraqqiyot  yo‘liga  o‘tgan  xalqlarning  jahon  hamjamiyatiga 
qo‘shilishi,  umuminsoniy  qadriyatlarning  ustuvorligini  e’tirof 
etish,  xalqaro  huquq  me’yorlariga  amal  qilish,  inson  huquqlarini 
himoya  etish,  demokratiya  tamoyillariga  amal  qilishda  yaqqol 
namoyon bo‘ladi.
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan 
madaniyatning  rolini  anglash  muhimdir.  Agar  ishlab  chiqarish 
kuchlari  sivilizatsiyaning  moddiy  asosini  tashkil  etsa,  madaniyat 
ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarini  qamrab  oladi,  uning  qiyo- 
fasini,  o‘ziga  xos  rangini  belgilab  beradi.  Hatto  ishlab  chiqarish 
kuchlariga ham   o‘ziga xos  xarakterlilik,  ahamiyatlilik beradi.  Bu 
bilan  madaniyat  ijtimoiy  hayotning  tashkillashuvini,  ya’ni  sivili­
zatsiyaning  shakllanishini,  mavjud  bo‘lishi  va  rivojlanishini  bel­
gilab  beruvchi  o‘ziga  xos  negiz  vazifasini  o‘taydi.  Demak,  sivili­
zatsiya  madaniyatning  konkret  namoyon  bo‘lishini,  uning  real 
mavjud  hayotini  aks  ettiradi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish