T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Borliq  va  mavjudlik. 
Atrofimizdagi  odam,  olam,  tabiat,  jam i­
yat,  tafakkur,  g‘oyalar,  o‘y-xayollarimiz  barchasi  birday  mavjud- 
dir,  ular  turli  tarzda  va  shakllarda  namoyon  bolib,  hammasi 
mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
96


Materialistik  mazmundagi  borliq  tushunchasi  ta’rifiga  faqat 
obyektiv  real  olam,  ongdan tashqaridagi,  unga bogliq bolm agan 
jismoniy mohiyatga ega bolgan narsalargina kiritiladi.  Borliqning 
ideal,  virtual,  potensial,  abstrakt,  ma’naviy  shakl lari  bu  ta’rifdan 
tashqarida qoladi.
Aslida  esa,  borliq  kategoriyasi  umumiy  abstraksiya  bolib, 
mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o‘ziga qamrab 
oluvchi  o‘ta  keng  tushunchadir.  U  o‘ziga  nafaqat  obyektiv  real- 
likni,  balki  subyektiv  reallikni ham  qamrab  oladi.
Borliq  mavjudlik  va  reallik  tushunchalariga  qaraganda  ham 
kengroq  tushunchadir.  Mavjudlik  —  borliqning  hozirgi  paytda 
namoyon  bolib  turgan  qismi  bolib,  o lg an   va  mavjud  boladigan 
narsa  va  hodisalar  ham  borliq  tushunchasiga  kiradi.  Reallik  esa, 
mavjudlikning  hammaga  ayon  bolgan,  ular  tomonidan tan  olin­
gan  qismi.  Borliq  o'ziga  reallikni  ham,  mavjudlikni  ham  qamrab 
oladi.  A n’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi  ajra­
tib ko‘rsatiladi.  Ularga: tabiat borligl, jamiyat borligl,  ong borligl 
kiradi.  Bular uchun eng umumiy belgi,  ularning  mavjudligidir.
Shuningdek,  falsafiy  adabiyotlarda  tabiat  borligl  va  jamiyat 
borliglning  quyidagi  shakllari  ham  farqlanadi.  Tabiat  borligl 
odatda  tabiatdagi  narsalar  (jismlar),  jarayonlar,  holatlar  borligl 
sifatida tushuniladi.  U  ikkiga bolinadi:  azaliy tabiat borligl (yoki 
tabiiy  tabiat  borligl,  u  insondan  ilgari  va  uning  ishtirokisiz  ham 
mavjud bolgan) va odam mehnati bilan ishlab  chiqarilgan narsa­
lar borligl  («ikkinchi  tabiat»  borligl,  ya’ni  madaniyat).  Ikkinchi 
tabiat borligl esa, o‘z navbatida,  quyidagi kolinishlarda uchraydi:
—  inson  borligl  (insonning  narsalar  olamidagi  borligl  va 
odamning  o‘ziga xos bolgan  insoniy borligl);
—  ma’naviy  borliq  (individuallashgan  va  obyektivlashgan 
ma’naviy borliq);
—  sotsial  borliq  (ayrim  odamning  tarixiy jarayondagi  borligl 
va jamiyat borligl),  u  ijtimoiy borliq ham  deb  ataladi.
Keyingi  yillarda virtual borliq  (lot.  virtus  — ehtimol  tutilgan, 
m umkin bolgan;  realis — haqiqiy,  mavjud)  — zamonaviy texnika 
vositalari  va  informatsion  kommunikatsiyalar  yordamida  yara- 
tiladigan  va  insonga  olamni  o‘ziga  xos  idrok  etish  va  anglash
97


imkonini  beradigan  sun’iy  dunyo  shakli  haqida  ham  ko‘plab 
fikrlar  bildirilmoqda.  Borliqning  turli  kompyuter  modellari 
va  elektron  borliq  uning  sinonimlaridir.  XX  asrning  60-yillari 
oxirida  Mayron  Kryuger tomonidan  «Sun’iy borliq»  tushunchasi 
ilmiy  muomalaga  kiritilgan  bolsa,  Jaron  Lanyer  hozirgi  kun­
da  keng  tarqalgan  «vertual  borliq»  atamasini  1989-yilda  ilmiy 
muomalaga  kiritgan  edi.  U  1984-yilda  dunyoda  birinchi  virtual 
borliq  firmasini  tashkil  etdi.  Bu  atama  kompyuterda  yaratila- 
digan  muhitda  olam,  borliq  shakllari  va  insonning  mavjudligi 
g‘oyasini  ifoda  etadi.
Virtual borliqni  odamlar yaratadi.  Shu bois  unda mavjud  bar­
cha  narsalarning  manbayi  inson  ongidir.  Binobarin,  u  obyektiv 
tarzda,  ya’ni  inson  miyasida  emas,  balki  kompyuterda  mavjud 
boladi.  Inson  tomonidan  yaratilganidan  keyin  u  inson  ongi- 
dan  qat’i  nazar  yashashda  davom  etadi,  bu  ongga  har  xil  ta’sir 
ko‘rsatadi,  mazkur  ongning  mazmuniga  — bilimlar,  emotsiyalar, 
kayfiyat  hamda  ongning  boshqa  unsurlariga  qarab,  har  xil  idrok 
etiladi.
Borliqning  moddiy  shakli  materiya  o‘ziga  barcha  jismlarni, 
hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini  qamrab  ola- 
di.  Bundan  tashqari  u  tafakkurni  ham,  olamda  mavjud  bolgan 
barcha  aloqadorliklarni  va  munosabatlarni  ham  qamrab  oluvchi 
umumiy  falsafiy  tushunchadir.  Borliqning  moddiy  shakliga  xos 
umumiylikni  axtarishning  bir  yo‘nalishi  moddiy  olamning  aso­
sida  yotuvchi  umumiy  mohiyatni  axtarish  y o li  bolib,  yuqorida 
qayd  etganimizdek,  substansiyani  aniqlash  yolidir.  Ikkinchi  yol 
esa  —  moddiy  olamning  asosiy  tarkibiga  kiruvchi  «qurilish  ele- 
mentlarini»  — substratni  axtarish yoli.  Uchinchi  y o l  —  hamma 
narsaning  vujudga  keltiruvchi  bosh  sababchisini,  ota  moddani, 
ya’ni  pramateriyani  axtarish  yoli.  Mana  shu  y o l  haqida  maxsus 
to‘xtab  olaylik.
Olamning  substansiyasini  axtarishning  bu  usuli  go‘yoki  meva 
iste’mol  qilayotgan  kishi,  uning  kelib  chiqishini  axtarib,  dastlab 
daraxtga,  so‘ngra  uning  guliga,  bargiga,  ko‘chatiga  va  uruglga 
nazar solganidek,  atrofimizdagi  moddiy  olamning  o‘zagida  dast­
labki  yaratuvchi  modda  sifatida  nima yotishini,  ya’ni  ilk  materi-
98


.ini,  azaliy  materiyaning  «bobokalonini»,  «pramateriyani»  axta- 
n.'.li  usulidir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish 
hihafada  materiya  haqidagi  tasavvurlarning  maydonga  kelishiga 
va  i ivojlanishiga  sababchi  bo‘ldi.  Materiya  tushunchasi  moddiy 
iiiisurga nisbatan ham,  atomga nisbatan ham,  pramateriyaga nis- 
balan  ham umumiyroq bo£lgan tushunchadir.  Materiya  olamdagi 
barcha moddiy obyektlarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi 
ong  umumiy tushunchadir.  Faylasuflar «Tom  ma’nodagi materiya 
laqat  fikrning  mahsuli  va  abstraksiyasidir»  deb  yozishadi.  Fay­
lasuflar  barcha  moddiy  obyektlarga  xos  xususiyatlarni  umumiy 
lai zda ifodalash uchun  qollaydigan tushuncha materiya  deb  ata­
ladi.  Demak,  materiya  moddiy  obyektlarga  xos  eng  umumiy  tu- 
.'.liuncha,  falsafiy kategoriyadir.
Borliqning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fan­
ning  uzoq  olm ishiga  borib  taqaladi.  Masalan,  qadimgi  Hindis- 
lon  va  Xitoyda,  Misr  va  Bobilda,  qadimgi  0 ‘rta  Osiyo  va  Yu- 
nonistonda  ba’zi  faylasuflar  olamning  asosida  qandaydir  modda 
yoki  muayyan unsur yotadi,  deb  hisoblashgan.  Ularning ba’zilari 
bu  unsurni  olov,  boshqalari  suv  yoki  havo,  ayrimlari  esa  —  tup- 
roqdan  iborat  deb  hisoblashgan.  Ba’zi  bir  falsafiy  ta’limotlarda 
esa,  olamning  asosida  —  olov,  havo,  suv  va  tuproq  yotadi,  bar­
cha narsalar ana shu to‘rtta unsurning birikishidan hosil bolgan, 
deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir 
yoli  narsalarning  tarkibidagi bolinm as  eng  kichik unsurni,  ya’ni 
narsalarning  tarkibidagi  umumiy substrat  (lotincha  substratum  — 
asos ma’nosini anglatadi)ni axtarishdir.  Bunday yo‘nalishga man- 
sub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi.  Masalan,  qadim­
gi  Yunon  faylasuflari  Levkipp,  Epikur,  Demokrit  va  Lukretsiylar 
narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bolinm as un- 
surlar  atomlar  yotadi,  ular  o‘zlarining  shakli,  harakatlanishi  va 
vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi,  deb  hisoblashgan.
Albatta  bu  ta’riflarni  bir  yoqlama  mutlaqlashtirib  tushun- 
maslik  lozim.  Bu  ta’riflarda  ko‘proq  sezgi  a’zolarimizga  bevosita 
ta’sir  etishi  mumkin  bolgan  reallik  nazarda  tutilgan.  Nimaiki
99


mavjud  bolsa,  ularning  hammasi  birgalikda  siz  bilan  biz  man- 
sub  bo‘lgan  dunyoni  ifodalaydi.  Ammo  tabiat,  jamiyat  va  inson 
tafakkurining  asosida  yotuvchi  va  ularni  birlashtiruvchi  shunday 
bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki,  u obyektiv olamning 
mazmunini  ifoda  etadi.  Bunday  tushuncha  haqidagi  tasavvurlar 
butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan.  Dastlab, bu umum­
lashtiruvchi  tushuncha,  narsalarning  asosida  nima yotadi,  degan 
nuqtayi  nazardan  kelib  chiqib,  substansiya  (lotincha,  substantia
—  nimaningdir  asosida  yotuvchi  mohiyat  degan  m a’noni beradi) 
deb  ataldi.
Substansiya  —  muayyan  narsalar,  hodisalar,  voqealar va jara- 
yonlarning  xilma-xil  ko‘rinishlari  ichki  birligini  ifoda  etuvchi va 
ular orqali namoyon bo‘luvchi mohiyatdir.  Olamning asosida bitta 
mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta’limotni monizm 
deb  atashadi.  Faylasuflar  substansiya  sifatida  biror jismni,  hodi- 
sani,  materiyani, g‘oyani yoki ruhni olishgan.  Substansiya sifatida 
moddiy jismlarni,  materiyani  oluvchilar  —  materialistik monizm 
tarafdorlari.  g‘oyani,  ruhni  oluvchilar  esa  —  idealistik  monizm 
tarafdorlari  hisoblanadilar.  Shuningdek,  olamning  asosida  ham 
moddiy jism  yoki  materiya,  ham  g‘oya  yoki  ruh  yotadi  deb  hi­
soblovchi  faylasuflar  dualistlar  (dualizm  lotincha,  dualis  —  ik- 
kilangan  degan  tushunchani  anglatadi)  deb  hisoblanadi.  Arastu, 
Moniy,  R.  Dekart  va  boshqalar  dualistlardir.  Olamning  asosida 
ko‘p  substansiyalar  yotadi  deb  hisoblovchilarni  esa  plyuralizm 
(lotincha  pluralis  —  ko‘pchilik  so‘zidan  olingan)  tarafdorlari  deb 
atashadi.
Olamning namoyon bolish  shakllari xilma-xildir.  Faqat mod­
diy  jismlarnigina  o‘ziga  qamrab  oluvchi  olamni  moddiy  olam 
deyishadi.  Ayrim  kishilar  uni  jismoniy,  ya’ni  fizik  olam  deb 
atashadi.  Odamning  ma’naviy,  ruhiy  dunyosini  qamrab  oluvchi 
olamni  ma’naviy  olam  deyishadi.  Aynan  shu  paytda  biz  bilan 
birgalikda  mavjud  bo‘lgan  olam  aktual  olam  deyiladi.  Kelajakda 
mavjud  bolish  imkoniyati  bor va  bolishi  mumkin  bolgan  olam 
potensial  olam  deyiladi.  Masalan,  sizning  bugungi  kundagi  ta- 
labaligingiz  aktual  olamga  mansub  bolsa,  kelajakda  mutaxassis 
b olib  yetishishingiz  esa potensial  olamga  mansubdir.
100


Olamning mavjudligi shubhasiz bolgan va barcha e’tirof etadi- 
gan  qismi  real  olam  deyiladi.  Kelajakda  mavjud bolishi  ehtimoli 
bolgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtu­
al is  —  ehtimoldagi  degan  ma’noni beradi).  Aniq  m a’lum bolgan 
olam  konkret  olam  deyiladi,  xayoldagi,  tasavvurdagi,  idealdagi 
olam obrazi abstrakt  olam  deyiladi.
Odamning kundalik hayotidagi hammaga m a’lum bolgan, tan 
olingan  hayoti  real  olamga  mansub  bolsa,  uning  xayoliy  rejalari 
virtual  olamga,  uning  o‘zi  va  atrofidagilar  konkret  olamga,  ke- 
lajakka  yo‘nalgan  orzu-umidlari  esa  abstrakt  olamga  mansubdir. 
Odam  o‘z  rejalarini  real  olamga  asoslanib  tuzsa,  potensial  ola- 
mining  konkret reallikka  aylanish  ehtimolligi  oshadi.
Odam  olamda  boshqalardan  ajralib,  yakka-yu  yagona  bolib 
emas,  balki  ijtimoiy  hayot  kechiradi  va  jamoa  bolib  yashaydi. 
Odamlar  jamoasi  jamiyatni  tashkil  etadi.  Odamlar  jamiyatdagi 
o‘zaro munosabatlari,  faoliyatlari,  o‘y-xayollari,  ideallari,  maqsad 
va  maslaklari  bilan  birgalikda  ijtimoiy  olamni  tashkil  etishadi. 
Odamning  jamiyatdagi  boshqalar  bilan  birgalikdagi  ijtimoiy 
faoliyati,  ularning  har biriga xos  bolgan takrorlanmas  individual 
olamlariga bogliqdir.  Individual olam,  ayni paytda tashqi olamni 
ham,  ijtimoiy  olamni  ham  aks  ettiradi,  o‘zida  ifodalaydi.  Bular 
bir-birlari bilan chambarchas bogliqdir.
XX 
asrning  o‘rtalariga  kelib,  kvant  mexanikasi,  nisbiylik 
nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yu- 
tuqlar kishilarning  obyektiv  olam  haqidagi  tasavvurlarini  tubdan 
o‘zgartirib yubordi.  Natijada,  tabiatshunos olimlar sezgilarimizga 
bevosita  ta’sir  etishining  imkoni  bolmaydigan  realliklar  haqida 
ham tadqiqotlar olib  bora boshladi.
Olamning  klassik  mexanika  nuqtayi  nazaridan  kelib  chiqib, 
nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy 
manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi.  Bu 
esa  materiya  haqidagi  tasavvurlarning  yanada  rivojlanishiga  sha- 
roit  tug‘dirdi.  Bu  o‘zgarishlarni  hisobga  olib,  marksist-faylasuflar 
bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya’ni turli asbob- 
lar;  qurilmalar  vositasida)  ta’sir  etuvchi,  degan  qo'shimcha  kiri- 
tishdi.  Shunday  qilib,  bu  ta’rif go‘yo  materiyaning  moddaviy  va
101


nomoddaviy shakllarini, ya’ni modda va antimodda ko‘rinishlarini 
qamrab  oluvchi ta’rifga  aylandi.
Materialistlar  materiyani  obyektiv  reallik,  deb  ta’riflashadi. 
Obyektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bolm agan holda,  undan 
tashqarida  mavjud  bolgan  voqelikdir.  Bu  butun  mavjudlikning 
subyektiv reallikdan tashqaridagi  qismi  hisoblanadi.  Obyektiv  re- 
allikning  mavjudligi  qanday  namoyon  boladi?  Bu  savolga javob 
topishda,  borliqning  ajralmas  xususiyatlarini  olganishga  to‘g‘ri 
keladi.  H ar qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» 
so‘zi bilan ataladi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish