G o‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari.
Ma’naviy va mod-
diy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat
kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohang-
ligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadri-
yat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning
markaziy mezoniy tushunchasi - asosiy kategoriyasi sifatida bar-
cha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki
estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik ma-
salasiga borib taqaladi.
G o‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki
shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon
bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq.
G o‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh
yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum
329
yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki tabiat
dagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning
go‘zalligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni
go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qan-
day narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik,
haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chi-
nakam his etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi,
huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badi-
iy-estetik tafakkurini o‘stiradi.
Go‘zallikni tadqiqot doirasiga ko‘ra tabiat, jamiyat, san’at
hodisasi sifatida tabiatdagi, jamiyatdagi hamda insondagi go‘zallik
turlariga ajratib o‘rganish mumkin. Tabiatdagi go‘zallik - bu tabi
atdagi narsa, hodisa, jarayonlardagi uyg‘unlik, mukammallikning
insonda yorqin va uzviy his-hayajon uyg‘onish jarayonidir. Bu
go‘zallik inson uchun tabiatni asrash, undan bahra olishning
manbayi bo‘lib, tabiatni estetik qadriyat sifatida qadrlashni taqo-
zo etuvchi kuch, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatdagi go‘zallik
- bu shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg'unligini ta’minlovchi
adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy muno-
sabatlar majmuyi hisoblanadi. Insondagi go‘zallik - bu undagi
ma’naviy va jismoniy vujudning uyg‘unligidir.
Go‘zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go‘zallik obyekiv mazmunga ega bo‘lgan subyektiv obrazlar,
tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. G o‘zallik obyek-
tivlik va subyektivlikning o‘zaro mutanosibligi, uyg‘unligidir;
b) go‘zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning in
sonni ruhlantiradigan, ilhom bag‘ishlaydigan, yuksak oliyjanob
maqsadlar sari yetaklaydigan, jo ‘shqinlik baxsh etib jonlantiradi-
gan tomonlaridir. Go‘zallik xuddi shu m a’noda jism va ruhning
uyg‘unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug‘vor qiladi
gan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;
d)
go‘zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o‘z
huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go‘zaldir. Erkin ijod,
mehnat bo‘lmagan joyda go‘zallik yo‘qdir;
330
e)
go‘zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilat-
larini o‘zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan
go'zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma’no-
mazmunga, mohiyatga ega bo‘lgan real narsa, hodisadir.
G o‘zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy
estetik qadriyat darajasiga ko‘taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni
axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg‘unlashtirish zamonaviy
estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |