T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Muhabbat  va  nafrat. 
Muhabbat  inson  axloqiy  hayoti- 
ning  cho‘qqisi,  komillik  belgisi,  muhabbat  —  oliy  tuyg‘u,  shu 
ma’noda  u  oliy  tushuncha.  Muhabbat  bosh  mezoniy  tushuncha
1 Arastu.  Axloqi kabir.  — Т.:  Sharq,  2005.  -   123  b.
275


sifatida  deyarli  barcha  asosiy tushunchalarda va  tamoyillarda  o‘z 
«hissa»siga  ega.  Shu  jihatdan  atoqli  tasavvufshunos  Najmiddin 
Kornilov:  «Juda  ko‘p  irfoniy  tushuncha  —  istilohlarning  sharhi 
muhabbatga  borib  taqaladi»,  -   der  ekan,  ayni  haqiqatni  aytadi1. 
Na  ezgulikni,  na  yaxshilikni,  na  vatanparvarlikni,  na  insonpar- 
varlikni  muhabbatsiz  tasavvur etib bo‘lmaydi.
Muhabbat  ham,  axloqshunoslikdagi  ko‘pgina  tushuncha- 
lardek,  «juftlik»  xususiyatiga  ega,  uning  ziddi  —  nafrat.  Nafrat 
tushunchasi,  albatta,  muhabbat  singari  keng  qamrovli  emas.  U 
aksil  muhabbat  tarzida  namoyon  boladi,  obyektdan  chetlashish- 
ni,  undan  begonalashishni  taqozo  etadi.  Hazar,  jirkanch  hissi 
nafratning  kundalik  turmushdagi  tor,  «mayda»  ko‘rinishidir. 
Nafratning ularga nisbatan  «yirikligi»  uning  ijtimoiy hodisa  sifa­
tida  mavjudligidir.
Ezgulik  va  yovuzlik.  Ezgulik  —  eng  muhim  axloqiy  kat- 
egoriyalardan  biridir.  Ezgulik  inson  faoliyatining  asl  mohiyati- 
ni  anglatadi.  Shu  nuqtayi  nazardan  ezgulik  insonga  eng  kuchli 
ma’naviy  lazzat  bag‘ishlaydigan,  uni  ijtimoiy  shaxsga  aylantirib, 
haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat;  shaxsni komillikka jamiyatni 
esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi. 
Ezgulikning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki  u  insonning  axloqiy 
faoliyati tufayli  muayyanlashadi va bevosita  axloqiy xatti-harakat 
natij saida yuzaga chiqadi.  Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan 
ko‘ra  umummanfaat  ustuvor hisoblanadi.
Ezgulik yuksak  axloqiylik  sifatida jamiyatning  ijtimoiy taraq- 
qiyot hodisasi  nuqtayi  nazaridan bir qator xususiyatlarga  ega.  U:
—  stixiyali  ko‘r-ko‘rona  ishlar  emas,  balki  insonning  shaxsiy 
manfaatlaridan jamiyat  va  xalq  manfaatining  yuksakligiga  asos- 
langan oqilona xatti-harakatlar natijasi;
—  majburiylik  emas,  balki  vijdon  amri  bilan  amalga  oshiri- 
ladigan axloqiy  voqelik;
—  inson  axloqiy  idealiga  muvofiq  keladigan  real  axloqiy  mu- 
nosabatning  ijobiy mazmuni;
1  Kornilov N.  Tasavvur.  1-kitob.  -   Т.:  Yozuvchi,  1996,— 48  b.
276


-  
inson  ziynati  va  yuksak  qadriyatga  aylangan  ijtimoiy  ho- 
disa.
Ezgulik barcha  muqaddas  kitoblarda yetakchi  o‘rinni  egallay- 
di.  Jumladan  «Avesto»da  Ezgu  o‘y,  ezgu  so‘z,  ezgu  a’mol  uchligi 
zardushtiylikning mohiyatini  anglatadi.  Yovuzlik ezgulikka qara- 
ma-qarshi tushuncha bo‘lib zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra yovuz­
lik sabablari va uning oqibatlari narsa-hodisalarning mohiyatidan 
kelib chiqadi. Yovuzlikni bartaraf etishda iymon-e’tiqodli kishilar 
katta jonbozlik ko‘rsatishi  da’vat  etilgan.
Ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tamoyil bir-birini tamo- 
mila  inkor  etibgina  qolmay,  ular  o‘rtasida  hayot-mamot  kurashi 
ketadi va bu  abadiy kechadigan jarayon sifatida olamni harakatga 
keltiruvchi  kuch  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ezgulikning  ma’no- 
mohiyati yovuzlikka qarshi kurashda o‘z ifodasini topadi.  Ezgulik 
axloqiy barkamollik negizidir.  Ezgulik ijtimoiylik xususiyati bilan 
muhim ahamiyatga ega.  Ezgulik amaliyotda qahramonlik, vatan- 
parvarlik,  insonparvarlik,  jasurlik  tamoyillarini  ham  o‘z  ichiga 
oladi.  Ezgulik  ijtimoiy,  shaxsiy  xulq-atvor  va  xatti-harakatni 
ma’naviy jihatdan baholashning  muhim mezonidir.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish