III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.
1. «Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun
keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xa
toga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argument
larga asoslaniladi. Masalan, «А shaxs yomon odam», degan tezis
«Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «А shaxs ko‘chada
tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki
(soxta) isbotlangan bo‘ladi.
2. Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan
vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, do-
imiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy
xatoga yo‘l qo‘yiladi.
3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq
bo‘lgan xatolar.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |