T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Nozidlik  qonuni. 
Inson  tafakkuri  aniq,  ravshan  bolishi  bilan 
birga,  ziddiyatsiz  bolishi  ham   zarur.  Ziddiyatsizlik  inson  tafak-
205


kuriga  xos  bo‘lgan  eng  muhim  xislatlardan  biridir.  Ma’lumki, 
obyektiv  voqelikdagi  buyum  va  hodisalar bir vaqtda,  bir  xil  sha- 
roitda  biror  xususiyatga  ham  ega  bo‘lishi,  ham  ega  bolmasligi 
mumkin  emas.  Masalan,  bir  vaqtning  o‘zida,  bir  xil  sharoitda 
inson  ham   axloqli,  ham  axloqsiz  bo‘lishi  mumkin  emas.  U   yo 
axloqli,  yo  axloqsiz bo‘ladi.
Bir vaqtning  o‘zida bir predmetga  ikki zid xususiyatning taal- 
luqli  bo‘lmasligi  tafakkurda  nozidlik  qonuni  sifatida  shakllanib 
qolgan.  Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo'ymaslikni 
talab  qiladi  va  tafakkurning  ziddiyatsiz  hamda  izchil  bo‘lishini 
ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni  ayni bir predmet yoki hodisa haqida  aytilgan 
ikki  o‘zaro  bir-birini  istisno  qiluvchi  (qarama-qarshi  yoki  zid) 
fikr  bir  vaqtda  va  bir  xil  nisbatda  birdaniga  chin  bo‘lishi  mum­
kin  emasligi,  hech  bo‘lmaganda  ulardan  biri,  albatta,  yolg‘on 
bolishini  ifodalaydi.  Bu  qonun  «А  ham   В  ham  В  emas  bo‘la 
olmaydi»  formulasi  orqali  beriladi.
Nozidlik  qonuni  qarama-qarshi  va  zid  mulohazalarga  nis­
batan  qo‘llanadi.  Bunda  qaram a-qarshi  mulohazalarning  har 
ikkalasi  ham  bir  vaqtda  yolg‘on  bo‘lishi  mumkin;  o‘zaro  zid 
mulohazalar  esa,  bir  vaqtda  yolg‘on  bolm aydi,  ulardan  biri 
yolg‘on  bo‘lsa,  ikkinchisi  albatta  chin  bo‘ladi.  Qarama-qarshi 
mulohazalarda  esa,  bunday  bolm aydi,  ya’ni  ulardan  birining 
yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi.  Masalan: 
«Aristotel  —  mantiq fanining  asoschisi»  va  «Aristotel  —  mantiq 
fanining  asoschisi  emas»  —  bu  o‘zaro  zid  mulohazalardir.  Bu 
zid  mulohazalarning  har  ikkalasi  bir  vaqtda  yolg‘on  bo‘lmaydi. 
Ulardan  birinchisi  chin  bo‘lganligi  uchun,  ikkinchisi  yolg‘on 
bo‘ladi.  0 ‘zaro  qarama-qarshi  bo‘lgan  «Bu  qog‘oz  oq  rangda» 
va  «Bu  qog‘oz  qora  rangda»  mulohazalarining  esa  ikkalasi  bir 
vaqtda,  bir xil  nisbatda yolg‘on bo‘lishi  mumkin.  Chunki qog‘oz 
oq  ham,  qora  ham   bo‘lmasligi,  balki  sariq,  qizil  yoki  boshqa 
rangda bo‘lishi  mumkin.
Ba’zida  ikki  qarama-qarshi  fikr  aytilganda  mantiqiy  ziddiyat 
bo‘lmasligi  mumkin.  Bunda  bir  masala  yuzasidan  bayon  qilin­
gan  qarama-qarshi  fikrlar  turli  vaqtda  va  turli  nisbatda  aytilgan
206


boladi.  Masalan:  «Akmal  musobaqada qatnashmadi»  va  «Akmal 
musobaqada  qatnashdi».  Bu  mulohazalar  turli  vaqtga  nisbatan 
(bir oy avval yoki keyin),  turli munosabatda  (suzish yoki shaxmat 
bo‘yicha)  bayon  qilingani  tufayli  bir-birini  inkor  etmaydi.  De- 
mak,  fikrlash  jarayonida  vaqt,  munosabat  va  obyekt  birligining 
saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart- 
sharoit hisoblanadi.
Mantiq  ilmi  umuman  har  qanday  zid  mulohazalarni  taqiq- 
lamaydi,  balki  bir  masala  yuzasidan  bir  xil  vaqt  va  munosabat 
doirasida  o‘zaro  zid,  qarama-qarshi  mulohazalarni  bayon  qilish 
mumkin  emasligini ta’kidlaydi.
Formal  mantiq  mantiqiy  ziddiyatlar bilan  real  hayot  ziddiyat- 
larini  chalkashtirib  yuborishni  qoralaydi.  Chunki  bulardan  bi- 
rinchisi  tafakkurda  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydigan  ziddiyat  bo‘lsa,  ik- 
kinchisi buyum,  hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil 
qiladigan  dialektik  ziddiyatdir.  Birinchisi  subyektiv,  ikkinchisi 
obyektiv  ziddiyatdir.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish